Suvga sakrash — sport turi; tramplindgm (1 va 3 m) va minoravishka (5, 7,5, 10 m)dan Suvga sakrash usullari bor. Suvga sakrash turli xil aylanishlarni oʻz ichiga oladi va suvga kalla yoki oyoq tashlab kam suv sachratib tik tushish bilan tugaydi. Suvga sakrashning dastlabki holatda old tomon bilan turib va teskari turib, qoʻllarga tayanib turib, aylanishlar yoʻnalishlari boʻyicha — oldinga, orqaga va buralibburalib; murakkabligi boʻyicha — murakkablik koeffitsiyenti (soni va buralishlarning murakkabligi)ga koʻra sakrash koʻrinishlari bor. Sport turi sifatida Suvga sakrash 19-asr oʻrtalarida Germaniyada paydo boʻlgan. 1890-yil dastlabki xalqaro musobaqalar oʻtkazilgan. 1Yevropa chempionati 1926-yilda, jahon chempionati 1973-yilda oʻtkazilgan. Olimpiada oʻyinlari dasturiga 1904-yil (ayollar uchun 1912-yil) kiritilgan. Olimpiada musobakalari tramplinda turib 5 ta majburiy yarim aylanib sakrash va ayollar uchun 5 ta erkin sakrash hamda erkaklar uchun 6 ta erkin sakrash, minorada turib 4 ta majburiy va ayollar uchun 4 ta, erkaklar uchun 6 ta erkin sakrash mashqlaridan tashkil topadi. Musobaqalar 2 bosqichda — dastlabki va final (8 eng kuchli sportchi ishtirokida) bosqichda oʻtkaziladi. Har 2 holda ham dasturni sportchilar toʻliq bajarishlari kerak.

Manbalar

tahrir



  NODES