Thomas Huxley

ingliz tabiatshunosi

Geksli, Haqsli (Huxley) Tomas Genri (1825.4.5, Iling - 1895.29.6, Istborn, Susseks) — ingliz tabiatshunosi. Ch. Darvin safdoshi va taʼli-motining davomchisi. Qirollik konchilik maktabi professor (1854—95), London qirollik jamiyati kotibi (1871—80), prezidenti (1883—85). Ilmiy ishlari zoologiya, qiyosiy anatomiya, paleontologiya, antropologiya va evolkshion taʼlimotga oid. G. meduzalar bilan poliplar oʻrtasida bogʻliqlik borligini isbotlab berdi (1849); hamma umurtqali hayvonlar kalla suyagining tuzilishi umumiyligi toʻgʻrisidagi gʻoyani ilgari surdi. Sudralib yuruvchilar bilan qushlar chanogʻi va oyoklari tuzilishini qiyosiy anatomik oʻrganish asosida ular urtasidagi umumiylikni koʻrsatib berdi. Geologiya sohasida Yer poʻstining birdaniga kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi eski tushunchani tanqid qildi va gomotaksis, yaʼni bir xildagi fatsiyalarning choʻkmaga tushishi gʻoyasini ilgari surdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES