Toldoshlar (Salicaceae) — ikki uyli oʻsimliklar oilasi. Daraxt, buta va baʼzan yarimbuta. Bargi oddiy, spiralsimon joylashgan; gullari bir jinsli, toʻpguli kuchala. Barg yozilguncha yoki yozilgandan keyin kuchala hosil qiladi. Gullari yon bargchalar qoʻltigʻida. Changchisi 8 tagacha. Shamol va hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi bir uyali, koʻp urugʻli koʻsakcha, ikkiuch pallaga boʻlinadi, urugʻining tubida kumush rang tuklari bor. Urugʻlari shu tuklar yordamida, havo va suv orqali tarqaladi. Urugʻidan va qalamchasidan koʻpayadi. Shimoliy yarim sharning moʻʼtadil zonasidagi dare, koʻl boʻylarida nam yerlarda usadi. T.ning 3 turkumi, 400 dan ortiq turi bor. Oʻrta Osiyoda 70 turi boʻlib, 40 tasi mahalliy, 30 tasi introduksiya qilingan. Melioratsiya maqsadlarida va dekorativ oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Yogʻochidan mebel, taxta, gugurt i. ch., uyjoy kurilishida foydalaniladi.

Tollar avlodi (salix)

Bu avlod vakillaribarglari butun qisqa bandli daraxt,buta va butachalardir. Ularning kurtaklari odatda bitta tangacha bargli bo’ladi.

Odatda barg chiqarishiga qadar gullaydi. Gulyonbargchalari butun va tukli bo’ladi. Gulqo’rg’oni bokalsimon yoki o’yilgan, sharsimon shiradonga aylanga. Erkak guldagi otaligi ikkita, bazan uchta, beshta, o’n ikkita. Mevasi ko’sakcha(1-rasm). Urug’ida ipaksimon tuki bor. Hashoratlar vositasi bilan, bazan shamol vositasi bilan changlanadi. Chetdan changlanish natijasida osonlik bilan yangi duragaylar xosil bo’ladi. Tollar bir-biriga juda o’xshash va ularni tashqi uzilishidan ajratish juda qiyin. Yer yuzida toldoshlar oilasining 200 dan ortiq turi bor. MDH davlatlarida 167ta turi o’sadi. O’zbekiston o’simliklar dunyosida esa 30 dan ortiq turi tarqalgan. Tollar xar hil ekologik sharoitlarda ko’proq daryo, kanal, ariq va xovuzlar bo’yida o’suvchi yorug’sevar o’simliklar xisoblanadi. Vegetativ yo’l bilan yaxshi ko’payadi. Urug’ining unib chiqish muddati ancha qisqa bo’lib, ikki haftadan so’ng unib chiqish qobilyatini yo’qotadi. O’zbekistonda yovvoyi xolda echkitol (salix sangarica), suv tol (salix nilhelmsiana), blok toli (salix blaskii), sariq tol (S. euapiculata), Olga toli (Salix Olgae Regel), nedzveski toli (salix wedz weckii), Velgelms toli (S.Welhelmsiana Bieb), ko’k tol (salix coerullea), qirchin tol (salix tenuijulis), sambittol (salix tenuijulis) lar daryo qirgoqlarida o’sib to’qaylar xosil qiladi. Shaxarlarda anxor va xovuzlar bo’yida, bog’ va parklarda amudaryo toli (salix oxika), qora tol(salix avstralior), oq tol (salix alba), yaltiroq tol (salix mikans), majnuntol (salix bebylonica) kabi turlarini ekib o’stirilishini ko’rishimiz mumkin.




  NODES