Toshkent metropoliteni
Toshkent Metropoliteni | |
---|---|
Maʼlumot | |
Davlat | Uzbekistan 🇺🇿 |
Shahar | Toshkent |
Ochilgan vaqti | 1977-yil 6-noyabr |
Boshqaruvchi shirkat | "Toshkent Metropoliteni" DUK |
Davlat | Oʻzbekiston |
Uzunligi | 71 km |
Stantsiyalari soni | 50 ta |
Yoʻllari soni | 4 ta |
Kunlik yoʻlovchilar soni | 620,000 (2022) |
Yillik yoʻlovchilar soni | 71 million (2019)[1] |
Boshligʻi | Rahmonbek Usmonov |
Sxemasi | |
Toshkent Metropoliteni — O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi unitar korxonadir. Avval Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi tarkibida boʻlgan. U Toshkent shahridagi jamoat transportlaridan biri boʻlgan metro tizimini boshqaradi.
2023-yil may oyi holatiga koʻra, Toshkent metropolitenining umumiy uzunligi 67,2 km, yoʻllari soni 4 ta va bekatlari soni 48 ta.[2] Metroda haftaning dushanba-juma kunlarida bir kunda 330,000 va shanba-yakshanba kunlarida esa 150,000 nafar yoʻlovchi tashiladi. Toshkent Metrosida 4,200 nafar ishchi-xodimlar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi. Metro bekatilarining eʼlonlar berish jarayoniga (Ehtiyot boʻling, eshiklar yopiladi, keyingi bekat…) suxandonlar Tuhfa Ahmedova, Raʼno Dehqonova, Manzura Ahmadaliyevalar ovoz berishgan. 2006-yildan boshlab Muslima Murodovaning ovozi oʻrnatilgan.[3] |
Toshkent Metropolitenini rejalashtirish ishlari 1968-yilda, Toshkentdagi zilziladan ikki yil oʻtib, boshlangan. Markaziy Osiyoda yagona metro yoʻllari va bekatlar qurilishi 1972-yil iyul oyida boshlangan.
Tarixi
tahrirToshkent metropoliteni tarixining boshlangan davri
tahrirToshkent metropolitenining qurilish tarixi XX asrning 60-yillariga borib taqaladi. Shahar tez o‘sib borayotgan va sanoat rivojlanayotgan davrda aholi zichligini kamaytirish va tezkor transport tizimini tashkil etish zaruriyati ortib borgan edi. Shahar transportida kuzatilgan tıjralar va muammolar, asosan, avtobus va trolleybuslar yo‘nalishlarining haddan tashqari bandligi, yo‘llarda tiqilinchlar va transportning sekin harakatlanishi, metropoliten qurilishi zaruratini yanada kuchaytirdi. Toshkentning metropoliten tizimini yaratish bo‘yicha rasmiy takliflar 1950-yillarning oxirlarida paydo bo‘la boshladi.
Toshkentda metropoliten qurish g‘oyasi dastlab 1957-yilda ilgari surildi. Biroq, qurilish ishlarini boshlash uchun poytaxtning geologik, iqlimiy va texnik sharoitlari o‘rganilishi kerak edi. 1965-yilda Toshkent shahrida metropoliten qurilishi uchun zaruriy tadqiqotlar yakunlandi va 1966-yilda Qurilish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Metropoliten qurilishi 1968-yilda boshlandi, bu davrda qurilish uchun zaruriy materiallar va uskunalar to‘plandi.
Qurilish jarayoni
tahrirToshkent metropolitenining qurilishi 1960-yillarning oxirida boshlangan bo‘lib, bu ishlar avvalgi eng katta qurilish loyihalaridan biri sifatida qayd etildi. Metropolitenning qurilishi uchun maxsus komissiya tashkil etildi va mehnat kuchi, materiallar va qurilish uskunalari shahar tashqarisidan olib kelingan. Qurilish ishlarini bajarish uchun 1000 dan ortiq mehnat resurslari jalb qilindi. Metropolitenning ilk chizmalari va dizaynlari Shvetsiya va Germaniyadagi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqildi.
1977-yil: Toshkent metropoliteni ochilishi
tahrirToshkent metropoliteni 1977-yilning 6-noyabrida rasmiy ravishda ochildi. Bu, shubhasiz, Toshkent shahrining tarixidagi muhim voqea edi, chunki bu transport tizimi shahar aholisining kundalik hayotini sezilarli darajada o‘zgartirdi va modernizatsiya jarayonini tezlashtirdi. Metropolitenning dastlabki liniyasi 13,3 kilometr uzunlikka ega bo‘lib, u 9 ta stantsiyadan iborat edi. Dastlabki yo‘nalish A (yoki hozirgi uchun, «Kizil liniya») liniyasi bo‘lib, Toshkent shahrining markaziy qismini va undan atrofdagi aholi punktlarini birlashtirdi.
Chilonzor yoʻli
tahrirToshkent metropoliteni 1-liniyasi — Chilonzor yoʻli 1977-yilda ochilgan boʻlib, hozirda bu liniya uzunligi 23,7 km va 17 bekatdan iborat. Ushbu liniyaning qurilishi quyidagi 3 asosiy bosqichda amalga oshirilgan:
- 1977-yil 6-noyabrda birinchi navbatdagi uzunligi 12,2 km boʻlgan 9 ta bekat („Olmazor“, „Chilonzor“, „Mirzo Ulugʻbek“, „Novza“, „Milliy bogʻ“, „Xalqlar do'stligi“, „Paxtakor“, „Mustaqillik maydoni“, „Amir Temur xiyoboni“) ochilgan.
- 1980-yil 18-avgustda ikkinchi navbatda uzunligi 4,6 km boʻlgan 3 ta bekat („Hamid Olimjon“, „Pushkin“, „Buyuk ipak yoʻli“) foydalanishga topshirilgan.
- 2020-yil 26-dekabrda uchinchi navbatda yer ustidan oʻtadigan 6,9 km boʻlgan 5 ta bekat (Bekat-1,2,3,4,5) ishga tushirildi. Bekatlar nomlari „Choshtepa“, „O'zgarish“, „Sergeli“, „Yangihayot“ va „Chinor“. Qiymati 82,66 million AQSh dollariga teng boʻlgan bu loyiha 2017—2020-yillarda qurildi. Bu yoʻnalishda kuniga qoʻshimcha 35,000 nafar, yiliga 11,5 million yoʻlovchi tashilishi kutilmoqda.[4][5][6][7]
Oʻzbekiston yoʻli
tahrirToshkent metropoliteni 2-liniyasi — Oʻzbekiston yoʻli 1984-yilda ochilgan boʻlib, hozirda bu liniya uzunligi 14,3 km va 11 bekatdan iborat. Ushbu liniyaning qurilishi quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshirilgan:
- 1984-yil 7-dekabrda uzunligi 4,8 km boʻlgan 5 ta bekat („Alisher Navoiy“, „Oʻzbekiston“, „Kosmonavtlar“, „Oybek“ va „Toshkent“) ochilgan.
- 1987-yil 6-noyabrda uzunligi 3,3 km boʻlgan 2 ta bekat („Mashinasozlar“ va „Doʻstlik“) foydalanishga topshirilgan.
- 1989-yil 6-noyabrda uzunligi 2,4 km boʻlgan 2 ta bekat („Gʻafur Gʻulom“ va „Chorsu“) ochilgan.
- 1991-yil 30-aprelda uzunligi 3,8 km boʻlgan 2 ta bekat („Tinchlik“ va „Beruniy“) ishga tushirilgan.
Yunusobod yoʻli
tahrirToshkent metropolitenining shahar markazini Yunusobod tumani bilan bogʻlaydigan 3-liniyasi — Yunusobod yo'li Mustaqilik yillarida qurilgab boʻlib, ushbu liniyaning umumiy uzunligi 10,5 kilometr va 8 ta bekatdan iborat. Ushbu liniya qurilishini quyidagi 2 bosqichga boʻlish mumkin:
- 2001-yil 26-oktabrda uzunligi 7,6 km boʻlgan 6 ta bekat („Mingoʻrik“, „Yunus Rajabiy“, „Abdulla Qodiriy“, „Minor“, „Bodomzor“ va „Shahriston“) qurilgan.[8]
- 2020-yil 29-avgustda uzunligi 2,9 km boʻlgan 2 ta bekat („Yunusobod“ va „Turkiston“) foydalanishga topshirildi.[9][10][11]
O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li
tahrirToshkent metropolitenining 4-liniyasi — O'zbekiston mustaqilligining 30-yilligi yo'li yer ustidan oʻtadi. Umumiy uzunligi 52.1 km va bekatlari soni 35 ta boʻlishi rejalashtirilgan bu liniyaning birinchi bosqichi qurilishi 2017-yilda boshlandi va 2020-yil 30-avgustda ochildi. Ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Bu bosqichda qurilgan 7 ta bekatning (Texnopark, Yashnobod, Tezul, Olmos, Rohat, Yangiobod va Qo'yliq) umumiy uzunligi 11 km.[12][13]
2023-yil aprel oyida Toshkentda yerusti halqa metro yo‘lining II bosqichi doirasida qurib bitkazilgan yana 5 ta bekatda yo‘lovchi tashuvlari boshlandi. Qo‘yliq, Matonat, Qiyot, Tolariq, Xonobod va Quruvchilar uchastkasida qurilish ishlari tugatilgan 5 ta bekatning umumiy uzunligi 7,74 kilometr. Yana ikkita stansiyani o‘z ichiga olgan, uzunligi qariyb 4 km bo‘lgan Quruvchilar, Turon va Qipchoq bekatining (Chilozor liniyasining Chinor bekati) qurilishi davom etmoqda.[14]
Toshkent metrosi liniyalari
tahrirMetro bekatlari
tahrirToshkent metropoliteni bekatlari loyihalashtirilgan davriga koʻra turli xil uslubda qurilgan. Metrodagi Chilonzor, Novza bekatlari gumbazsimon, Mustaqillik maydoni yigʻma monolit konstruksiyali kolonna tipida, boshqa bekatlar esa kolonna tipida qurilgan. Har bir bekatning badiiy meʼmorlik hamda haykaltaroshlik nuqtai nazaridan bezatilishi ramziy ravishda shu bekat nomini aks ettiradi. Ularda madaniy, monumental dekorativ va amaliy sanʼatning milliy anʼanalari oʻz aksini topgan. Bekatlarga bezak berishda, asosan, Oʻzbekistonda chiqadigan qora, qizil, kulrang granitlar, turli xil marmar, keramika, stomalit, yogʻoch, oyna, turli xil metall va boshqalardan foydalanilgan.
Yoʻlovchilarga qulaylik yaratish uchun baʼzi bekatlarda eskalatorlar oʻrnatilgan.
Toshkent metropoliteni 9 balli zilzilaga bardosh beradi.
Yunusobod liniyasi ustidan yerosti suvlari oʻtganligi sababli baʼzi bekatlarda shiftdan chakka oʻtadi. Lekin bu yoʻlovchilarga va metropolitenga hech qanday xavf tugʻdirmasligi aytilgan.[16]
Harakat Tarkibi
tahrirToshkent metropolitenida harakatlanadigan poyezdlarning eng yuqori tezligi 80 km/soatni tashkil qiladi, oʻrtacha tezlik — 60 km/soat. Profilaktika ishlari olib borilayotgan joylarda — 40 km/soatgacha tezlik pasaytiriladi.[17]
Metropoliten huzurida yosh kadrlarni tayyorlash markazi bor ekan. Mashinist boʻlishni xohlaganlar avvaliga 7 oylik nazariy bosqichni oʻqib tugatib, soʻngra amaliyotga oʻtishadi. Mashinistlar 4 toifaga boʻlinadi: yangi ishga kirgan mashinistlar 4-toifaga mansub boʻladi; 2 yil davomida qoida buzmasdan poyezd haydasa, imtihon topshirib 3-toifaga oʻtishi mumkin boʻladi; keyin yana 2 yil davomida yaxshi ishlasa, imtihon topshirib 2-toifa oʻtadi va shu tarzda mashinistlarning mahoratlari oshib boradi.
Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻnalishida eʼlonlar uchun diktor Madina Hasanovaning ovozi yozib olingan. Yunusobod va Oʻzbekiston yoʻnalishlari uchun esa Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi xodimasi Muslima Murodova ovoz bergan.
Metropolitendan texnikaviy foydalanish qoidalari
Toʻlov
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-noyabrdagi „Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashishda yoʻlkira haqini toʻlashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish toʻgʻrisida“gi qaroriga koʻra Toshkentdagi avtobus va metropoliten yoʻnalishlarida avtomatlashtirilgan toʻlov tizimini joriy etildi va 2020-yil 3-yanvardan yagona transport kartalari muomalaga chiqarildi. Yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yoʻl chiptalarini sotish shoxobchalari, infokiosklar, barcha elektron toʻlov tizimlari, shuningdek, ATTO — mobil ilovasi orqali toʻldirish imkoniyati mavjud. Yoʻlovchilar toʻlovlarni yagona transport kartalari orqali amalga oshirishadi. Toshkent metropolitenining barcha bekatlari elektron toʻlovni amalga oshirish uchun mobil va statsionar validatorlar bilan toʻliq taʼminlandi.[18][19]
2020-yil 1-noyabrdan boshlab Toshkent metrosi kassalarida jetonlar sotilishi toʻxtatildi. Ammo, jetonlardan foydalanish 2020-yil 31-dekabr kuniga qadar davom etdi. Buning uchun bekatlarning har bir kirish joyida bittadan jetonlarni qabul qiluvchi turniket qoldirildi.[20]
Hozirda Toshkent metrosida quyidagi toʻlov usullari[21] mavjud:
- Yagona transport kartasi (ATTO);
- Bir martalik QR-chipta. U sotib olingan paytdan boshlab 30 daqiqa davomida amal qiladi va faqat u sotib olingan bekatda amal qiladi;
- NFC chipli bank kartalari (Humo, Visa, MasterCard);
- ATTO va Click mobil ilovalarida yaratilgan QR-kod bilan.
2019-yil 15-avgustdan boshlab metroda yoʻl haqi 1400 soʻmni tashkil etadi.[22]
Nafaqadagi fuqarolar poytaxt metrosidan har kuni soat ertalab soat 10:00dan kech soat 16:00gacha bepul foydanalanish huquqiga ega. Bekatga kirishda pensiya guvohnomasini taqdim etish kerak.
Shuningdek, quyidagi toifadagi fuqarolar metropolitendan doim bepul foydalanish huquqiga ega:
- 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari;
- 1941—1945-yillardagi urush nogironlari va 1-guruh urush nogironlarini kuzatib boruvchi shaxs;
- 1941—1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan mukofotlangan shaxslar;
- Afgʻoniston va boshqa mamlakatlar hududlarida jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq harbiy fuqarolar;
- Chernobil AESidagi fojea oqibatida radiatsiya va boshqa kasalliklarga chalingan shaxslar;
- koʻzi ojizlar va ularni kuzatib boruvchi shaxslar;
- oddiy majburiy harbiy xizmatning barcha harbiy xizmatchilari va shartnomadagi harbiy xizmatchilar.
Ish soatlari
tahrirToshkent metropolitenining Yunusobod yoʻnalishi ertalab soat 05:00dan kech soat 23:00gacha, Chilonzor va Oʻzbekiston yoʻnalishlari esa soat 05:00dan 00:00gacha ishlaydi.
2021-yil 21-maydan boshlab metropolitenning barcha yoʻllari ish tartibi vaqtincha ertalab soat 06:00dan kech soat 23:00gacha etib belgilanadi.[23]
Metroda poyezdlar grafigi ikki turga boʻlinadi: yozgi va qishki. Har xil faslda kun botish vaqti oʻzgarishi sababli grafiklar ham farq qiladi.
Poyezdlar kunning eng tigʻiz vaqtlarida, yaʼni tonggi soat 07:00dan 09:00gacha va kechki 17:00dan 19:00gacha Chilonzor yoʻnalishi boʻyicha 4 daqiqa, Oʻzbekiston yoʻnalishi boʻyicha 5 daqiqa, Yunusobod yoʻnalishi boʻyicha esa 7 daqiqa interval bilan harakatlanadi. Kunning boshqa qismida esa bu interval choʻziladi.[16][24]
2020-yil mart oyida COVID-19 pandemiyasi sababli Toshkent metrosi yoʻlovchilar uchun yopildi. 5 oylik tanaffusdan keyin 2020-yil 15-avgustdan metro yana qayta ishga tushirildi.[25]
2020-yilning 24-sentabr kuni Toshkent metropoliteni bekatlaridagi 17ta vestibyul vaqtincha yopilgandi. 2020-yilning 10-dekabrigacha barcha vestibyullarning bosqichma-bosqich ochilishini maʼlum qilindi.[26]
Kelajakdagi loyihalar
tahrirToshkent metropoliteni tarkibida 2030-yilga qadar 10 ta yangi bekat, xususan, Beruniy bekatidan Qoraqamishgacha 2 ta bekat, Buyuk Ipak Yoʻli bekatidan TTZgacha (Toshkent Traktor Zavodi) 3 ta bekat hamda Mingoʻrik bekatidan Janubiy vokzalgacha 5 ta bekat qurish rejalashtirilmoqda.[27][28][29]
2025-yilga borib Toshkent metropoliteni yana 4 barobar kattalashadi va poytaxt yer osti temir yoʻllarining umumiy uzunligi 157 kilometrni tashkil qiladi.[30]
Shuningdek, yerusti Halqa yoʻli metrosi loyihasining umumiy qiymati 422 million AQSh dollaridan ziyod. Bu yoʻlning jami uzunligi qariyb 55 km boʻlib, bekatlari soni 35 ta boʻladi. Loyiha quyidagi 5 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan:[31]
- 1-bosqich: Doʻstlik bekatidan Qoʻyliq bozorigacha boʻlgan qism qurilib, foydalanishga topshirildi.
- 2-bosqich: Qoʻyliq bozori bilan Toshkent yerosti metrosining Olmazor bekati bogʻlanadi.
- 3-bosqich: Beruniy bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
- 4-bosqich: Bodomzor bekatigacha boʻlgan qism quriladi.
- 5-bosqich: Halqa metro liniyasi yana Doʻstlik bekatiga ulanadi.[12][32]
Toshkent Metropolitenini kengaytirish loyihasi bilan tanishish mumkin.
Texnik nosozliklar
tahrir- 2019-yil 18-dekabrda Yunusobod bekati qurilishida yon devorning qulab tushishi oqibatida avariya holati kelib chiqqan.[33] Hodisaga kuchli yomgʻir natijasida beton devorning orasiga suv toʻplanib, devor ogʻirlik oqibatida qulab tushgani aytildi.[34] Bu hodisada oʻsha paytda qazish ishlari olib borayotgan 6 nafar ishchi qurbon boʻldi.[35] Oʻzbekiston temir yoʻllari har bir halok boʻlgan ishchining oilasi uchun 100 million soʻm (taqriban 10,400 AQSh dollari) hisobida tovon puli ajratdi.[36].
- 2021-yil 18-mart kuni Chilonzor yoʻlining Olmazor va Sergeli yoʻlining Bekat-1 bekatlari orasidagi tunnelda ikki poyezd toʻqnashdi.
- 2021-yil 7-aprel kuni Toshkent metrosida ikki poyezd toʻqnashgani haqida xabar tarqaldi. Rasmiy izohda texnik sabablarga koʻra Oʻzbekiston yoʻlining Gʻofur Gʻulom bekatida yoʻlovchilar poyezddan tushirilib, zaxiraga kelgan navbatdagi poyezdga oʻtkazib yuborilgani, yoʻlovchilar tushirilgan poyezd boshqa poyezd yordamida shatakka olinib, Beruniy bekatiga olib kelingani maʼlum qilindi.[37]
- 2021-yil 8-aprel kuni Sergeli yerusti metrosida poyezd yarim yoʻlda toʻxtab qoldi. Yoʻlovchilar poyezddan tushib, temir yoʻl boʻylab bekatgacha piyoda yurishga majbur boʻldi.[38]
- 2021-yil 9-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Pushkin bekatidan Buyuk Ipak Yoʻli bekati tomon borayotgan poyezdning ochiq eshiklar bilan harakatlangani tushirilgan video tarqaldi.[39]
- 2021-yil 28-aprel kuni Novza bekati yaqinidagi tunnelda poyezd texnik nosozlik tufayli toʻxtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda metro yoʻlovchilari tunneldagi relslar orqali harakatlanib, bekatga yetib olgani tasvirlangan video va foto suratlar tarqaldi.[40] Bunda mashinist poyezd harakatlanayotgan paytda oldindagi yoʻlda kontakt relslarni quvvatlovchi tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrib qolgan.[41]
- 2021-yil 7-may kuni soat 21:10 dan 22:00 gacha Toshkent metropoliteni Halqa yo'lining 7-bekatida elektr energiyasi oʻchib qoldi. Metrodagi nosozlik sababli shahar jamoat transportida yuqori darajadagi tirbandliklar yuzaga keldi. Chilonzor yoʻlida harakat toʻxtab qolgani tufayli bekatlarda toʻplanib qolgan yoʻlovchilar tashqariga chiqishga majbur boʻlishdi.[42]
- 2021-yil 13-may kuni Toshkent metropoliteni Amir Temur xiyoboni bekatida barcha yoʻlovchilar tushirib yuborildi, ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan videolar tarqaldi. Oʻzbekiston temir yoʻllari kompaniyasi shu kuni Chilonzor yoʻlida texnik-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:30 dan 11:00 gacha poyezdlar aylanmasi Amir Temur xiyoboni bekatiga amalga oshirilini bildirdi.
- 2021-yil 24-may kuni ertalab soat 08:52da 4-sonli yoʻnalish boʻylab harakatlanayotgan poyezd texnik sabablarga koʻra Hamid Olimjon bekatida toʻxtab qoldi. 16-sonli yoʻnalish boʻyicha orqadan kelayotgan poyezd yoʻlovchilarni olib, jadvalga muvofiq harakatlanishni davom ettirdi.[43]
- 2021-yil 7-iyul kuni soat 12:55 va 13:05 oraligʻida Toshkent shahar elektr taʼminotida uzilish yuzaga kelganligi sababli metroning barcha yoʻllarida ham chiroqlar va eskalatorlar ishlamay qoldi. Ammo poyezdlar harakati davom etdi.[44]
Nojoʻya hodisalar
tahrir2022-yil 24-fevral kuni soat 21:15 larda Toshkent metropolitenining „Mirzo Ulugʻbek“ bekatida nojoʻya holat sodir boʻldi. 1984-yilda tugʻilgan E.Sh. ismli shaxs (Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida yashagan) oʻzini harakatlanib ketayotgan elektropoyezdning tagiga tashlab, olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan[manba kerak].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Rahmonbek Usmonov Toshkent metropoliteni rahbari etib tayinlandi“. Kun.uz (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 2021-yil 29-iyun.
- ↑ „Toshkent yerusti metrosining yana 5 ta bekati foydalanishga topshirildi“. kun.uz (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ „“Dadam ovozimni eshitib, yigʻlab yuborgan”. Toshkent metrosining doimiy yoʻlovchilariga yod boʻlgan ovoz egasi Muslima Murodova bilan suhbat“. daryo.uz (2021-yil 12-iyun). Qaraldi: 29-iyun 2021-yil.
- ↑ „«Bir vaqtlar Sergeliga metro keladi desa, hech kim ishonmasdi» – prezident Sergeli metrosida boʻldi“. Kun.uz (2020-yil 26-dekabr). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metropoliteni Sergeli yoʻnalishini qurish ishlari yakunlanmoqda“. Kun.uz (2020-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Sergeli yerusti metro liniyasida dastlabki relslarni oʻrnatish boshlandi (foto)“. daryo.uz (2020-yil 9-iyun). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metro expansion aims to cut road traffic, pollution and delays“. www.railwaygazette.com (2021-yil 11-yanvar). Qaraldi: 3-avgust 2021-yil.
- ↑ „TOSHKENT METROPOLITENI "YUNUSOBOD" YO'NALISHI“. mustaqillik.uz. Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkentda yer osti va yer usti metro yoʻnalishlarida qurilish ishlari boshlandi“. Kun.uz (2016-yil 1-noyabr). Qaraldi: 10-may 2021-yil.
- ↑ „Президент Тошкент метросининг қурилиши тугалланган «Юнусобод» йўналиши билан танишди“. Kun.uz (2020-yil 29-avgust). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metrosining “Yunusobod” yoʻlidagi 2 ta yangi bekat qurib bitkazildi (foto)“. daryo.uz (2020-yil 15-iyun). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ 12,0 12,1 „Тошкент ерусти ҳалқа метросининг биринчи босқичи ишга тушди“. Kun.uz (2020-yil 29-avgust). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Ерусти метросининг “Дўстлик-2” – “Қўйлиқ” йўналиши 30 август куни очилади“. Kun.uz (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent yerusti metrosining yana 5 ta bekati foydalanishga topshirildi“. Kun.uz (2023-yil 25-aprel). Qaraldi: 13-iyun 2023-yil.
- ↑ Metro Tashkenta: sxema, opisanie, foto
- ↑ 16,0 16,1 „Biz bilgan va bilmagan Toshkent metropoliteni (video)“. Kun.uz (2020-yil 13-fevral). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ „Biz bilgan va bilmagan Toshkent metropoliteni (video)“. Kun.uz (13-fevral 2020-yil). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ „1-noyabrdan Toshkent metropolitenida jyetonlardan foydalanish toʻxtatiladi“. Kun.uz (2020-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkentda metro, avtobus va yoʻnalishli taksi yoʻlovchilari yurgan masofasiga qarab pul toʻlaydi“. Kun.uz (2021-yil 26-yanvar). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metrosida jyetonlardan foydalanish joriy yilning oxiriga qadar davom etadi“. Kun.uz (2020-yil 3-noyabr). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ Toshkent metropoliteni YouTubeda
- ↑ „Оплата проезда в метрополитене Ташкента“. www.tashtrans.uz. Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metrosi ish vaqti oʻzgarmoqda“. Kun.uz (2021-yil 18-may). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ „Время работы метрополитена Ташкента“. tashtrans.uz. Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metrosi 5 oylik tanaffusdan soʻng qayta ochildi (foto)“. daryo.uz (2020-yil 15-avgust). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ „10-dekabrgacha poytaxt metropoliteni barcha vestibyullari bosqichma-bosqich ochiladi“. Kun.uz (2020-yil 23-noyabr). Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metropolitenida 2030-yilgacha yana 10ta yangi stansiya quriladi“. Kun.uz (2017-yil 10-avgust). Qaraldi: 20-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent shahrida metropolitenni rivojlantirish boʻyicha takliflar“. Kun.uz (2020-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metro - 2025“. oz.sputniknews-uz.com (2019-yil 7-aprel). Qaraldi: 28-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metropoliteni haqida“. www.mintrans.uz. Qaraldi: 26-may 2021-yil.
- ↑ „Видео: Тошкент ерусти метроси илк йўловчиларини қабул қилди“. Kun.uz (2020-yil 30-avgust). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Замонавий технопарк, кенгаяётган метрополитен, қайта қурилаётган йўллар — Тошкентдаги янги лойиҳалар тақдим қилинди“. Kun.uz (2020-yil 31-avgust). Qaraldi: 27-may 2021-yil.
- ↑ „Тошкент метросининг Юнусобод йўналиши қурилишида авария содир бўлди. Тупроқ остида бир неча киши қолиб кетган бўлиши мумкин“. Kun.uz.
- ↑ „ФВВ ва ССВ Юнусободдаги ер ўпирилиши бўйича маълумот берди“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги авария жойида тупроқ остидан яна бир жасад олиб чиқилди. Қурбонлар сони 6 нафар“. Kun.uz.
- ↑ „Юнусободдаги фожиада ҳалок бўлган ишчиларнинг оилаларига 100 млн сўмдан компенсация ажратилди“. Kun.uz (2019-yil 19-dekabr). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Тошкент метросида икки поезд тўқнашгани ҳақида хабар тарқалди. Ҳолат бўйича расмий изоҳ берилди“. Kun.uz (2021-yil 9-aprel). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Сергели йўналишида метро ҳаракати тўхтаб қолди“. Kun.uz (2021-yil 8-aprel). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „«Триллер кинолардаги каби» — Тошкент метросида поезд эшикни ёпмай ҳаракатланди“. Kun.uz (2021-yil 10-aprel). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metrosida yana favqulodda holat yuzaga keldi“. Kun.uz (2021-yil 28-aprel). Qaraldi: 17-may 2021-yil.
- ↑ „Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini koʻrgani uchun poyezdni toʻxtatgan“. Kun.uz (2021-yil 29-aprel). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „Qoʻyliqda chiroq oʻchib, metro bekati ham qorongʻilikda qoldi“. Kun.uz (2021-yil 7-may). Qaraldi: 17-may 2021-yil.
- ↑ „Toshkent metrosida yana poyezd toʻxtab qoldi“. Kun.uz (2021-yil 24-may). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
- ↑ „“Svet” oʻchishi – endi Toshkentda ham odatiy hol“. Kun.uz (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |