Tunnel, tonnel (ing. tunnel — quvur) — transport yurishi, suv utishi, kommunikatsiyalar joylashishi va boshqa maqsadlarga moʻljallangan, yotiq yoki qiya joylashgan yer osti yoki suv osti sunʼiy inshooti. Uzunligi koʻndalang oʻlchovlaridan birmuncha katta boʻladi. Vazifasi, yer yuzasiga nisbatan joylashishi, chuqurligi va qurish usullari boʻyicha turlarga boʻlinadi. Vazifasi boʻyicha — aloqa yoʻllaridagi (metropoliten, temir yoʻl, avtoyoʻl, piyodalar oʻtish joylari va boshqalar), gidrotexnik, kommunal, konchilik sanoati, maxsus maqsadlarda qurilgan (mudofaa inshootlari, yer osti elektr styalari va boshqalar); yer yuzasiga nisbatan joylashishi boʻyicha — togʻ osti, suv osti va tekislikdagi; joylashish chuqurligi boʻyicha — sayoz va chuqur joylashgan; qurish usullari boʻyicha — ochiq, yopiq va maxsus usullarda quriladigan Tunnellar mavjud. Tunnellarning koʻndalang kesimi doyra, tuxumsimon va toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻlishi mumkin. Tunnel qazish ishlari yer yoki tog katlamining gidrogeologik sharoitiga qarab turlicha usulda amalga oshiriladi.

Tunnel
daryodagi tunnel

Tunnel boʻshligʻi, odatda, sunʼiy mustahkamlashni, yaʼni qoplama qurishni talab qiladi. Qoplamalar metall (poʻlat yoki choʻyan), tabiiy va sunʼiy toshlar, beton va temirbetondan qilinishi mumkin. Metall qoplamalar yigʻma elementlar — tyubinglardan yigiladi, beton va temirbeton qoplamalar maxsus qoliplarga quyilib tiklanadi. Keyingi yillarda sunʼiy boʻshliqni oʻrab turgan togʻ massiviga ankerlar va sim toʻrlar yerdamida mahkamlanadigan sachratmabeton qoliplar keng qoʻllanmoqda.

metroda tunnel

Tunnel xavosi, odatda, ortiqcha namlangan va yuqori traga ega boʻladi. Uning havosi tarkibini meʼyoriy holatga keltirish, zararli gazlar va yuqori traning odamga taʼsirini kamaytirish va Tunneldagi koʻrinishga taʼsir qiladigan tutun bosimini yoʻqotish maqsadida Tunnelni shamollatish tizimi kullaniladi. Uzunligi 50–60 m gacha bulgan Tunnellarda tabiiy shamollatish, katta uzunlikdagi Tunnellarda esa markazdan qochirma va markaziy oʻq boʻylab taʼsir koʻrsatuvchi ventilyatorlardan foydalanilgan sunʼiy shamollatish qoʻllanadi.

Tunnel qurish ishlari, boʻsh, chukuvchan gruntlar sharoitida amalga oshirilganda, muzlatish va kimyoviy biriktirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish usullarida gruntlar sunʼiy mustahkamlanishi mumkin.

Tunnel qurish tarixi uzok, utmishga borib takaladi. Mil. av. Bobil, Misr, Yunoniston va boshqa mamlakatlarda foydali qazilmalar olish, suv taʼminoti maqsadida qurilgan Tunnellar metin, lom yerdamida qazilgan. Keyinchalik kemalar qatnaydigan birinchi Tunnel (160 m ga yaqin) Fransiyada (1679—81), birinchi temir yul Tunneli (1190 m) Buyuk Britaniyada (1826—30) qurilgan. Eng uzun Metropoliten tunnelining ichki koʻrinishi.

Tunnel ("Seykon") Xonsyu va Xokkaydo o.lari oraligʻidagi Sutaru bugʻozi ostidan 1988-yilda utkazilgan (uz. 53,85 km, suv ostidagi kismi 23,3 km). Portlatuvchi moddalar va oʻtish qalqonlari yaratilishi munosabati bilan temir yoʻl va gidrotexnik Tunnellar kurildi. 20-asr urtalariga kelib avtoyoʻl Tunnellari va metropolitenlar, suv osti (mas., LaMansh boʻgʻozi ostidan, umumiy uz. 52,5 km) Tunnellari qurildi.

Hozirgi paytda temir yoʻl, avtoyoʻl, gidrotexnik va metropoliten Tunnellarini loyihalash va qurish ishlari katta koʻlamda olib borilmoqda. Mas., Eronning Isfahon shahrida 68 bekati boʻlgan 123 km li metropoliten loyihalanmoqda, Xitoyda umumiy uz. 2500 km boʻlgan 5300 ta temir yoʻl tunnelidan foydalanilmoqda; ulardan 22 ta Tunnelning uz. 5 km dan ortiq. Kelajakda Pekin va Shanxay shaharlarida umumiy uz. 408 km bulgan metropoliten va 562 km bulgan tezyurar tramvay qurish kuzda tutilgan. Katta hajmdagi Tunnel qurish ishlari Yaponiyada ham olib borilmoqda (2004).

Oʻzbekistonda mavjud toʻgʻonlar va GES larda gidrotexnik Tunnellar qurilgan, Kamchiq va Rezak dovonlarida umumiy uz. 2,5 km boʻlgan zamonaviy Tunnel qurildi (qarang Kamchiq dovoni). Toshkent shahrida jami uz. 38 km boʻlgan metropoliten va transport Tunnellaridan foydalanilmoqda. Toshkent metropolitenini loyihalash va qurishda, metro qurilishida birinchi marta yirik hajmli yigʻma temirbeton elementlardan yigʻiladigan yoʻl yurish va bekat metro Tunnellarining yangi, zilzilabardosh konstruksiyalari yaratildi va amalda joriy etildi.

Ld.:Xrapov V. G. i dr., Tonneli i metropoliteni, 1989; Rashidov Tunnel R., Ishanxodjayev A. A., Seysmostoykost tonnelnix konstruksiy metropolitena melkogo zalojeniya, Tunnel, 1993.

Abdurahmon Eshonxoʻjayev.




  NODES
os 32