Tyanshan zilzilasi - yer yuzida sodir boʻlgan eng dahshatli yer qimirlashlaridan biri, 1976-yilning 27 iyulida Xitoyning Tyanshan viloyatida boʻlib oʻtgan. Zilzila markazidan tarqalgan tebranish kuchi 9—10 ball, magnitudasi 8 ga yetgan. Imorat va inshootlar butunlay yakson boʻlgan, 650 mingga yaqin odam halok boʻlib, 780 mingga yaqini jaroxatlangan deb taxmin qilinadi. Zilzila oʻchogʻidan tarqalgan toʻlqinlar radiusi 500 – 600 km keladigan joylarda ham kuchli sezilgan va juda katta iqtisodiy zarar yetkazgan.




  NODES
os 6