Up All Night – ingliz-irland guruhi One Directionning debyut albomi boʻlib, 2011-yil noyabr oyida Irlandiya va Buyuk Britaniyada Syco Records bilan hamkorlikda chiqarilgan va boshqa mamlakatlarda 2012-yil davomida namoyish etilgan. 2010-yilning dekabr oyida Britaniya shousi „The X factor“ning yettinchi mavsumida uchinchi oʻrinni olgandan toʻrt oy oʻtib One Direction Shvetsiya, Buyuk Britaniya va AQShda turli prodyuserlar bilan hamkorlikda albomni yozishni boshlashgan.

Up All Night
One Direction albomi
Chiqarilgan sanasi 2011-yil, 18-noyabr
Yozib olingan sanasi 2011-yil, yanvar - oktyabr
Studiya Los Angeles, London and Stockholm
Janr
Davomiyligi 45:56
Leybl
  • Syco Music
  • Columbia Records
Prodyuser(lar)
  • Ash Howes
  • BeatGeek
  • Brian Rawling
  • Carl Falk
  • Jimmy Joker
  • Matt Squire
  • Paul Meehan
  • Rami Yacoub
  • RedOne
  • Richard „Biff“ Stannard
  • Savan Kotecha
  • Sheppard Solomon
  • Steve Mac
  • Steve Robson
  • Toby Gad
  • Tom Meredith
One Direction xronologiyasi
Up All Night
(2011)
Take Me Home
(2012)

Albom musiqiy tanqidchilar tomonidan ijobiy tarzda kutib olindi. Albom UK Albums Chartda ikkinchi oʻrinni egalladi va 2011-yilning eng tez sotilgan debyut albomi deb topildi. Up All Night 176,000 nusxada sotilgan holda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Billboard 200 chartni ham birinchi oʻrinda boshladi. Up All Night guruhning birinchi albomi boʻlishiga qaramasdan jahon miqyosida koʻplab muvaffaqiyatlarga erishdi, jumladan oʻn olti mamlakatning chartlarida yetakchilik qildi. International Fedration of the Phonographic Industry (IFPI) maʼlumotlariga koʻra, Up All Night 2012-yilning uchinchi eng koʻp sotilgan albomi boʻlib, butun dunyo boʻylab 4,5 million nusxada sotilgan[2].

One Directionning 2012-yildagi ikki albomi AQShda yilning eng yaxshi sotuvlarga ega boʻlgan besh albomi orasiga kiritldi; Up All Night uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa va ikkinchi studiya albomi Take Me Home beshinchi oʻrinni egallaydi. Albom chiqarilganidan soʻng koʻplab televizion shoular va mukofotlarda shuhrat qozona boshlaydi, bular orasida hattoki 2012-yilgi MTV Video Music Awards ham bor.

Yaratilish tarixi

tahrir

2010 yilda „The X Factor“dagi muvaffaqiyatidan keyin Simon Cowell taklifi bilan One Direction[3] Syco Music bilan 2 million funt sterlinglik shartnoma imzolaydi[4]. Ular 2011-yil yanvarda debyut albomini yozishni marokash-shvet prodyuseri RedOne bilan birgalikda Los-Anjelesda boshlaydi[5]. 2011-yil fevral oyida One Direction „The X Factor“ning boshqa toʻqqiz nafar ishtirokchi X Factor Live Tourida ishtirok etishi lozim edi. Biroq tur bekor qilingandan keyin guruh albom yozishni davom ettiradi. Albom yozish ishlari Shvetsiya, AQSh va Buyuk Britaniya davlatlarida boʻlib oʻtadi va guruh bu yerlarda prodyuserlar Carl Falk, Savan Kotecha, Steve Mac, RedOne, Toby Gad va Rami Yacoub bilan hamkorlik qiladi. Albumda shuningdek Ed Sheeran, Kelly Clarkson va Tom Fletcher tomonidan yozilgan qoʻshiqlar mavjud[6].

 
One Direction Sidney shahrida Up All Night turi davomida

Turlari

tahrir

One Directionning birinchi tur konserti „Up All Night Tour“ haqida rasman 2011-yilning 27-sentyabr kuni eʼlon qilindi. Tur 2011-yil 18-dekabrda Angliyaning Watford shahrida boshlandi va 2012-yilning 26-yanvarida Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida yakunlandi[7]. Ushbu tur juda katta shov-shuvlarga sabab boʻldi va baʼzi chiptalar hattoki 10 soniyada sotib boʻlindi[8]. 2012-yil fevral oyida One Direction Australiyada boʻladigan tur sanalarini eʼlon qildi va shu qatorda boriladigan shaharlarning roʻyxati ham maʼlum qiladi. Tur davomida ular Sidney, Brisbane, Melburn, Auckland va Wellington shaharlariga tashrif buyuradi[9][10]. 2012-yil 21-mart kuni One Direction turning Shimoliy Amerika boʻylab oʻtkaziladigan turining rasmiy maʼlumotlarini eʼlon qiladi[11]. Tur 24-may kuni boshlanadi va 26ta konsertni oʻz ichiga oladi.

Singllar

tahrir
 
One Direction Up All Night Tour davomida „One Thing“ qoʻshigʻini ijro etmoqda

Up All Night oʻz ichiga toʻrtta singlni oladi. Dastlabki singl „What Makes You Beautiful“ 2011-yil sentyabr oyida chiqarilgan va darhol UK Singles Chartda birinchi oʻrinni egallagan. Sony Music maʼlumotlariga koʻra u dastlabki haftaning oʻzida 153,965 nusxada sotilgan[12][13]. Singl shuningdek Irlandiya[14] va Shotlandiya singllar chartida birinchi, Avstraliya[15] va Yangi Zelandiya singllar charti[16], Flamish Ultratop 50[17], Canadian Hot 100,[18] Japan Hot 100[18] va Qoʻshma Shtatlardagi Billboard Hot 100da oʻntalikdan joy egalladi[18]. AQShda singl 1998-yildan beri britaniyalik gruhlar qoʻshiqlari orasida Billboard Hot 100 chartini eng yuqori koʻrsatkich bilan boshlagan guruhga aylandi. Yaʼni ushbu chartda toʻrtinchi natijani qayd etdi[19]. 2012-yilda AQShda ushbu qoʻshiq 3,881 ming nusxa sotilgan va bu bilan yigitlardan iborat guruhlar orasidagi tarixdagi eng yaxshi natija qayd etgan guruhga aylangan[20]. Dunyo boʻylab 5 milliondan ortiq nusxada sotilgani bilan eng yaxshi koʻrsatkichga ega singllar qatorida hisoblanadi[21]. 2012-yilda eng yaxshi britan singli deb topilgan holda qoʻshiq BRIT Awards mukofotini qoʻlga kiritgan[22].

„Gotta Be You“ 2011-yil noyabr oyida Irlandiya va Buyuk Britaniyada albomning ikkinchi singli sifatida chiqarildi. Ushbu singl Irlandiya va Buyuk Britaniya singllar chart uchinchi oʻrinni egalladi[23]. „One Thing“ 6-yanvar 2012-yilda Yevropa mamlakatlarida ikkinchi va Buyuk Britaniyada esa 13-fevralda uchinchi singl sifatida chiqarildi[24][25]. Singl Irlandiya va Buyuk Britaniyada chartlarida mos ravishda oltinchi va toʻqqizinchi oʻrinlarni zabt etdi[26][27]. „One Thing“ 2012-yil avgust oyidagi maʼlumotga koʻra One Directionning Buyuk Britaniyada eng koʻp sotilgan ikkinchi albomi boʻldi va jami 154,000 nusxada sotildi[28]. Ushbu qoʻshiq 21-sentyabrda Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan platina sertifikatini olgan. „More than This“ esa 2012-yil may oyida Sony Music Australia bilan hamkorlikda toʻrtinchi singl sifatida chiqariladi[29].

Treklist

tahrir
Up All Night albomining treklisti
NomiMuallif(lar)Prodyuser(lar)Davomiyligi
1.„What Makes You Beautiful“
  • Rami Yacoub
  • Carl Falk
  • Savan Kotecha
  • Yacoub
  • Falk
3:21
2.„Gotta Be You“
  • Steve Mac
  • August Rigo
Steve Mac4:06
3.„One Thing“
  • Yacoub
  • Falk
  • Kotecha
  • Yacoub
  • Falk
3:19
4.„More than This“Jamie Scott
  • Brian Rawling
  • Paul Meehan
3:50
5.„Up All Night“
  • Kotecha
  • Matt Squire
Matt Squire3:16
6.„I Wish“
  • Yacoub
  • Falk
  • Kotecha
  • Yacoub
  • Falk
3:38
7.„Tell Me a Lie“
  • Meredith
  • Solomon
3:19
8.„Taken“
Gad3:59
9.„I Want“Tom Fletcher
  • Richard "Biff" Stannard
  • Ash Howes
2:55
10.„Everything About You“
  • Steve Robson
  • Wayne Hector
  • Styles
  • Payne
  • Tomlinson
  • Horan
  • Malik
Robson3:39
11.„Same Mistakes“
  • Robson
  • Hector
  • Styles
  • Payne
  • Tomlinson
  • Horan
  • Malik
Robson3:40
12.„Save You Tonight“
  • Kotecha
  • Nadir Khayat
  • BeatGeek
  • Jimmy Joker
  • Teddy Sky
  • Achraf Jannusi
  • Alaina Beaton
  • Khayat
  • BeatGeek
  • Joker
3:27
13.„Stole My Heart“
  • Scott
  • Meehan
  • Rawling
  • Meehan
3:27
Jami davomiyligi:45:56

Manbalar

tahrir
  1. Fetters, Ashley. „Young lads of One Direction seem fatigued, still inspire screams“ (2013-yil 24-iyun). Qaraldi: 2014-yil 17-avgust. „It earned critical and commercial approval for its bouncy power-pop sound“.
  2. „The Global Bestsellers of 2012“. International Federation of the Phonographic Industry. 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-aprel.
  3. Daniel Sperling. „One Direction. finish 3rd in 'X Factor' final“. Digital Spy (2010-yil 12-dekabr). 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-yanvar.
  4. Mayer Nissim. „One Direction 'get £2m Syco investment'“. Digital Spy (2011-yil 28-yanvar). 2011-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-oktyabr.
  5. Ed Miller. „Sony excited about One Direction potential“. Music Week (2011-yil 16-avgust). 2013-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-iyul.
  6. „Up All Night – One Direction“. AllMusic (2011-yil 21-noyabr). 2012-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-mart.
  7. Jon Stickler. „One Direction Announce UK & Ireland Tour“. Stereoboard. Eyedigit Limited (2011-yil 26-sentyabr). 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
  8. Emily Hewett. „One Direction tickets: Fans bombard Ticketmaster as eBay touts capitalise“ (2011-yil 1-oktyabr). 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
  9. Lisa McGarry. „One Direction announce 2012 tour dates for Australia and New Zealand“. Unreality TV (2012-yil 24-fevral). 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-mart.
  10. Elliott Battle. „One Direction Bring 'Up All Night' US Release Date Forward Due to Popular Demand“. Stereoboard. Eyedigit Limited (2012-yil 3-fevral). 2012-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-aprel.
  11. „One Direction Reveal North American Tour Dates“. Idolator (2012-yil 21-mart). 2014-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-mart.
  12. Lewis Corner. „One Direction's 'What Makes You Beautiful' breaks pre-order sales record“. Digital Spy (2011-yil 19-avgust). 2011-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
  13. Alan Jones. „What Makes You Beautiful becomes fastest seller of the year“. Music Week (2011-yil 19-sentyabr). 2012-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-yanvar.
  14. „No Change of Direction“. Chart-track. GFK (2011-yil 7-oktyabr). 2013-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-mart.
  15. „One Direction - What Makes You Beautiful (song)“. australian-charts.com (Hung Medien). 2012-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-iyul.
  16. „One Direction – What Makes You Beautiful“. charts.nz. 2017-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 4-yanvar.
  17. „One Direction - What Makes You Beautiful (Nummer)“ (nl). ultratop.be (Hung Medien). 2012-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-iyul.
  18. 18,0 18,1 18,2 [[[:Andoza:BillboardURLbyName]] „What Makes You Beautiful - One Direction“]. Billboard. Qaraldi: 31 March 2012. {{cite magazine}}: Check |url= value (yordam)
  19. „Chart Highlights: Carrie Underwood Crowns Country Songs With 'Good Girl'. Billboard. 4 June 2012. 15 February 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4 June 2012.
  20. Paul Grein. „Chart Watch Extra: Top Songs of 2012“. Yahoo! Music (2013-yil 3-yanvar). 2013-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  21. „One Direction hit 12 million sales in less than a year“. BBC News. BBC (2012-yil 2-avgust). 2012-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  22. „One Direction Win Best British Single At BRIT Awards 2012“. Capital FM. Global Radio (2012-yil 21-fevral). 2018-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-mart.
  23. „The Official UK Top 40 Singles Chart“. BBC Radio 1 (BBC). 2012-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 29-noyabr.
  24. „One Thing - Single“. iTunes Store (Apple Inc.) (2011-yil 18-noyabr). 2014-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-yanvar.
  25. „One Thing: One Direction: Amazon.co.uk“. Amazon UK. 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-yanvar.
  26. „Emeli Awarded with No1“. Chart-track. GFK (2012-yil 17-fevral). 2013-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-mart.
  27. „Singles Chart Analysis: Jessie J holds off Rizzle Kicks and Guetta“. Music Week (2012-yil 23-yanvar). 2021-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-yanvar.
  28. Dan Lane. „One Direction sell 12 million singles, albums and DVD and Blu-rays worldwide“. Official Charts Company (2012-yil 2-avgust). 2012-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-avgust.
  29. Robert Copsey. „One Direction announce new Australian single“. Digital Spy (2012-yil 9-may). 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-avgust.

Havolalar

tahrir
  NODES
Association 1
INTERN 2