Valerian Vladimirovich Kuybishev (25.05.1885, Omsk – 25.01.1935, Moskva) — Turkistonda bolshevikcha rejimni oʻrnatgan sovet siyosatchilaridan biri. 1919-yil oktabrdan Butun Rossiya MIK va XKSning Turkiston Komissiyasi (qarang Turkkomissiya) raisining oʻrinbosari va raisi sifatida Turkistonda bolsheviklar hukmronligini qaror toptirishda gʻoyaviy-siyosiy rahbarlik qildi. 1920–1921-yillarda M. V. Frunzenit yaqin yordamchisi boʻlib, Turkiston fronti siyosiy boshqarmasining boshligʻi, RSFSR va RKP(b) MKning BXSRdagi muxtor vakili. Keyingi yillarda ittifoq partiya, kasaba uyushmasi, sovet va xoʻjalik ishlarida ishladi. Butunittifoq KP(b) MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1927-yildan). Kuybishev Buxoro Xalq Respublikasini Buxoro Xalq Sovet Respublikasiga aylantirish tashabbuskori (1920-yil 6-oktabr). 1934-yil noyabrda Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston SSRda boʻlib, faqat Oʻzbekistonning oʻzida koʻplab okrug va tumanlarning rahbarlari, shuningdek, 30 ta tumandagi yuzdan ortiq kolxoz raislari hamda oʻziga toʻq dehqon xoʻjaliklarini qatagʻon qildirdi.[1][2]

Valerian Vladimirovich Kuybishev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-may 1885-yil
Omsk
Vafoti 25-yanvar 1935-yill
Moskva

Manbalar

tahrir
  1. "KUYBISHEV Valerian Vladimirovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Oʻzbekistonning yangi tarixi. 2-kitob. [Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davri-da], T., 2000.



  NODES
os 18