Van anshi (Van Sze-fu) (1021 — 1086) — xitoylik islohotchi; 1070—74 va 1075—76 yillarda birinchi vazir. Dehqonlarga davlat tomonidan qarz berish tizimini joriy qilgan, yollanma qoʻshin oʻrniga harbiy majbu-riyat yoʻli bilan jamlanadigan muntazam armiya tuzishni taklif etgan, bozor narxlarini tartibga solishga uringan. Islohotlarning aksariyat qismi 1085 y. bekor qilingan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
Done 1