Xartford – AQShning shimoli-sharqiy qismidagi shahar, Konnektikut daryosi boʻyida. Konnektikut shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 121,5 ming kishi (2001). Transport yoʻllari chorrahasi. Yangi Angliyaning yirik sanoat, savdomoliya va madaniy markazi. Yirik sugʻurta kompaniyalarining boshqarmalari joylashgan. Aviatsiya, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Metallurgiya, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari, qurolyarogʻ, musiqa asboblari ishlab chiqariladi. universitetlar, M. Tven muzeyi bor. Shaharga 1633-yilda asos solingan.




  NODES
Done 1