XenanXitoydagi provinsiya, Xuanxe va Xuayxe daryolarining oʻrta va quyi oqimi havzalarida. Maydoni 167 ming km². Aholisi 93,2 mln. kishi (1999). markazi — Chenjou shahri.

Xenanning sharqiy qismi Buyuk Xitoy tekisligida, garbida Sinlin va Tayxanshan togʻlari tarmoqyaari joylashgan. Daryolari zich. Xitoyning muxim dehqonchilik rni. Asosiy ekinlari: bugʻdoy, makkajoʻxori, gaolyan, dukkaklilar, sholi. 2 yil davomida 3 marta hosil yigʻishtirib olinadi. Xenan Xebey provinsiyasi bilan birga mamlakatning asosiy paxtachilik rayoni hamdir. Shuningdek, yer yongʻoq, kunjut, togʻ yon bagʻirlarida choy ekiladi. Bogʻdorchilik bilan shugʻullaniladi. Xenanda oziq-ovqat va yengil sanoatlar rivojlangan. Kumir sanoati — ogʻir sanoatning yetakchi tarmogʻi. Metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, sement, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik bilan shugʻullaniladi. Xenan xududidan muhim temir yoʻllar oʻtgan. Asosiy sanoat markazlari: Chjenchjou, Loyan, Kayfin, Nanyan va boshqalar.




  NODES
os 10