Yangi yil

kalendar yilining birinchi kuni

Yangi yil — eski yil tugaganidan keyin boshlanadigan navbatdagi yil; eski yilning tugashi va yangi yilning boshlanishi nishonlanadigan kun. Yilning boshlanishi turli xalqlarda har xil vaqtga toʻgʻri keladi. Koʻpchilik mamlakatlarda, xususan, Yevropa mamlakatlari har yili Yangi yilni milliy bayram sifatida 1-yanvar (Yangi yil kuni) kunida nishonlashadi[1]. Hijriy yil hisobi qabul qilingan joylarda esa quyosh yilining turli sanalarida bayram qilinadi. Oʻrta Osiyo va Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, Oʻzbekistonda Navroʻz bayramini Yangi yilning kirib kelishi tariqasida qadimdan keng nishonlanadi.

Yangi yil
Yangi yil
Yangi yil archasi
Turi Xalqaro
Sana Grigoriy taqvimida yilning birinchi kuni (1-yanvar)
Nishonlanishi Butun dunyoda nishonlanadi
Qoidalari mushaklar otish, archa atrofida aylanish, oilaviy hamda kechki bazmlar

Yilning boshlanishi 1-yanvar sifatida miloddan avvalgi 46-yilda Rim hukmdori Yuliy Sezar tomonidan oʻrnatilgan[2]. Qadimgi Rimda bu kun Yanus — tanlov, eshiklar va barcha boshlanishlar xudosiga bagʻishlangan. Yanvar oʻz nomini ikki yuz bilan tasvirlangan xudo Yanus sharafiga oldi: biri oldinga, ikkinchisi orqaga qaraydi[3].

Yangi yil, standart vaqtni hisobga olgan holda, Tinch okeanida boshlanadi, Kiribati Respublikasining Layn orollarida birinchi boʻlib kutib olinadi (UTC+14 vaqt zonasi). Amerika Samoasi, Miduey orollari va Niue (UTC-11 vaqt mintaqasi) aholisi Yangi yilni hammadan kechroq — Layn orollaridagi Kiribatida 2-yanvarda va yarim tundan keyin 1 soatdan keyin kutib olishadi[4].

Tarixi

tahrir

Yangi Yil bayrami insoniyatning eng qadimgi bayramlaridan biri boʻlib, qadimgi Bobil va qadimgi Misrda miloddan avvalgi 3000 yillikda birinchi marta nishonlanishni boshlagan. Garchi Yangi Yil sanalari maʼlum sivilizatsiyalar va madaniyatlarda turlicha nishonlangan boʻlishiga qaramasdan, bayramning tub mohiyati bir xilligicha qolib kelgan, yaʼni Yangi Yil bu yangilanish, yangi maqsadlar va oʻtgan yilda qilingan ishlar yuzasidan ijobiy tahlil qilishga asoslangan. Masalan, qadimgi Misrda Yangi Yil bayrami Nil daryosining eng toʻlib toshgan davriga, yaʼni Sentyabr oylariga toʻgʻri kelgan boʻlib, misrliklar uchun bu davr dehqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi hisoblanib, Ra xudosi sharafiga bayram oʻtkazilib, qurbonliklar qilingan. Bobilda yangi yil bahorning birinchi oyidagi yangi oyning tugʻilishi davriga toʻgʻri kelib, dehqonchilik uchun yangi davrni boshlanishi boʻlib, yangi yilda dehqonchilikning moʻl-koʻl boʻlishini soʻrab mabudlar sharafiga qurbonliklar qilinib bayram qilingan. Bizning qadimgi Oʻrta Osiyoda yangi yil zardushtiylik udumlariga koʻra bahorning dastlabki oylarida nishonlangan boʻlib, koʻkalamzorlikning kelishi va tabiatning uygʻonishi sifatida nishonlangan. Biz hozirgi kunda nishonlaydigan Navroʻz bayramimiz ana shu zardoʻshtiylardan qolgan urf-odatlarning mevasidir va uni hozirgi dinimiz Islomga umuman aloqadorligi yoʻqdir. Undan tashqari barcha davrlarda Yangi Yil bayrami turli xil dinlarga bogʻliq holda nishonlanishiga qaramasdan, uning asli xristianlarga borib taqaladi. Ular oʻzlarining ilohini (musulmon uchun paygʻambar) Isoni shu kunda archa daraxti tagida tugʻilgan shuning uchun archa hamisha yashil rangda deb eʼtiqod qilishadi.

Tarixda birinchi mata rasmiy jihatdan Yangi Yil bayrami qadimgi Rim imperiyasida Yuliy Sezar tomonidan mil.avv. 46-yilda taʼsis etilgan boʻlib u 1-yanvar deb eʼlon qilingan. Bu bayramga asos qilinib qadimgi Rimdagi xudolardan biri Janus xudosi olingan boʻlib, u yangi yilning boshi va eski yilning ohirida tugʻilganligi aytiladi. Uning yuzi ikki tomonlama boʻlib, bir yuzi eski yilga, ikkinchi yuzi yangi yilga qaratilgan boʻlgan. 1-yanvar kuni qadimgi Rimda katta bayram tashkil etilgan boʻlib Yanus xudosi sharafiga turli hil sovgʻa salomlar ulashilgan. Lekin shu oʻrinda bir narsani taʼkidlab oʻtish lozim Rimliklar kalendari boʻyicha Yanvar oyi hozirgi dunyoda ishlatiladigan Grigorian kalendarining mart oyiga toʻgʻri kelgan.

Rim imperiyasining qulashi va nasroniylikmning keng tarqalishi bilan Yangi Yil bayramini nishonlash har bir mamlakatda turlicha yoʻnalish oladi. Masalan Angliyada yangi yil aprel oyida nishonlansa, Fransiyada bu sana Paxsa bayrami haftasining birinchi kuniga toʻgʻri keladi, Xitoyliklarda 20-yanvar va 18-fevral oraligʻida har yilgi kalendarning oʻzgarishiga qarab oʻzgargan, Provaslav cherkovidagi xalqlarda (jumladan Ruslarda) yangi yil 13-yanvar atrofida nishonlangan, Italiyada esa Yangi Yil Iso alayhsalomni tugʻilgan kuni 25-dekabrda nishonlangan. Bu bayram xar bir xalqning iqlimi, hayot tarzi va jamiyatining rivojlanishiga qarab oʻzgargan. Oʻrta Osiyo va Yaqin sharqda bu bayram asosan bahorda nishonlangan boʻlib, keyinchalik Islomning kirib kelishi bilan koʻpchilik xalqlar bu bayramni nishonlashdan voz kechishgan, Oʻrta Osiyo, Eron va boshqa Navroʻz bayramini nishonlovchi xalqlar bundan mustasno.

Islom dinida ham Yangi Yil mavjud boʻlib u 15-16 iyul oylariga toʻgʻri kelib, Muharram deb ataladi. Aynan 622-yil 15 yoki 16 iyuldan boshlab Musulmonlar uchun Hijriy yil boshlangan hisoblanadi. Lekin bu sanalarning Islomda bayram sifatida oʻtkazilishi hamon bahsli boʻlib qolmoqda. Shia mazhabidagilar uchun bu sana muqaddas hisoblansa, Sunniylarda bu sanani bayram sifatida nishonlash bidat sifatida qaraladi. Lekin u ikkita mazhabdagi turli diniy yoʻnalishlarga qarab oʻzgarishi mumkin. Shuningdek Islom dini boshqa sivilizatsiyalar mahsuli boʻlgan barcha Yangi Yil bayramlarini (1-yanvar, 21-mart, Xitoy yangi yili, Iso alayhisalom tugʻilgan kuni) qatiyan rad qiladi.

1582-yilda Papa Grigorian, eski Yuliy kalendaridagi xatolarni tuzatuvchi yangi kalendarni taklif qiladi, unga koʻra yil boshi 25-dekabrda emas, balki 1-yanvarda boshlanishi nazarda tutiladi. Lekin bu kunni bayram sifatida nishonlash haqida Grigorianning tavsiyalari umuman yoʻq, bu kalendar faqatgina Yuliy kalendaridagi xatoliklarni tuzatish uchungina taqdim qilingan, lekin Xristianlarning eng asosiy bayrami 25-dekabrligicha qoldirilgan. Lekin asta sekinlik bilan Yevropada uygʻonish davrining ohirlariga kelib Cherkovdan ajralish yaqqol sezila boshladi. Mamlakatlardagi inqiloblarning boshlanishi bilan Katolik cherkovining obroʻsi yemirilib, davlatlarning ichki siyosatiga taʼsirini deyarli yoʻqotdi. XIX-asrning ohiri va XX-asrning boshlarida butun Yevropa davlatlari dunyoviy davlatlarga aylanib boʻldi. Undan tashqari Protestanizmning keng miqyosda yoyilishi bilan Katolik cherkovi butunlay nazoratni qoʻldan chiqarib qoʻydi. XX-asrning boshlaridan boshlab Yangi Yil bayrami nishonlanishi keng tarqaldi va Katolik cherkoviga qarama qarshi ravishda Iso masihning tugʻilgan kuni boʻlmish (rojdestvo) 25-dekabrga raqobatchi bayram sifatida 1-yanvar, Yangi Yil bayrami paydo boʻldi. Oʻrta Osiyoda Yangi Yil (Navroʻz) har doim ham nishonlanib kelgan. Yangi Yilning bizning madaniyatimizga kirib kelishi Chor Rossiyasi bilan emas balki Sovet Ittifoqi bilan bogʻliqdir. Garchi 1-yanvar yilning birinchi kuni sifatida 1699-yilda Yevropaga hayrihohlik munosabatida boʻlgan Pyotr I tomonidan tayinlangan boʻlsada u Rus Imperiyasida eng katta bayramlar sirasiga kirishga ulgurmagan edi. Keyinchalik Sovet Ittifoqi davriga kelib Yangi Yil ommaviy ravishda nishonlana boshlandi.

Hozirgi kunda 1-yanvar dunyoviy bayram boʻlib, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida eng asosiy bayram sifatida nishonlanadi, diniy qonunlarga asoslanib qurilgan jamiyatlar bundan mustasno.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Forsythe, Gary. Time in Roman Religion: One Thousand Years of Religious History. Routledge, 2012 — 14-bet. ISBN 978-0-415-52217-5. 
  2. Klimishin I. A. Kalendar i xronologiya. — Izd. 3. — M.: Nauka. Gl. red. fiz.-mat. lit., 1990. — S. 288—289. — 478 s. — 105 000 ekz. — ISBN 5-02-014354-5.
  3. The World Book Encyclopedia. 1984. T. 14. S. 237.
  4. Noviy 2013 god nastupil v Rossii. RBK.

Havolalar

tahrir


  NODES
Done 1
Story 1