YaundeKamerun poytaxti (1960-yildan). Markaziy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 800 ming kishi (2001). Shahar tropik oʻrmon orasidagi yassitogʻlikda, 750 m balandlikdagi "etti tepalik"da joylashgan. Iqlimi ekvatorial, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 22,8°, iyulda 20,7°, yillik yogʻin 1600 mm. Mamlakatning yirik transport yoʻllari chorrahasi. Okean orqali keltiriladigan yuklar shahardan mamlakat ichkarisi, Markaziy Afrika Respublikasi va Chadga tashiladi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (kakao moyi ishlab chiqarish, pivo pishirish, tamaki fabikasi va boshqalar) va yogʻochsozlik korxonalari mavjud.

Shaharga 1888-yilda nemislarning harbiy posti sifatida asos solingan. 1919-yildan Fransiyaning Sharqiy Kamerun mulkining, 1946— 60 yillarda Fransiya boshqaruvi ostidagi BMT vasiyligidagi hududning maʼmuriy markazi. Shahar zamonaviy reja asosida qurilgan. Ya.da hukumat muassasalari, banklar joylashgan. Universitet, ilmiy tekshirish institutlari, kutubxona va muzeylar bor.



  NODES
Done 1