Yekaterina II Alekseevna (1729.21.4 — 1796.6.11) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Tserbstskaya. 1744-yilda Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseevna nomini qabul qilgan. 1745-yilda Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-yil 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashqi siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-yilgi gubernya islohoti, 1785-yilda dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va boshqa tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalar muallifi[2].

Yekaterina II
Buyuk Yekaterina II
Tavalludi
nemischa: Sophie Auguste Friederike von Anhalt-Zerbst-Dornburg

21.4.1729
Vafoti 6.11.1796
Sankt-Peterburg, Rossiya imperiyasi
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi[1] va Prussiya qirolligi
Bolalari Pavel I Petrovich
Anna Petrovna
Aleksey Grigorevich Bobrinskiy
Otasi Xristian-Avgust Angalt-Tserbstskiy
Onasi Ioganna-Yelizaveta Golshteyn-Gottorpskaya
Imzosi

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir


  NODES
ELIZA 2
os 20