Zombi (bantu-kongolez tilidan nzambi – xudo) – fikrlay olmaydigan, hech narsani his etmaydigan va mustaqil qarorlarga kela olishga ojiz tirilgan murda, u faqat oʻzining yaratuvchisi – sehrgar („bokor“)ning buyruqlarini bajarish uchun yaratilgan. Zamonaviy soʻzlar bilan aytganda, zombi – jasaddan tayyorlangan boshqariladigan biologik robot, ruhsiz tana.

Zombi sifatida kostyum kiygan ayol.

Bunday jonzotlar Gaiti folkloridan kelib chiqqan.

Terminning kelib chiqishi

tahrir

"Zombi" tushunchasining kelib chiqishi ohirigacha aniqlashtirilmagan. U Gaitiga XVIII asrning boshlarida gʻarbiy Afrika davlati Dagomeya (zamonaviy Benin va Togo)dan keltirilgan qullar orqali kelib qolgan. Soʻzning aniq kelib chiqishi hozirgacha noaniq. Bir versiyaga koʻra – bu „nzambi“ning oʻzgartirilgani, afrika tili bantuda bu „kichik xudocha“ yoki „oʻlikning ruhi“ degan maʼnoni beradi. Boshqasiga koʻra bu gʻarbiy afrika dialektidagi „arvoh“ maʼnosini anglatuvchi „jambi“ soʻzining oʻzgargani. Shunday nazariya ham mavjudki, unga koʻra „zombi“ soʻzi bilan qachondir quyosh, yorugʻlik va quvonchning azaliy dushmani boʻlgan bahaybat qora ilonni atashgan.

Zombi boʻlgan qiziqish nisabatan yaqinda paydo boʻldi. Zombi haqidagi dastlabki qayd etishlar 1929-yilga borib taqaladi. Aynan oʻshanda „New York Times“ning mashhur jurnalisti Vilyam Sibruk (William Buehler Seabrook) „Kursidan turmasdan sayohat“ qatorida chiqarilgan „Sehr oroli“ kitobini nashr etadi. „Sehr oroli“da Sibruk oʻzining Gaitidagi hayotini tasvirlaydi, mashhur jodugar Maman Seli uyida, Gaiti junglilarida yashaganlarini aytib beradi. Uning ishonchi tufayli Sibruk vuduchilarning koʻp marosimlarida ishtirok eta oladi. Kitobda Sibruk vuduni katoliklik va sehr, joduni oʻz ichiga olgan gʻarbiy afrika dinining murakkab aralashmasi deb xarakterlaydi. Ammo, toʻrt qismdan iborat kitobning faqatgina bir qismi sehrga bagʻishlangan. U „Shakar qamish plantatsiyalarida oʻliklar ishlaydi“ deb nomlanadi.

Bir yil davomida kitob Amerikada zombiga qiziqish toʻlqinini vujudga keltiradi. 1932-yili esa Viktor Galperinning produserlik korhonasi „Oq zombi“ filmini chiqaradi.

Zombi Vududa

tahrir

"Zombi" termini Karib hovuzining orollari (Gaiti, Yamayka, Trinidad, Kuba) aholisining sehri Vudu bilan chambarchas bogʻliq. Vuduning ildizlari Gʻarbiy Afrikaga (Benin) borib taqaladi.

Insonni zombiga aylantirish uchun, avval uning ruhini tanasidan judo qilish kerak.

Ruhning oʻgʻirlanishi

tahrir
  • Sehrgar tunda belgilangan qurbonning uy eshigini oldiga keladi, lablarini eshik tirqishiga bosadi va uhlayotgan odamning ruhini soʻrib oladi, soʻng uni maxsus shishaga joylashtiradi. Ruhdan judo boʻlgan odam tez orada vafot etadi, uni koʻmishadi, yarim tunda esa sehrgar yordamchilari bilan kelib qabrni qazib oladi. Qurbonning ismi aytiladi, bundan soʻng murda goʻyoki boshini koʻtaradi – chunki sehrgar uning ruhi boʻlgan shishani ushlab turgan boʻladi. Shuni bajarishi bilan shisha oʻlikning burniga olib kelinadi va soniyaning bir qismiga ochilib turiladi, goʻyoki asir ruhning bir qismini qoʻyib yuborayotgandek. Sanaladiki, bunda tana hayotga qaytadi. Marosimni tugallab, sehrgar tiriltirilgan zombini oʻz uyi oldidan oʻtkazadi va sehrli soʻzlarni oʻqib, qurbonni avvalgi hayoti haqidagi xotiralarini butunlay oʻchiradi.
  • Ruh oʻgʻriligining boshqa bir usuli shundan iboratki, sehrgar yostiq tagiga ruhni oʻziga tortib oluvchi sehrli predmetlarga shishani qoʻyib qoʻyadi. Yana sehrgar odamni falajlaydigan maxsus dori tayyorlab, uni qarshilik koʻrsatish hususiyatini yoʻqotishi mumkin.

Zombilashdan maqsad

tahrir

Zombilash sehrgarlar tomonidan har xil sabablarga koʻra qoʻllanadi. Odatda bu odamga nisbatan qasddan, yoki tekin ish kuchiga ega boʻlish maqsadida qilinadi. Hissiyot va fikrlash hususiyatidan judo boʻlgan zombi ogʻir fizik ishni ideal bajaruvchilaridir. Shuningdek, sehrgarni iblis bilan kelishuvi ehtimoli bor, bunda ohirgisi faoliyati uchun toʻlov sifatida odam ruhlarini talab qiladi. Xristian dinidan farqli iblisga oʻz ruhini sotmay, Vudu jodugarlari kuch va hukmronlik uchun boshqa insonlarning ruhlari bilan toʻlashadi. Vudu dinidagi odamlarda vafot etgan yaqinlarini zombilikdan qutqarishning bir nechta usuli bor. Puldor vuduchilar qabrni qazib olishmasligi uchun uni beton bilan quyishadi. Boshqalar bir necha kecha davomida qabrni qoʻriqlashadi – agar jasad chirishni boshlasa, undan zombi chiqmaydi. Sehrgar murdaning ismidan chaqirganida u javob bermasligi uchun ularni ogʻzini tikib qoʻyishadi yoki qumga toʻldirishadi. Shuningdek, koʻp hollarda vafot etgan kishi sehrgardan himoyalanishi uchun qabrga pichoq solib qoʻyishadi.

Zamonaviy zombilar

tahrir

Hozirgi davrda klassik murda-zombini uchratish qiyin, ammo zamonaviy usullarni qoʻllash bilan amalga oshiriladigan zombilash haqida koʻp gapiriladi, masalan – ijtimoiy dasturlash, reklama, omma fikrini shakllantirish, diniy (patriotik, milliy va b.) tarbiya, turli xil psihotehnikalar (masalan, neyro-lingvik dasturlash, gipnoz).

Kompyuter oʻyinlaridagi zombi

tahrir

Havolalar

tahrir
  NODES
Idea 1
idea 1
Project 1