Zubturum (Plantago) — zubturumdoshlar oilasiga mansub 1—2 va koʻp yillik oʻtlar turkumi. 260 tacha turi maʼlum. Oʻzbekistonda 6 turi uchraydi. 4 turidan dorivor oʻsimlik sifatida foydalaniladi. Barglari ildiz boʻgʻzida toʻp boʻlib joylashgan, bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, nashtarsimon va tasmasimon. Gullari poya va shoxlari uchida oddiy boshoq hosil qiladi. Me-vasi ikki yoki koʻp urugʻli. Bargi va urugʻi tarkibida S va K vitamin, karotin, shilimshiq oshlovchi va b. mod-dalar bor. Bargidan tayyorlangan damlama meʼda-ichak kasalliklarini, yaralarni davolashda, urugʻining shilimshiq eritmasi esa kuchsiz surgi sifatida ishlatiladi[1].

Zubturum
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES