Zulqarnayn

Islomda Yaʼjuj va Maʼjujdan himoya qiluvchi devor qurgan buyuk shoh
Ushbu maqola Iskandar Zulqarnayn haqidadir. Iskandar soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.

Zulqarnayn (arabcha: „ذو القرنين“ — ikki shoxli) — musulmonlar orasida tarqalgan qadimiy rivoyatlarga koʻra, dunyoning Chin (Xitoy) ga qadar yerlarini zabt etib, u yerda yaʼjuj va maʼjuj yoʻliga ulkan toʻsiq qurgan podshoh.

Zulqarnayn

Ayni vaqtda ham Sharq, ham Gʻarb hukmdori ekanligi yoki tojining ikki cheti shoxsimon boʻlganligidan shunday deb atalgan, deb taxmin qilinadi. Qurʼonda Zulqarnaynning yer yuzida haqni qaror toptirish uchun qilgan saʼy-harakatlari bayon etilgan (18:83—102).

Baʼzi islom tadqiqotchilari (masalan, Ibn al-Asir) Qurʼonda zikr qilingan Zulqarnaynni makedoniyalik Aleksandrning oʻzi deb va baʼzilari Ibrohim paygʻambardan ilgari yashab oʻtgan butunlay boshqa bir shaxs deb talqin etishadi.

Baʼzi kishilar Aleksandr Makedonskiy bilan Iskandar Zulqarnaynni ikkalasi bitta shaxs deyishsa, ayrim kishilar esa Iskandar Zulqarnaynni Aleksandr Makedonskiyga hech qanday aloqasi yo‘q deyishadi.

Oyat Arabcha Oʻzbekcha
18:83 وَيَسْـَٔلُونَكَ عَن ذِى ٱلْقَرْنَيْنِ ۖ قُلْ سَأَتْلُوا۟ عَلَيْكُم مِّنْهُ ذِكْرًا (Ey, Muhammad,) yana Sizdan Zulqarnayn haqida so‘raydilar. Ayting: „Men sizlarga u haqdagi xabarni hozir o‘qib berurman“.
18:84 إِنَّا مَكَّنَّا لَهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ وَءَاتَيْنَٰهُ مِن كُلِّ شَىْءٍ سَبَبًا Darhaqiqat, Biz unga (Zulqarnaynga) Yerda martaba berdik va (istagan) barcha narsasiga yoʻl (imkoniyat) ato etdik.
18:85 فَأَتْبَعَ سَبَبًا Bas, u (avval Gʻarbga qarab) yoʻl oldi.
18:86 حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ وَوَجَدَ عِندَهَا قَوْمًا ۗ قُلْنَا يَٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِمَّآ أَن تُعَذِّبَ وَإِمَّآ أَن تَتَّخِذَ فِيهِمْ حُسْنًا To (ketayotib) kun botadigan joyga yetgach, u (quyoshning) bir loyqa buloq (orti)ga botayotganini ko'rdi va (buloq)ning oldida bir qavmni uchratdi. Biz: „Ey, Zulqarnayn, yo (ularni) azobga duchor qilursan yoki ularga yaxshi muomalada boʻlursan“, — dedik[izoh 1].
18:87 قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوْفَ نُعَذِّبُهُۥ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَىٰ رَبِّهِۦ فَيُعَذِّبُهُۥ عَذَابًا نُّكْرًا U aytdi: „Zulm qilgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. Soʻngra Parvardigoriga qaytarilgach, U zot uni yanada xunuk azob bilan azoblar.
18:88 وَأَمَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَٰلِحًا فَلَهُۥ جَزَآءً ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَسَنَقُولُ لَهُۥ مِنْ أَمْرِنَا يُسْرًا Endi imon keltirib ezgu ish qilgan kishiga kelsak, uning uchun goʻzal mukofot (jannat) boʼlur. Biz ham unga ishimizdan osonlarini buyururmiz“.
18:89 ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا Soʻngra, u (Sharqqa qarab) yoʻl oldi.
18:90 حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَطْلِعَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَطْلُعُ عَلَىٰ قَوْمٍ لَّمْ نَجْعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتْرًا To (ketayotib) kun chiqishga yetib borgach, uning (quyoshning) bir qavm uzra chiqayotganini koʻrdi. Biz u qavm uchun quyoshdan (saqlanadigan) biror parda qilmagan edik.
18:91 كَذَٰلِكَ وَقَدْ أَحَطْنَا بِمَا لَدَيْهِ خُبْرًا (Uning ishi) shunaqa. Albatta, Biz uning huzuridagi ilmlarni ihota qilib olganmiz.
18:92 ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا Soʻngra, u yana yoʻl oldi.
18:93 حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ بَيْنَ ٱلسَّدَّيْنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوْمًا لَّا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ قَوْلًا To (ketayotib) ikki togʻ oʻrtasiga yetib kelgach, u (togʻlar ortida) gapni sira anglamaydigan qavmni uchratdi.
18:94 قَالُوا۟ يَٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَىٰٓ أَن تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا Ular: „Ey, Zulqarnayn, albatta, (shu togʻlar ortidagi) Yaʼjuj va Maʼjuj (qabilalari) Yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq toʻlasak, biz bilan ularning oʻrtasiga bir toʻgʻon qurib berurmisan?“ — dedilar.
18:95 قَالَ مَا مَكَّنِّى فِيهِ رَبِّى خَيْرٌ فَأَعِينُونِى بِقُوَّةٍ أَجْعَلْ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ رَدْمًا U (Zulqarnayn) aytdi: „Rabbimning menga ato etgani (neʼmatlari) sizlar beradigan (mol-dunyodan) yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning oʻrtasiga bir devor bino qilay.
18:96 ءَاتُونِى زُبَرَ ٱلْحَدِيدِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا سَاوَىٰ بَيْنَ ٱلصَّدَفَيْنِ قَالَ ٱنفُخُوا۟ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَعَلَهُۥ نَارًا قَالَ ءَاتُونِىٓ أُفْرِغْ عَلَيْهِ قِطْرًا Sizlar menga temir parchalarini keltiringlar. To (parchalar) ikkala togʻ yonbagʻirlari bilan barobar boʻlgach, dam uringlar“ — dedi. Bas, qachon u (temir-tersaklarni qizdirib) oʻt qilgach (eritgach), dedi: „Menga eritilgan mis (ham) keltiringlar, u (temir parchalari)ning ustidan quyurman.
18:97 فَمَا ٱسْطَٰعُوٓا۟ أَن يَظْهَرُوهُ وَمَا ٱسْتَطَٰعُوا۟ لَهُۥ نَقْبًا Endi ular (Yaʼjuj va Maʼjuj) u (toʻsiq)ning ustiga chiqishga ham, uni teshib oʻtishga ham qodir emaslar.
18:98 قَالَ هَٰذَا رَحْمَةٌ مِّن رَّبِّى ۖ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ رَبِّى جَعَلَهُۥ دَكَّآءَ ۖ وَكَانَ وَعْدُ رَبِّى حَقًّا "Bu Rabbim (tomoni)dan bo'lmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Ya'juj va Ma'juj chiqadi, deb) va'da qilgan vaqt kelganida (Qiyomat oldidan), O'zi u (to'siq)ni tep-tekis qilib qo'yar. Rabbimning va'dasi haqdir", - dedi u
18:99 وَتَرَكْنَا بَعْضَهُمْ يَوْمَئِذٍ يَمُوجُ فِى بَعْضٍ ۖ وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَجَمَعْنَٰهُمْ جَمْعًا „Bu Rabbim (tomoni)dan boʻlmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Yaʼjuj va Maʼjuj chiqadi, deb) vaʼda qilgan vaqt kelganida (Qiyomat oldidan), Oʻzi u (toʻsiq)ni tep-tekis qilib qoʻyar. Rabbimning vaʼdasi haqdir“, — dedi u.
18:100 وَعَرَضْنَا جَهَنَّمَ يَوْمَئِذٍ لِّلْكَٰفِرِينَ عَرْضًا U Kunda (Qiyomatda, odamlarni) bir-birlariga aralashtirib tashlaymiz. Sur(nay) chalingach, ularning barchalarini toʻplaymiz.
18:101 ٱلَّذِينَ كَانَتْ أَعْيُنُهُمْ فِى غِطَآءٍ عَن ذِكْرِى وَكَانُوا۟ لَا يَسْتَطِيعُونَ سَمْعًا U Kunda kofirlarga jahannamni namoyish qilurmiz.

Izohlar

tahrir
  1. Loyqa ma'nosini anglatuvchi „hamia“ kalimasi boshqa bir qiroatda „homiya“ oʻqiladi. Maʼnosi qaynoqdir. Demak, qaynoq buloq uzra, degan maʼno chiqadi.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  NODES