Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

qon

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

QON 'tirik vujud aʼzo va hujayralarini oziqlantiruvchi, modda almashuvini taʼminlovchi qizil rangli suyuqlik'. [Yaradan] quyuq q o n hali ham sil— jib turar edi (Oybek). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli qan tarzida ta — laffuz qilingan (Devon, III, 172); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: qan > qân.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Organizmning yurak va qon tomirlardan iborat yopiq sistema ichida toʻxtovsiz harakatlanib turuvchi suyuq toʻ-qimasi (aʼzo va hujayralarni oziqlan-tiradigan, modda almashinishini taʼmin-laydigan qizil suyukdik). ◆ Arteriya qoni. Vena qoni. Qon aylanishi. Qon bosimi. Qon ketishi (oqishi). Qon tomirlari. m ◆ Yara koʻkrakda, yurakka yaqin: undan quyuq qon hazi ham siljib turar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Qon aylanishi Qonning qon tomirlari sistemasida harakatlanishi: odam orga-nizmi bilan tashqi mu\it oʻrtasida modda almashinuvini taʼminlaydi; bu tufayli hujayralarga kislorod va oziq moddalar yetkazib beriladi, moddalar almashinuvida hosil boʻlgan chiqindi moddalar olib ke-tiladi. Qon bosimi Tomirlarda oqayotgan qonning shu tomirlar devoriga koʻrsatadigan tazyiqi: yurak ishi va tomir devorining qarshiligi tufayli yuzaga keladi. Qon ivishi Qonning suyuq holatdan laxtaga aylanishi — organizmning qon yoʻqotishga toʻsqinlik qiladigan fiziologik himoya reaksiyasi. Qon chiqarish 1) davo maqsadida qon to-mirlaridan (koʻpincha venadan) teshib yoki tilib qon oqizish; 2) jonliqsoʻyib, ehson, xudoy i qilmoq.

2 koʻchma Tugʻishganlik, qarindosh-av-lodlik ramzi sifatida. ◆ Ota-bobosi sanʼ-atkor oʻtgan-da, qonida bor. "Yoshlik" ◆ Ular "Oʻzimning qonim, qoʻynidan toʻkilsa qoʻn-jiga, begona boʻlmasin" qabilida ish tu-tadshzar. Gazetadan .

3 koʻchma Narsalarning yashash, harakat-lanish ramzi sifatida; "joni", "yuragi"; qon tomiri. ◆ Neft motorlarning qonidir, Neft mamlakatning shonidir. Yo. Mirzo . ◆ Nutq insoniy madaniyatning qon tomiri, asosi va oʻzagidir. "Saodat" .

4 koʻchma Shaxsga xos hissiyot, his-tuygʻu. ◆ Qandaydir bir parivashning olovli jozi-basi, husn-malohati uning erkaklik qoni-ga choʻgʻ tashlab yuborgan edi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Jayronning shamoldek yengil irgʻishlab qochi-shi beixtiyor koʻzni oʻynatib, odamda ovchi-lik qonini koʻpirtiradi. M. Mansurov, „Yombi“ .

, Bir qoshiq qonidan kechmoq (yoki oʻtmoq) Gunohini kechirib, oʻlimdan qoldirmoq, afv etmoq. n ◆ -Bir qoshiq qonimdan kechsan-giz, ayturman. -Kechdim, aytingiz.. P. Qo-dirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Kechiring, xoqonim, yoʻldan ozgan bandamiz, bir qoshiq qonim-dan oʻting. U. Ismoilov, „Saylanma“ . Bagʻri (yoki dili, jigari, yuragi) qon Qattiq gʻam-qaygʻuli, gʻam-qaygʻu bilan ezilgan. ◆ Ey dunyo-yi bevafo!.. Qahringdan hammaning bagʻri qon, koʻngli parishon.. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Gʻulomjon ham suvga tashna jon, ham yor hajrida dili qon edi. M. Ismoiliy, „Far-gona t“ . o. Kindik qoni toʻkilgan yer (yoki joy, tuproq q, kindik I 2. Koʻziga qon toʻlmoq Qattiq jahli, gʻazabi qoʻzgʻamoq; shunday holatda boʻlmoq. ◆ Yana, jazo otryadining koʻzi-ga qon toʻlib turgan paytda bir kor-hol boʻlmasin deyman. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Dodxoh-ning.. moʻylovlari uchdi, qovoqlari badtar tushdi, koʻzlariga qon toʻldi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . Rangida (yoki yuzida) qoni yoʻq Rang-tusi oʻchgan. ◆ Uning rangida qon yoʻq edi. T. Ashurov, „Oq ot“ . ◆ Kampir uning boshini koʻtardi. Cholning yuzida qon yoʻq edi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . Yuzidan qon tomadi Sogʻlom, yuzlari qip-qizil kishilarga nisbatan aytiladigan ibora. Qon boʻlmoq Juda diqqati oshmoq. ◆ Yotaverib, juda qon boʻlib ketdim, kechki havoda birpas aylanay, degan edim. S. Ahmad, „Hukm“ . Qon yigʻlamoq Qattiq, ezilib-kuyib yigʻlamoq, qattiq azobli holatda yigʻlamoq. ◆ ..uning koʻzlariga koʻzi tushishi bilan, xolaning ogʻir yurak yarasi yangilanar, qon yigʻlagan qaygʻuli kuni yodiga tushar edi. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . Qon toʻkmoq Qurbon beriladigan urush, jang qilmoq; shu yoʻl bilan kishi(lar)ni qurbon qilmoq. ◆ Otabek va yoʻldoshlarining qonlari toʻkilmasin, deb bu gaplarni ichimga yutib yurdim. A. Qodiriy, „Utgan kunlar“ . ◆ Vatan uchun qon toʻkamiz, qon toʻkamiz, qon. H. Olimjon . Qon chiqarmoq din. etn. Jonliqsoʻyib, xudoyi qilmoq. Qon yutmoq Qattiq qaygʻu-azobda qolmoq; bagʻri qon boʻlmoq. ◆ Kecha-kunduz bunda figʻon etaman, Shoh qizi, deb bunda qonlar yutaman. "Bahrom va Gulandom" . Qon ( yoki qon-qora) qaqshamoq Zor-zor yigʻlamoq, qaqshab yigʻlamoq; juda qaq-shamoq. ◆ Kimlar uchun oʻz yor-birodarlaringni qon qaqshatasizlar? A. Qahhor, „Asarlar“ . ◆ Bozor qoʻylarni topolmasligiga ishongandan keyin .. boshiga tuproqlar sochar va qon-qora qaqshab yigʻlardi, S. Ayniy, „Doxunda“ . Qon qilmoq Juda diqqatni oshirmoq; xunob qilmoq. ◆ Bir balo desangiz-chi! Qon qilib yubordingiz-ku! Oʻ. Umarbekov, „Yoz yomgʻiri“ . ◆ Oyimni Farida qon qilayotgandir, qornim och deb. R. Rahmon, „Mehr koʻzda“ . Qoni qayna-moq Gʻazabi qoʻzgʻamoq, jahli chiqmoq. ◆ Uning behayo qarashidan niyati yomon ekanini bil-di-yu, Yodgorning qoni qaynab ketdi. U. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . Qoni qochmoq Rangi oʻchmoq; qizilligi yoʻqolmoq. ◆ Boya qoni qochib, koʻkish boʻlib qolgan qoracha yuzi endi qonga toʻlib, birdan jigarrang tuye oldi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ . Qoni qoʻshilmoq (boʻlish-siz shaklda) El boʻlmoq, elakishib, qoʻshi-lib ketmoq. ◆ Ergashni boshqa boʻlinmaga oʻt-kazish kerak.. Hech bizga qoni qoʻshilmadi-qoʻshilmadi-da. H. Gʻulom, „Mashʼal“ . Qoniga (yoki qon-qoniga) singmoq Juda ham xos boʻlgan xususiyatga, odatga aylanmoq. ◆ Temur sarbozlaridek qilich chopish.. yengish, katta oʻljalar bilan qaytish Xurosonu Moyearo-unnahrlik sarbozlarning qon-qoniga singib ketgan. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . Qonigatashna qilmoq (yoki etmoq) Juda ham bezor qilmoq, jondan toʻydirmoq. ◆ Xoloxunboy bu holdan oladi nashʼa, Etib mehnat ax^shni qoniga tashna. Gʻayratiy . Qonini soʻrmoq Maj-burlab, ezib, kuchidan foydalanmoq. ◆ Mening bu yerga kelishdan maqeadim mehnatkash-larning qonini soʻrib kelgan mushtumzoʻrlar-ni tag-tomiri bshshn tugatishda s iz ogʻa-inilarimga yordam berishdir. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ҚОН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

qon

qon
кровь; // кровяной; ◆ qon aylanishi кровообращение; ◆ qon bosimi давление крови, кровяное давление; ◆ qon ketish или ◆  qon oqish кровотечение; ◆ qon tomirlari кровеносные сосуды; ◆ qon shariklari кровяные шарики; ◆ qon quyilishi кровоизлияние; ◆ qon koʻrmoq менструировать, иметь менструации; ◆ qon olmoq 1) пускать кровь больному; 2) брать кровь (на анализ); ◆ qon tashlamoq харкать кровью; ◆ qon tupurmoq плевать кровью; ◆ qon toʻkish кровопролитие; ◆ qon quyish переливание крови; ◆ qonga boʻyamoq 1) вымазать (выпачкать) в кровь; 2) обагрять, заливать кровью; окровавить; ◆ qon tomiri bidan bogʻlanmoq перен. быть кровно связанным; ◆ chakkasi qon у него окровавлен висок, его висок в крови; ◆ ogʻiz-burnini qop-qora qon qilmoq разбить (кому-л.) рот и нос до крови; ◆ qonga - qon, jonga - jon погов. (букв. кровь за кровь, жизнь за жизнь) око за око, зуб за зуб; ◆ kindikning qoni toʻkilgan joy место, где пролита кровь от пуповины (т. е. место рождения); ◆ chertsa, qoni chiqadi (букв. от щелчка кровь сочится) кровь с молоком (о ком-л.); ◆ 

  • qon boʻlmoq истязаться, дойти до исступления; очень горевать; ◆ yuragim qon boʻldi чаша моего терпения переполнилась; ◆ qon yutmoq (букв. глотать кровь) быть в сильном горе, переживать большое горе.
  NODES