Vikipediya
Vikipediya
Vikipediyada Yevropa haqida maʼlumotlar bor:


Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Atoqli ot

tahrirlash

Yevropa

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

Yev-ro-pa

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash
y. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ — gʻarb

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

'Yevropa' — qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan. Shimoldan Shimoliy Muz okeani va uning dengizlari (Kara, Barens, Oq, Norvegiya) bilan, gʻarb va janubdan Atlantika okeani va uning dengizlari (Boltiq, Shimoliy, Oʻrta, Marmar, Kora va Azov) bilan chegaralangan. Yevropaning materikdagi chekka nuqtalari: shimolda — Nordkin burni (7R08’ sh. k.), janubda — Marroki burni (36°00’ sh. k.), gʻarbda — Roka burni (9°34’ gʻ. u.), sharqda. Qutbiy Ural togʻining sharqiy etagi (67°20’ shq. u.). Ye. hududining 25 % ini yarim orollar tashkil etadi, ularning eng yiriklari: ◆ Kola, Skandinaviya, Yutlandiya, Bretan, Pirenei, Apennin, Bolqon, Qrim yarim orollari . Yevropaga qarashli orol va arxipelaglardan eng yiriklari: ◆ Novaya Zemlya, Frans-Iosif Yeri, Shpitsbergen, Britaniya, Islandiya, Irlandiya, Korsika, Sardiniya, Sitsiliya, Krit . Yevropa qirgʻoq chizigʻining umumiy uzunligi 38 ming km. Qirgʻoqlari kuchli emirilgan, dengiz va qoʻltiqlar quruqlik ichkarisiga kirib borgan.

  NODES