Turkcha (tr)

bayram

bayram, sayil

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

bay-ram

Aytilishi

Etimologiyasi

BAYRAM 'tantana, shodlik bilan oʻtkaziladigan kun’, 'muborak kun’. Qizim universitetni bitirgan kun oilamizda bayramga aylanib ketdi. Bu ot asli qadimgi turkiy tildagi ’yoyil-’, ’yayra-’ maʼnosini anglatgan baż- feʼlining bay- shakliga (ЭСТЯ, II, 35) -(ï)r orttirma qoʻshimchasini va kuchaytirish maʼnosini ifodalovchi -a qoʻshimchasini qoʻshib hosil qilingan shaklidan -m qoʻshimchasi bilan yasalgan; keyinchalik ik-kinchi boʻgʻindagi tor unli talaffuz qilinmay qoʻigan; oʻzbek tilida a unlilari ä unlilariga almashgan: {[(baż-> bay-) + ïr = bayïr-] + a = bayïra-} + m = bayïram > bayram > bäyräm. Mahmud Koshgʻariy bu soʻzning asli bażram tarzida talaffuz qilinishini, oʻgʻizlar ż undo-shini y undoshiga almashtirib, bayram deb talaffuz qilishini maxsus taʼkidlagan (Devon, I, 447; III, 191).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Tarixiy, madaniy-maʼnaviy anʼanalarga koʻra rasmiy yoki norasmiy ravishda uyushtiriladigan umumxalq shodiyo-nasi kuni, tantana kuni.◆  Mustaqillik bayrami. Navroʻz bayrami. Gʻalaba bayrami. Yangi yil bayrami. m Yangi yil bayrami.. dilimizga yaqin, hammaga birday quvonchu farah baxsh etadigan, yorqin tuygʻularni uygʻotadigan qupiugʻ ayyom! "Saodat".◆  Bugungi Navroʻz bayrami barcha-barchaga yangi baxt, ulkan zafarlar keltiradi. Gazetadan ◆  Men bayramlarni juda-juda sevar, juda-juda orziqib kutardim. "Yoshlik".

2 Biror-bir munosabat bilan oʻyin-kulgi ishtirokida tantanali ravishda oʻt-kaziladigan tadbir.◆  Oilaviy bayram. Archa bayrami. Sport bayrami. Sheriyat bayrami.

◆ Sanʼat bayrami. Paxta bayrami. Bolalar archa bayramidan uylariga xursand boʻlib qaytadilar. n Paxta bayramini yor-joʻralar bilan Guliston rayonida oʻtkazdik. A. Qahhor, Ming bir jon.◆  Vakillarimiz sanʼat bayramiga jiddiy tayyorgarlik bilan keldilar. Gazetadan

3 koʻchma Vaqtichogʻlik, xursandlik; baxt, omad.◆  Joni sogʻga kunda bayram, Kunda toʻy. Maqol.◆  Eshakning oʻlimi — itning bayrami. Maqol. n◆  Uning [ayolning] borligining oʻzi — jamiyatning bayrami. Gazetadan

Sinonimlari

Antonimlari

БАЙРАМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

bayram
праздник; // праздничный; ◆ revolyutsion bayram революционный праздник; ◆ yangi yil bayrami новогодний праздник; ◆ archa bayrami ёлка (праздник); ◆ koʻchalar bayram tusini oldi улицы приняли праздничный вид;◆ bayram kunlari праздничные дни; ◆ bayram oldi предпраздничный; ◆ bayram oldi musobaqasi предпраздничное соревнование; ◆ bayram qilmoq праздновать; ◆ bayram qilinmoq праздноваться.

Turkcha (tr)

bayram

bayram, sayil
  NODES