Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

be-shik

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

BESHIK ’chaqaloqni belab uxlatish uchun yasalgan, tebratishga moslangan roʻzgʻor buyumi’. Chaqalogʻi b ye— sh i k d a uxlab yotardi. Bu ot qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, ’yoʻrgak’ maʼnosini anglatgan be: otiga -shi qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan feʼldan -k qoʻshim-chasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, II, 123); keyinroq ye: unlisi — ning choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (Devon, I, 386; DS, 97): (be: + shi = be:shi-) + k = be:pshk > beshik.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 etn. Chaqaloqni belab va teb-ratib uxlatish uchun tol yoki tut yogʻochidan yasalgan yoʻrgʻa oyoqii maxsus moslama; teb-ratma belanchak.◆  Beshikdagi Uchqun uydagi harakatni sezib, ovozlarni eshitib, hade-ganda uxlay bermadi. H. Gʻulom, Mashʼal. ◆ Muborakning otasi qishda duradgorlik qilar, eshik, beshik, sumak, sandal, zarang tovoq yasardi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi.

Beshik asbob Bolani beshikka belash va beshikni tuzash, bezatish uchun zarur nar-salar (toʻshakcha, koʻrpacha, yostiqcha, qoʻlbogʻ, oyoqbogʻ, tuvak, sumak va sh. k.) majmui. Beshik ketdi ayn. beshikkertti.◆  \Qozi Qodirqulga:] Beshik ketdi boʻlgandan buyoq har yil rasm-russharini qilishib, yaqin vaqtlarda toʻy-ligini ham berib qoʻyibdi. Hamza, Boy ila xizmatchi. Beshik toʻyi Bolani (asosan toʻngʻich farzandni) beshikka solish munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosim. ◆ Mullajon qozi beshik toʻyi qilgan. A. Qahhor, Anor.

2 koʻchma Biror narsaning, voqea-hodi-saning tugʻilgan yeri, makoni, manbai. Baxt beshigin quchoqlab, bizni ulgʻaytirdingiz.. Gʻ. Gʻulom. Bir qator dor bilan sharmanda boʻldi Fashizm beshigi boʻlgan Nyurnberg. Gʻ. Gʻulom. Yam-yashil oʻtloqlar million-millionlab qoʻzi, toychoqlarning beshigi boʻlur. Gʻ. Gʻulom.

Beshigini tebratmoq Yangi tugʻilayotgan narsani ardoqlab, voyaga yetkazmoq. Urtoq Oripov bilimdon injener, mamlakatimizda karbamid ishlab chiqarishni tashkil etish boʻyicha yangi korxona beshigini tebratayot-ganligi bejiz emas. Gazetadan. Sen mening beshigimni tebratganmisan? Betakalluf muomalada boʻlgan, oʻzidan kichik kishi ga javoban ishlatiladigan ibora.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

БЕШИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

OʻTIL

beshik
1
бешик (деревянная колыбель); ◆ beshik toʻyi празднество по случаю того, что младенца впервые укладывают в колыбель; ◆ beshik ketdi = ◆ beshikkerti; beshik tervat = beshik-tervat(ar);
2 перен. колыбель; родина; Leningrad - revolyutsiya beshigi Ленинград - колыбель революции.

  NODES
lenin 1