boʻyin
boʻyin I
tahrirlashMorfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashboʻ-yin
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashBOʻYIN ’bosh bilan tana oraligʻidagi aʼzo ’. Bu koʻylakning yohasi boʻynimga keng keldi. Bu soʻz ’kishi yoki narsaning tik yoʻnalishdagi koʻlami’ maʼno — sini anglatuvchi boy otidan kichraytirish maʼnosini ifodalovchi -(ï)n qoʻshimchasi bilan hosil qilingan (ЭСТЯ, II, 181; Devon, III, 183); keyinchalik ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: boy + ïn = boyïn > boyin. Qadimgi turkiy tilda bu soʻz boyun tarzida ham ta — laffuz qilingan (ДС, 110).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash(3-sh. birl. boʻyni) 1 Odam va umurtqali hayvonlar gavdasining bosh bilan tanani biriktiruvchi qismi. Oʻgʻrini sol-sang qoʻyningga, Sirtmoq tushar boʻyningga. Maqol.◆ Xotin — boʻyin, er — bosh. Maqol. hi Tongning mayin shabadasi Nusratbekning boʻ-yinlarini yoqimli silab-siypaladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Toʻrtkoʻz boʻri-ning boʻynidan qattiq tishlab, u yoqqa-bu yoqqa yulqilab koʻrdi. S. Anorboyev, Hamsuh-batlar. Qora koʻzlari uchqun sochib porlaydi. Koʻkraklar baland. Boʻyni oq marvaridday silliq, lablari ehtirosli. P. Qodirov, Yulduzli tunlar.
- Boʻyin bukmoq ayn. boʻyin egmoq 4. Bu dahshatni, ofatni, u, ehtimol, bir taqdir, bir zaruriyat.. deb tushunganda, balki kam-tarlik bilan boʻynini bukkan boʻlar edi. Oybek, Tanlangan asarlar. Boʻyin egmoq (yoki solmoq) 1) boshni quyi solmoq.◆ Ikkala ot uzoq yoʻl bosib horiganidan, ogʻir boshlarini koʻtarishga majoli kelmaganday, boʻyin-larini egib turardi. S. Anorboyev, Oqsoy; 2) koʻchma aybini boʻyniga olmoq, aybiga iqror boʻlmoq.◆ Egilgan boʻyinni qilich kes-maydi. Maqol. n◆ Shunda hamoʻzidan past deb yurgan kishisiga boʻyin eggisi kelmadi. U. Hoshimov, Qalbingga quloq sol; 3) taʼzim qilmoq.◆ Kumush uyalib, zoʻrgʻagina salom berdi va Yusufbek hojining yaqiniga kelib, boʻyin egdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.◆ Boʻyin egib hammasi, Taʼzim qilib turadi. "Oysuluv"; 4) boʻysunmoq.◆ Dushmanga boʻyin egma. Maqol. ◆ n Eski raislar boʻyin egarmikan bu yosh ju-vonga. I. Rahim, Ixlos.◆ Eshboyevbu takabbur, bezbet bolani boʻyin egishga majbur qshyul-magan edi. "Yoshlik". Boʻyin qismoq ayn. boʻyin egmoq 2. [Otam) Bir kun erimning uzoq sa-yilga ketganini eshitib, uyimga yetim bola-dek boʻynini qisib kirib keldi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
2 Baʼzi asboblarning ingichka uzunchoq qismi; boʻgʻiz. Dutorning boʻyni. Shishaning boʻyni. n Devoriga tolgul va boʻyni uzun of-tobaning surati solingan bshshnd ayvon. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Noʻsh etib, uyga kelurman, yerda turmaydur oyoq, Shisha-lar boʻyni uzilsin, bosh egib qon yigʻlayein. Habibiy, Devon.
3 tex. Oʻq, val va shu kabilarning podshipnikka oʻrnatiladigan qismi. Val boʻyni.
- Boʻyin bermoq Boʻysunmoq, gapga kirmoq, koʻnmoq.◆ U birovga boʻyin berishni yomon koʻra-di. S. Ahmad, Ufq.◆ Ikki yigit chopa kelib, uning jilovidan tutishdi. Qora Baxmal boʻyin bermay, siltab tashlardi. S. Ahmad, Jimjitlik. Boʻyin burmoq ayn. boʻyin tov-lamoq.◆ Sal norozshshk qshshb, ishdan boʻyin bur-gashshrning boshi baloga qolar, bundaylarga surgun, badargʻa doim tahdid solib turardi. K. Yashin, Hamza.◆ -Siz, ustod, bir nima desangiz, biz boʻyin burgan emasmiz, — dedi Meʼmorning chehrasi ochilib. Mirmuhsin, Meʼmor. Boʻyin sunmoq ayn. boʻysunmoq. Nomardlarga aslo sunma boʻyningni, puch yon-goqqa toʻldiradi qoʻyningni. Maqol. Boʻyin tovlamoq (yoki tortmoq) Biror ishni baja-rishdan, unga qatnashishdan bosh tortmoq. ◆ Darvesh Ajiu qoʻzgʻolonini bostirishga Ajiu-sherning oʻzini yuboring. Yo Lshsher bu ishdan boʻyin tovlaydi, yo.. borib, fitnani bartaraf qshshdi. Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy.◆ Bu podshohimizning oliy farmoni, undan boʻyin tovlaydiganlarga u shafqat qshshb oʻtirmaydi. K. Yashin, Hamza. Boʻyin toʻlgʻamoq ayn. boʻyin tovlamoq.◆ Bizlar ba-maslahat nima desak, u boʻyin toʻlgʻamas. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Boʻyin qoʻymoq 1) koʻnikib, biror ishga kirisha boshlamoq. ◆ Gʻulomjon soʻnggi kunlarda mehnatga boʻyin qoʻygan boʻlsa ham, endi bundan oʻzi qoniqa o^gmadi. H. Nuʼmon, Fasllar; 2) koʻnmoq, boʻyni ga olmoq, rozi boʻlmoq.◆ Ashirbek noiloj jiyanlarining gapiga boʻyin qoʻydi. "Yusuf va Ahmad".◆ Bu ishlar xudoning ishi, koʻn endi, Boʻyin qoʻygin Olloning qudratiga. "Yusuf va Ahmad". Boʻyni bogʻliq Tutqun, asir; ergash-tirib, sudrab yurilgan. Boʻyni bogʻliq it ovga yaramas. Maqol. m Boʻynim bogʻliq ham emas, yechiq ham emas. Qamoq boʻlmasa ham, qamoqqa oʻxshaydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Boʻyniga 1) gardaniga, zimmasiga, ustiga. Kattaroʻz-gʻorning hamma gunohi raisning boʻyniga.. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli. Bularning barchasi uning boʻyniga qarz boʻlib yotardi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o.; 2) vijdoniga; vijdoniga havola. Nima uvoli boʻlsa — haq boʻlsin, nohaq boʻlsin — guvohning boʻyniga, deb hukm qshsh-man. "Luqmoni Hakim". Men qoʻlimdan kelganini qildim, endi [bolaning[ uvoli sizning boʻyningizga — yersiz qoladimi, yetim boʻla-dimi.. A. Qahhor, Asarlar. Boʻyniga arqon solmoq Majbur qilmoq. Ai6amma, mening boʻynimga birov arqon solayotgani yoʻq. Tu-shungan odam [kolxozga/ kiradi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Boʻyniga minib olmoq 1) boʻysundirib, izmiga tushirib olmoq. Erkak boshimni egib, qaytib boramanmi, unaqada xotinim boʻynimga minib oladi. S. Ahmad, Ufq; 2) ishlamay-netmay butunlay birovning qaramogʻiga oʻtib olmoq. Kampir koʻziga yosh oldi: -Oʻgʻshginamning boʻyniga minib olgan bu juvonsoʻxta. "Mushtum". Boʻyniga olmoq 1) oʻz ustiga, zimmasiga olmoq. |Ho-mid: | Basharti shu xizmatni bajarib berishni boʻyningga olsang, ont bilan ayta-manki, davlatimning yarmisi seniki boʻlsin! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Margʻuba ogʻir-likni yana oʻz boʻyniga olmoqchi boʻlib turgan edi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar. Vohidovga shipshitib qoʻyishni men boʻynimga olaman. S. Zunnunova, Yangi direktor; 2) rozi boʻlmoq, koʻnmoq, koʻnikmoq. Bir gap bilan boylab berdim qoʻlimni, Boylogʻliman, boʻynimga oldim oʻlimni. "Rustam". Biz jsilod darrasiga, oq poshsho surguniga, xon boltasiga, toʻralar, boylar kaltagiga chidashni boʻynimizga ol-ganmiz. S. Siyoyev, Avaz; 3) iqror boʻlmoq. Sa-mad, oʻzing gunohingni boʻyningga ol, shunday qilsang, jazong ham yengshx boʻladi. "Yoshlik". Boʻldi endi, aybni boʻynimga oldim-ku axir. K. Yashin, Hamza. Hamon aybni oʻz boʻyningizga olmaysiz, astagʻfirullo. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar. Boʻyniga osilmoq Birovga xiralik qilib yopishib olmoq. Buncha mening boʻynimga osilib olding? Boʻyniga tushmoq I) gardaniga, zimmasiga, ustiga tushmoq. Basharti majlisdan oʻtkazishsa, boʻynimga katta qarz tushadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Shunday qilib, movut mening boʻynimga tushib turibdi, deng?! S. Zunnunova, Yangi direktor;
2) dalil-isbot bilan boʻyniga qoʻyilmoq. Ayb kimning buyniga tushdi ? Buyniga qoʻymoq 1) gardaniga, zimmasiga, ustiga yuklamoq, top-shirmoq. Men hozir boy bilan gatashaman, hovlingni oʻzingga qaytartiraman, toʻy xa-rajatlarini boyning boʻyniga qoʻyaman. N. Safarov, Tanlangan asarlar. ..kelgan sovchilar-ning oʻzlariga yoqmaganiga gunohning barini Kumushning boʻyniga agʻdarib javob berar, ammo ikkinchi yoqdan tuzukroq joyni koʻzlar edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar; 2) dalil-lar bilan oʻz aybiga iqror qilmoq. Salim-boyvachcha qoyuzni qoʻlda mahkam siqib, gʻurur bshan davom etdi: -Bu narsa qoʻlimdami, hech kim biron aybni boʻynimga qoʻya olmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yolgʻon aytmagan boʻlsa, yuzlashtir, boʻynimga qoʻyib bersin! A. Qahhor, Asarlar. Boʻynida(gi) Gardani-da(gi), zimmasida(gi), ustida(gi). Uy-roʻzgʻor, mol-hol, bola-chaqa — hammasi Xolisaning boʻynida edi. S. Nurov, Narvoy. Katta singlim Oyshaxon toʻrtinchi sinfda oʻqiydi. Hovlini supurish, idish-tovoqlarni tvish oʻshaning boʻynida. X. Toʻxtaboyev, Sariqdevni minib. Avvayu boʻyningdagi qarzingni uz, undan keyin kigiz bilan bigiz soʻra-da. K. Yashin, Hamza. Boʻynidan boylaganday Biror ish-amalni bajarishga majburlik holati; maj-buran, erksiz ravishda; istab-istamay. Boʻynidan soqit qilmoq Qutulmoq, ozod boʻlmoq. ◆ Ular eshaklarni boʻyinlaridan soqit qilish toʻgʻrisida maslahat qilishibdi. "Luqmoni Hakim". Boʻyni yor bermaslik Boʻysunmaslik, oʻziga ep koʻrmaslik, istamaslik. Oʻqishga boʻyni yor bermagan Abdusattor yoshligida koʻcha-koʻyda su dral ib yurdi. "Guldasta". Poʻlatjon Abdurahmonov oʻz ota-onasiga yordam berishdan bosh tortib, kolxozda ishlashga boʻyni yor ber-may, tekin tomoq izlab, shaharma-shahar, qiiioqma-qishloq daydib yuribdi. M. Abdul-layev, Tekin tomoq. Boʻyni yoʻgʻon koʻchma Zoʻra-von, mushtumzoʻr; chapani odam. | Ugʻlingizning] Boshiga bir musht urib, bir burda qattiq non beradigan bir boʻyni yoʻgʻonga tegmasam, men ham yurgan ekanman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Boʻyni sinmoq Magʻlub boʻlmoq, yengilmoq. Kanizlar esa:-Osimjon soʻzida turolmadi, boʻyni sindi-ku, — deb taʼna qildi,\ar. J. Sharipov, Xorazm.
boʻyin II
tahrirlashMorfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashboʻ-yin
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashMaʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlashgeog. Suv bilan ajralib qolgan quruqpik qismlarini, hatto materik-larni bir-biriga qoʻshadigan tor, uzunchoq yer boʻlagi. Osiyo bilan Afrika orasidagi Suvaysh boʻynining kengligi 164 km ga teng. "Tabiiy geografiya".
boʻyin III
tahrirlashMorfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashboʻ-yin
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashMaʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlashq. x. Haydalayotgan yer may-donining u boshidan bu boshigacha boʻlgan masofa (taxminan 120—150 qadam).
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashБЎЙИН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashboʻyin
Tillar
tahrirlashRuscha ru
boʻyin I
[buyni]
1 шея; ◆ uzun boʻyin длинная шея; ◆ uzun boʻyin (или boʻyni uzun) odam человек с длинной шеей; ◆ boʻyin tumor золотое или серебряное женское украшение в виде треугольника, надеваемое на шею; ◆ boʻyin bermoq подчиняться, склоняться (перед кем-чем-л.); ◆ boʻyin yorib покорившись; boʻyni yori bermaydi он не подчиняется; он не желает делать (что-л.); его самолюбие не позволяет ему делать (что-л.); ◆ boʻyin soʻnmoq = boʻysunmoq;◆ boʻyin tovlamoq (или tortmoq) уклоняться (от выполнения чего-л.); отказываться (от участия в чем-л.); ◆ boʻyin choʻzmoq (или uzatmoq) вытягивать шею; tuyaga yantoq kerak boʻlsa, boʻynini choʻzadi посл. когда верблюду нужна колючка, он вытягивает шею; соотв. хлеб за брюхом не ходит; ◆ boʻyin egmoq склоняться (перед кем-чем-л.); преклоняться, раболепствовать; подчиняться, смиряться; ◆ boʻyin qismoq (букв. втягивать голову в плечи) пожимать плечами; boʻynini solmoq 1) опускать голову (напр. от усталости, изнеможения и т. п.): 2) перен. покоряться, смиряться, подчиняться; boʻynini uzmoq отсекать, отрубать голову; boʻyniga agʻdarmoq сваливать, взваливать (вину, долг на кого-л.); ◆ boʻyinga olmoq 1) брать на себя (что-л., напр. выполнение какого-л. дела) обязаться (что-л. сделать); shu ishni men boʻynimga olaman я беру это дело на себя; 2) брать на себя (вину); признаваться (в чем-л.); соглашаться, примиряться (с чем-л. неизбемным); aybini boʻyniga oldi он признал свою вину; boʻyniga tushmoq падать, ложиться (на кого-л. - о вине, обязанности, наказании, долге и т. п.); boʻyniga 1000 soʻm qarz tushdi на него насчитали 1000 рублей; на него сделали начёт в 1000 рублей; boʻyniga qoʻl tashlamoq 1) обнять (кого-л.) за шею; 2) перен. сделать (кого-л.) покорным; boʻyning uzilgur бран. чтоб тебе голову оторвало!; чтоб ты себе шею сломал!;
2 муз. гриф (напр. дутара, балалайки и т. п.);
3 горло, горлышко; shishaning boʻyni горлышко бутылки;
4 тех. шейка; val boʻyni шейка вала.
boʻyin II
геогр. перешеек.
boʻyin III
обл. расстояние (примерно в 120 - 150 шагов) между противоположными концами распахиваемого участка поля.