chegara
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashche-ga-ra
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashCHEGARA 'bir joyni boshqa bir joydan ajra — tuvchi yer\ 'had\ Chegarada bedordir posbon, Baxting asrar sezgir nigohi (Yongʻin Mirza). Bu ot asli ' biror narsaning tugash nuqtasi' maʼnosini anglatuvchi chek otidan (OʻTIL, II, 362: chek I 1) -(i)r qoʻshimchasi bilan yasalgan feʼlga (КРС, 854: cheger— II) -ä qoʻshimchasini qoʻshib yasalgan; keyinchalik ikki unli oraligʻidagi k undoshi g undoshiga, ikkinchi boʻgʻindagi i unlisi ä unlisiga almashgan: (chek + ir = chekir— > che-gir—) + ä = chegirä > chegärä.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 Bir-biriga qoʻshni, yondosh boʻlgan viloyat, tuman, hudud orasidagi had, boʻlinish, ajralish chizigʻi. ◆ Endi Qorabuloq chegarasidagi dovondan oʻtib olishsa, u yogʻi oson. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ . o.
2 Qoʻshni davlatlarning suvdagi va quruqlikdagi hududini, doirasini koʻrsatuvchi chiziq. ◆ Davlat chegarasi. Chegara soqchisi. m ◆ Qalandarlar chegaradagi nazorat punk-tidan xat-hujjatlarini koʻrsatib, Tur-kiston tuprogʻiga oʻtishdi. K. Yashin, „Hamza“ .
3 Oxir, nihoya, poyon. ◆ Choʻlning chegarasi yoʻqdek. . R . Fayziy, Choʻlga bahor keldi.
4 koʻchma Chek, meʼyor; oʻlchov; doira. ◆ Odob chegarasi. m ◆ Ammo u sabr-bardoshning ham chegarasi borligini allaqachon bilibolgan.. X. Sultonov, „Onamning yurti“ . ◆ Bu gazandalar vahshiyligining chegarasi yoʻq ekan-da! T. Rustamov, „Mangu jasorat“ .
- Chegaradan chiqmoq Biror xatti-harakat-da meʼyorga rioya qilmaslik. ◆ Hey, Nishopu-riy! Chegaradan chiqib ketyapsiz! [dedi Badia]. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashЧЕГАРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashOt
tahrirlashchegara (koʻplik chegaralar)
- Turkcha: çerçeve
OʻTIL
Ruscha ru
chegara
1 геогр. граница, рубеж; // пограничный; ◆ mamlakat ~lari границы страны; ◆ ~ soqchilari пограничники; ◆ ~ chizigʻi пограничная линия, линия границы;
2 перен. границы, рамки; предел;◆ adab ~si рамки приличия; ◆ bizning hozirgi olayotgan hosilimiz ~ emas урожай, который мы получаем сейчас, не предел.