et
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
et
Aytilishi
Etimologiyasi
ET goʻsht. Et - etga, shoʻrva - betga (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot dastlab ät | et tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 366; Devon, I, 70), oʻsha davrlardayoq ä | ä unlisi e unlisiga almashgan (ДС, 186): ät | et > et.
ET- I ’qil-’ (yordamchi soʻz). Suhbatimiz kechgacha davom e t d i. Qadimgi turkiy tilda ham ’qil-’ maʼnosini anglatib, mustaqil feʼl va yordamchi feʼl sifatida ishlatilgan bu soʻz asli ät— | et tarzida ta— laffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 313; ПДП, 366; Devon, II, 33), oʻsha davrlardayoq yo unlisi e unlisiga almashgan (DS 186): yot- | et— > et-. '
ET- II q. ayt-
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 aynan goʻsht 2, 3. ◆ Mol eti. Qoʻy eti. Xom et. Shaftoli eti. Eti qizil qovun. Nasiya yemang etni, qizartiradi betni. Maqol ◆ Siz mana shu pulga guzardan bir chorak et keltirib, shoʻrva qilib bersangiz! A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
2 Odamning badani; odam badanining yumshoqjoyi, mushaklari. ◆ Eti uvishmoq. Soʻz suyakdan, tayok etdan oʻtadi. Maqol . ◆ sht Qizlardan uch-toʻrttasi Nozikni taʼqib etdi va shart-shurt bir-birining yalangʻoch etiga urishib, shartak olishdilar. A. K .O-diriy, Mehrobdan chayon.
- Bir parcha et Hali hech narsani bil-maydigan, yangi tugʻilgan chaqaloq haqida. ◆ Onajon! Bir parcha et edim, Sen qsh 1'ding odam. D. Fayziy. Bir qop et 1) juda semiz, turgan-bitgani goʻsht; 2) hech narsa qila olmaydi-gan, harakatsiz odam haqida. ◆ Umidsiz odam — bir kop et. Shukrullo, „Javohirlar san-digʻi“ . Et bilan tirnoq Bir-biridan aj-ralmaydigan, oʻzaro juda bogʻliq. ◆ Teatr bilan dramaturgii et bilan tirnosho kiyos kshshsh mumkin. N. Safarov, „Olovli izlar“ . Et oldirmok, Ozmoq. ◆ Onajonining ancha et oldirib koʻyganini koʻrgan oʻgʻli Hamidulla ham tunlari navbatchilik qilardi. M. Qoʻ-shoqov, „Katta xirmon jilgʻasi“ . Et olmoq (yoki solmoq) Semirmoq. ◆ Jonivorlar men yoʻgʻim-da salkam oʻn kilodan et olibdi. S. Anorbo-yev, „Oqsoy“ . ◆ Bular et solib, tanballashib kolishgan, ularni ishlashga majbur qilish kerak. A. Muxtor, „Tugʻilish“ . Eti suyagiga (yoki ustuxoniga) yopishmoq Juda ozib ketmoq; suyagi chiqmoq. ◆ Bir necha kun ichida Nodir-jonning eti ustuxoniga yopishdi.. peshonasi-da ajinlar paydo boʻldi. A. Muhiddin, „Chap choʻntak“ . ◆ Samovarchi eti suyagiga yopishgan.. gʻirt koʻsa odam edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Eti uzilmoq Qattiq qaltis yeyishdan mushaklari choʻzilib qolmoq. ◆ Kampir choʻn-kayib, oʻgʻlining oyogʻini koʻzdan kechirdi, asta ushlab koʻrdi — hartugul chikmagan ekan, eti uzilgan boʻlsa kerak. M. Osim, „Tilsiz guvoh“ . Eti oʻlmoq 1) badani sezmaydigan boʻlib qolmoq; 2) odatlanib, koʻnikib qolmoq. ◆ Otaboy bunaka poʻpisalarni eshitaverib, eti oʻlib qolganidan, pisand kilmadi. S. Axmad, „Choʻl shamollari“ . Etiga (yoki badaniga) suv yuqtirmaslik Oʻziga ran tegizmaslikka, oʻz izzat-hurmati, obroʻ-eʼtiborini saqlab qolishga harakat qilmoq. ◆ U etiga suv yuq-tirmaslikka urindi. J. Abdullaxonov, „Ioʻl“ . Etidan tushmoq Ozmoq, etini yoʻqotmoq. ◆ Cholning koʻziga rangi oʻchib.. bir qavat etidan tushganday koʻrindi. "Sharq yulduzi" . Etini tashlamoq ayn. etidan tushmoq. ◆ Ming-boshi keluvchiga olayib qaradi.. Soli sovuq birdan ikki eshshk etini tailladi. M. Is-moiliy, „Fargʻona t“ . o.
Sinonimlari
Antonimlari
ЭТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Ruscha ru
et
1 мясо; ◆ qoʻy ~i баранина; ◆ mol ~i говядина; ◆ xom ~ сырое мясо;
2 мякоть (фрукта, плода); ◆ ~i qalin qovun мясистая дыня;
3 тело; мускулы; ◆ ~im jimirlashdi у меня пошла дрожь по телу; у меня по телу мурашки забегали; ◆ ~i qochibdi или ◆ ~dan tushibdi он похудел, он исхудал, он отощал; ◆ ~i suyagiga yopishgan кожа да кости, исхудалый, худой, тощий; ◆ Samovarchi ... ~i suyagiga yopishgan ... gʻirt koʻsa odam edi (Ойбек, «Ќутлуѓ ќон») Чайханщик ... был человеком тощим и совершенно безбородым; et uzilishi растяжение мускулов; ◆ ~ olmoq (или solmoq) поправляться; набирать вес; толстеть; жиреть; ◆ ~ tashlamoq худеть; терять вес; ◆
- bir kuylak ~ очень толстый; // толстяк; ◆ bir parcha ~ крошка (грудной ребёнок); ◆ ~i sizniki, suyagi bizniki мясо ваше, кости наши (формула, произносившаяся до революции отцом ребёнка, отдаваемого в учение домулле, содержателю школы); ◆ ~i oʻlgan 1) потерявший чувствительность; анестезированный; 2) привычный, свыкшийся; ◆ ~i qotgan = ~i oʻlgan 2; ~ingni bir burdadan qilaman я тебе задам, я тебя проучу; ◆ ~ini (или ◆ ich ~ini ) yemoq сильно беспокоиться, терзаться.
Ot
et
Ot
et
Ot
et
Hol
et