Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

gap

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

GAP Bu tojikcha ot (ТжРС, 96) oʻzbek tiliga juda singishib ketgan boʻlib, soʻzlashish, fikr anglatish birligi maʼnosiga bogʻliq holda, turli turgʻun bogʻlanmalar tarkibida bir necha maʼnolarni anglatadi. Bu maʼno asosida ulfatlarning vaqti-vaqti bilan dasturxon atrofida suhbat qurishi maʼnosi ham paydo boʻlgan. Bu ot bilan gapir-, gaplash- feʼllari hosil qilingan, gapsotar qoʻshma sifati, gap-soʻz juft oti sifatida tuzilgan (OʻTIL, I, 165, 186).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

\f. — quruq safsata; maqtanchoqlik; soʻz

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1. Soʻzlar orqali bayon etilgan fikr; soʻz, nutq. ◆ -Siz tushunmay yotibsiz! — dedi Kumush va eshikdan oyoq tovushini sezib, gapni shu yerda toʻxtatdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ -Bu yerda gapimga hech kim quloq solmasa, raykomga boraman! — Toʻpaniso shu gapni aytdi-yu, roʻmolini boshiga solib, uydan chiqib ketdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

2. Nutq vositasida ifodalangan fikr, oʻy, mulohaza. ◆ Gʻulomjon gʻalati boʻlib ketdi. Koʻngliga: “Nahotki, xudo balolarni menga goh pari, goh dev sifatida yuborsa!” — degan gap keldi. M. Ismoiliy, „Fargʻonada tong otguncha“

3. Maʼlumot, shingil axborot, xabar; mish-mish. ◆ Yodgor zamonaviy Italiya arxitekturasiga oid gaplarni yana oʻqishga tushdi. Oʻ.Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .

4. Umuman biron ish, voqea-hodisa va shu kabilar. ◆ Olamda nima gaplar ? ◆ Oʻlimdan xabarim bor-u, bu gapdan xabarim yoʻq.

Oʻzbek tilining izohli lugʻati

5. Gina, kudurat. ◆ Koʻnglingizda shuncha, gapingiz bor ekan, ota-onam shunchalik joningizga tekkan ekan, bir ogʻizgina, “hay xotin, men siqilib ketdim, uy ajratib chiqib ketaylik”, desangiz boʻlmasmidi? A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

6. Tugal fikr anglatgan soʻz yoki soʻzlar birikmasi. ◆ Bosh gap. Sodda gap. Koʻchirma gap. Gap boʻlaklari.

Gap bilan boʻlib, gapga berilib, ezmalanib, koʻp gapirib. ◆ Bular gap bilan boʻlib, xiyla orqada qolib ketishdi. A. Qahhor, „Xotinlar“ .
Gap bir joydan chiqdi Hammaning gapi, maslahati bir xil boʻlib chiqdi. Gap bu yoqda Masala boshqa tarafda. ◆ Gap bu yoqda ekan-da! Halitdan yigitlarga salom xat yozishga uyalmagan zumrasha!
Gap bunday Endi shunday. ◆ Gap bunday, qani yaqinroq oʻtir-chi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
Gap boʻlmoq Boshqalar muhokamasiga tushmoq, gap-soʻz boʻlmoq. Gap yoʻq 1) ajoyib, juda zoʻr. ◆ Karimga gap yoʻq, u oʻz ishining ustasi albatta boshqacha boʻlishi mumkin emas .
Gap kelganda, otangni ayama! Tanqidiy fikr boʻlayotganda, hech kimni yuz-xotir qilma. ◆ -Majlisda katta-kichik degan gap boʻlmaydi, gap kelganda, otangni ham ayama! — dedi Safarov. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Gap kovlamoq Gapni aylan-tirib, turli maʼlumotlar olmoq. ◆ Nima qilasiz gap kovlab! Undan keyin, bu gaplar ham oraga sovuqchilik solsa solar-ku, lekin mening kolxozga kirish niyatim sovuqchilikni allaqachon solib qoʻygan. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Gap koʻp Qandaydir muammo, sirli narsa bor. ◆ Endi paxtani nimaga kuzda sotmay, yozda sotayotganiga kelsak, buning tagida gap koʻp. M. Ismoiliy, „Fargʻonada tong otguncha“
Gap koʻtara olmaydigan Tanqidga chidamsiz, jizzaki, ◆ Toʻgʻri, sizning gap koʻtara olmasligingizni bilaman. Lekin, nima qilay, gap kelganda, otamni ham ayamaydigan odatim bor. “Mushtum” .
Gap oramizda qolsin Oʻrtamizdagi gapni, bu narsani hech kim bilmasin. ◆ Men, albatta, ishonmadim. Rost boʻlgan taqdirda ham... hi-hi... bu gap oramizda qolsin... A. Qahhor .
Gap otmoq (yoki qotmoq, tashlamoq) Tegishib yoki jahlini chiqarish uchun kinoya, kesatiq maʼnoli jumla, soʻz aytmoq; piching qilmoq. ◆ -Horunbek, inim, siz nima deysiz? — gap qotdi meʼmor. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
Gap ochmoq Gap boshlamoq, gapirmoq, soʻzlamoq. ◆ Sharof Rashidovich Otamurod bilan soʻrashgach, ipak paxta yetishtirish istiqbollaridan gap ochdi. Oʻzbekistan qoʻriqlari . ◆ Iftorni qilib chiqqan Mahmud Tohirga darvoza oldida uchradi. Robiyaning akasi boʻlgan bu kosib yigit Andijon qoʻrgʻoniga ketishdan gap ochgan edi: -E, bu niyatlar hammasi puchga chiqdi! — deb Tohir unga togʻasidan eshitganlarini aytib berdi. P.Qodirov, Yulduzli tunlar .
Gap sotmoq I) boʻlar-boʻlmas, keraksiz gaplar gapirmoq, koʻp gapirmoq; 2) gapirmoq, soʻzlamoq. ◆ Bir jangchi hozirgina roʻy bergan shovqin-suron toʻgʻrisida gap sotarkan, u ovqatini bemalol yeb, oʻrnidan turgach, etigining qoʻnji qonga toʻlganini payqadi. Oybek, „Quyosh qoraymas“ .
Gap tagida gap bor Bu gap zaminida qandaydir narsa, gap bor. ◆ Yoʻq, Sofya Borisovna, siz sabr qiling, men taxminan fahm-layapman, gap tagida gap bor...-dedi Ergash A. Muxtor, Opa-singillar .
Gap talashmoq Oʻzaro bir fikrga kelisha olmay bahslashmoq. ◆ Mana shunaqa gap talashib qolishsa, iljayib turib, bir-birini gap bilan savalab ketishadi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
Gap tamom! Hammasi aniq boʻldi; ish bitdi, boʻldi; ortiqcha gapga hojat yoʻq. ◆ Chavandoz “gap tamom!” degan maʼnoda qamchisini qoʻliga oldi. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ . ◆ Gap tamom. Boshqa savolga oʻrin qolmadi. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
Gap tashimoq Biror yerda aytilgan fikrni ikkinchi yerga, boshqa kishiga yetkazib turmoq; chaqimchilik qilmoq. Gap tegizmoq (yoki tegdirmoq) Birovni tanbehga duchor qilmoq, tanbeh olishiga sabab boʻlmoq.
Gap tegmoq Tanbeh eshitmoq, tanqidga uchramoq ◆ -Qani.. Ha, undan keyin, oʻrtoqlar, — deb yana izoh berdi Alimqul, — qoʻl qoʻyish masalasida menga yuqoridan ham, pastdan ham bir oz gap tegib qolayotibdi.. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
Gap toʻqimoq Biror shaxs yoki narsa haqida uydirma, yolgʻon-yashiq toʻqimoq, tarqatmoq. ◆ Uning (Yoʻlchining) “axloqsizligi” toʻgʻrisida Salimboyvachcha bir-muncha gaplar toʻqidi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Gap bunda (yoki unda) emas Bu asosiy masala emas. ◆ -Gap unda emas, — dedi hoji – umr, murosa degan gaplar bor.. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
Gap shu yerda qolsin, oramizda qolsin. ◆ -Pekin gap shu yerda qolsin, durustmi? — ellikboshi qorongʻi koʻchaga chiqdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Gap shu Xulosa shu, boʻladigan gap shu. ◆ -Siz mening koʻnglim-ni bilmaysiz, Oʻrmonjon aka. –Koʻnglingni bilib qolarmiz. Kolxoz nima ekanligini sen ham bilib olarsan. Gap shu: hech qayoqqa bormaysan. A.Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Gap eshitmoq Boshqalardan tanbeh olmoq. ◆ Seni deb oʻqituvchidan men gap eshitdim.
Gap oʻtmoq Ikki kishi orasida past-baland gap boʻlib oʻtmoq. ◆ Shu qiy-chuv ichida Mirzakarimboy bilan xotini oʻrtasida bir oz achchiq-tiziq gap oʻtdi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Gap oʻgʻirlamoq (yoki termoq) Boshqalarning aytganlaridan ularning fikr-niyatlarini bilib olmoq.
Gap qaytarmoq Oʻjarlik, qaysarlik qilib, soʻzga kirmaslik. ◆ Gap qaytarganingiz uchun yana besh kun qoʻshaman. Yigirma kun oʻtab berganingizdan keyin kelasiz. X.Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
Gap qilmoq 1) hamma yerda gapirmoq, gap tarqatmoq. ◆ Boshlariga hech tushmasa mojaro, Hamma joyda gap qilmasa fuqaro. H. Olimjon . ◆ -Tagʻin odamlar buni ham gap qilib yurishmasin! — dedi Tojiboy. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ 2) biror shaxs haqida notoʻgʻri fikr tarqatmoq. ◆ -Sizni Ziyodaxon bilan gap qildim, — dedi Qori Oʻrmonjonga. A.Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Gap qistirmoq Aytilayotgan soʻz, nutq orasiga luqma kiritmoq. ◆ -Roʻzimat uka, yaxshi, gapingga yana bitta gapni qistirib oʻtgin. — dedi Qambarali aka. A.Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Gapga bichgan yoki onasi gapga tuqqan Gapga usta, gapdon, mahmadona. ◆ -Abdishukurni xudo gapga bichgan, yengib boʻlmaydi, — dedi Jamolboy pichirlab. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Gapga kirmoq Soʻzga quloq solmoq, boʻysunmoq. ◆ Hazratqul yuvosh, nima desa, gapga kiradigan boladan bunaqa gap chiqishini sira oʻylamagan edi, gangib qoldi. S. Ahmad, „Yulduz“ .
Gapga solmoq 1) yaxshi gap bilan yoʻlga solmoq. ◆ Ahmoqni urma, soʻkma, gapga sol. Maqol ; 2) gap bilan band qilmoq; turli soʻroqlar berib voqeani aniqlamoq ◆ Oʻtgan-ketgan kampirlarning qoʻliga choy tutqazib, gapga soladi. “Mushtum” . ◆ Kampir Kelinlarni oʻsmoqchilab gapga solar, eshitganlarini eriga soʻzlar, chol esa darrov Qoratoyga yetkazar edi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Gapga toʻn kiygizmoq Bejab gapirmoq, mubolagʻali gapirmoq. ◆ Obbo siz-ey.. Xoʻp gapga toʻn kiygʻizasiz-da.. N. Safarov .
Gapdan gap chiqib Gap bir-biriga ulanib. ◆ Gapdan gap chiqadi, deganlaridek, nonushta paytida bek toʻsatdan meʼmorga murojaat etib, bu yerda biron oy qolish iloji yoʻqmikan, muhim bir iltimos, uzrimiz bor edi, dedi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Gapdan gap chiqib, odamzodning payetkashi qanaqa boʻlishiga borib taqaldi. S. Ahmad .
Gapidan ilinmoq qarang: ilinmoq.
Gapi ogʻzida qolmoq Biror sabab bilan soʻzlayotgan vaqtida toʻxtab qolmoq; gapi uzilmoq. ◆ Uning gapi ogʻzida qoldi, koʻzlari xiyol kengayib, nim ochiq labi titradi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ .
Gapim gap Soʻzim bir, ahdim yagona, qatʼiy. ◆ Yoʻq, haligi gapim gap. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
Gapini birovga bermaydigan Oʻzining gapini maʼqullaydigan, oʻzini bilagʻon hisoblaydigan. ◆ Shaddod, gapini birovga bermaydigan, erkakshoda Asrora zvenoga boshliq edi. S. Ahmad, „Ufq“ .
Gapini ikki qilmaslik Iltimos yoki taklifni soʻzsiz bajarishlik. ◆ Inoyat oqsoqol yoshligidan bir gapini ikki qilmagan qizini bunaqa xarjlardan tiyolmasdi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Sohib qori yana poʻpisa qildi: -Gapimni ikkita qilsang, senday qizim yoʻq! Bilib qoʻy shuni. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .
Gapini yoʻqotib qoʻymoq Maʼlum ruhiy taʼsir natijasida fikrning davomini unutib qoʻymoq; esankirab, nima deyishini bilmay qolmoq. ◆ -Yoʻq, men hammasi demoqchi emasman, baʼzi birlari, — dedi Boʻtaboy aka va gapini yoʻqotib qoʻydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Gapini olmoq 1) biror narsa, ish haqida oʻzganing fikrini, maqsadini bilmoq. |{{misol|Qosim, tezroq oʻzim borib, tergovchining gapini olay, falokat bosib, ishning misi chiqib qolmasin. |[[w:Mushtum|Mushtum}}; 2) maʼlumot olmoq, maʼlumot olmoq ◆ Kampirdan boshqa ortiqcha gap ololmagach, u (qoʻshni xotin) ingichka boʻlib, burilib chiqib ketdi. Mirmuhsin, „Umid“ .
Gapini ogʻzidan olmoq (yoki ilib ketmoq) Soʻzlab turgan kishining gapini toʻxtatib, oʻzi gap boshlamoq. ◆ Bizlar bilan koʻlga ovga chiqinglar, — dedi u Japaqning gapini ogʻzidan olib. A. Muxtor, „Qoraqalpoq qissasi“ .
Gapni aylantirmoq Suhbat yoʻnalishini boshqa tarafga burmoq. ◆ Alimardon hammasi tamom boʻlganini yanada chuqurroq his etdi. Gapni aylantirib oʻtirishdan foyda yoʻqligini bilib, koʻnglidagi bor gapni aytdi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloqsol“ .
Gapni bir yerga (yoki joyga) qoʻymoq Bir maslahatga kelmoq, kelishmoq. Gapni (boshqa yoqqa) burmoq qarang: gapni aylantirmoq. ◆ Ikromjon gapni boshqa yoqqa burvordi. Said Ahmad, „ Ufq“ ◆ -Gapni boshqa yoqqa burmoqchisiz-a, xap siznimi! Xotinlardek hiylakori boʻlmas ekan dunyoda, — deb uni gapga solmoqchi boʻldim. Oydin, „ Hikoyalar“ .
Gapni boʻgʻmoq Bir kishini soʻzlashdan toʻxtatmoq. ◆ Hikmatilla yana gapga kirishgan edi, Zoyirjonning yonida oʻtirgan Nargiza oʻrnidan turib ketdi. Oppoq yuzi jahldan qizarib, tez-tez gapirib tashladi: -Nega birovning gapini boʻgʻasiz? Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloqsol“ .
Gapnichuvalamoq Biror narsani bilish uchun gapni choʻzmoq. ◆ Nuri bu yigit toʻgʻrisida koʻproq narsa bilishni istash bilan baravar, bu qizning unga munosabatini ochish kabi yashirin bir niyat bilan gapni chuvaladi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .
Gapning beliga tepmoq Suhbatga halal bermoq, suhbatni buzmoq. Gapning magʻzini chaqmoq Masalaning mohiyatiga tushunmoq. ◆ Buvnisa xola, Saltanat Mahkam akalarnikiga kirib ketgandan soʻng, gapning magʻzini chaqdi. R. Fayziy, „Sen yetim emassan“ .
Gapning ochigʻi Toʻgʻrisini aytganda, toʻgʻrisi. ◆ Lekin, gapning ochigʻi, Karimovning ham ahvoli parishonroq edi. “Mushtum” . ◆ Gapning ochigʻi, mana shu seniki. Oʻ.Ismoilov, „Saylanma“ .
Gapning poʻst kallasi Xullasi kalom, xullas. ◆ Gapning poʻst kallasi, doʻsting Xoʻjaqul ham Hamroqul Tursunqulov boʻlishni bir orzu qilgan edi-da, ogʻayni. O.Yoqubov, „Uchrashuv“ .
Gapning tagiga yetmoq Biror voqea-hodisaning asl sababini aniqlamoq; masalaning tub mohiyatiga tushunib yetmoq.
Gapning qisqasi Xullasi kalom. Ana shunaqa gaplar Ishlar shunday. ◆ -Ana shunaqa gaplar, Sidiqjon, shunaqa gaplar. Yigirma birni bir qilishimiz kerak, bir! — dedi va oʻrnidan turdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Bir gap bor Biror sirli narsa mavjud, qanday-dir maʼlum boʻlmagan narsa bor. ◆ Izlanishlarim shunga kelib taqaldi, demak, mixda bir gap bor. “Fan va turmush” . ◆ -Bunda bir gap bor, — dedi Olga Petrovna, kursidan turib. M. Ismoiliy, „Fargʻonada tong otguncha“
Bir gap boʻlar Oxiri bir natija bilan yakunlanar. ◆ Qani, turlaring, lapashanglar, qorinni toʻygʻazib olaylik, keyin bir gap boʻlar. O. Yoqubov, „Er boshiga ish tushsa“ . ◆ Masalan, besh hoʻkizdan bir qoʻshni, bogʻli yerlarning yarmini oʻgʻliga ajratsa, uning yuki ancha kamayadi. Objuvoz boʻl-sa, mashi, bir gap boʻlar. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .
Bir gap boʻldimi? Biror voqea, hodisa sodir boʻldimi? ◆ Mansur Muslim! Senga bir gap boʻldimi? ..shunday vaqtda ish koʻrsatmasak, qachon koʻrsatamiz?! N. Safarov, „Tanlangan asarlar“ .
Boshqa gap edi Boshqacha ish tutish mumkin edi. ◆ Bu kampirning ustidan qayoqqa dod deb boraman, biron joyda ishlasa, boshqa gap edi. Mushtum .
Bu bor gap Bu haqiqat, bu aniq. ◆ Kal boshini burib, nosini tufladi, soʻngra tamshanib turib, ishonch bilan dedi: - Bu bor gap! Parda Tursun, „Oʻqituvchi“
Boʻladigan gap Amalga oshishi mumkin boʻlgan toʻgʻri fikr. ◆ -Nizomiddinov, — dedi rais oʻrnidan turib, — siz odamlarning vaqtini olayotirsiz axir. Boʻladigan gapni gapiring! A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Boʻlmagan gap Behuda, yoʻq narsa, asossiz narsa. ◆ -Riyoziyot boʻlmagan gap, oʻzini bilgan kimsa bunaqa ishlar bilan boshini qotirib yurmay, harbu zarbni mashq qilgani maʼqul, — dedi Ibrohim Sulton. Mirmuhsin, „ Meʼmor“ .
Boʻladigan gap shuki qarang gapning poʻst kallasi. ◆ Boʻladigan gap shuki, kambagʻallar majlis qilib, sizning xoʻjaligingizni tugatishga, oʻzingizni Kapsanchilar buyrugʻidan badargʻa qilinishiga qoʻl koʻtarishdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Duv-duv gap Biror voqea, hodisa haqida mish-mish. ◆ Kunlardan bir kuni mahallada duv-duv gap boʻlib qoldi:“Muxtorxon domla uylanarmishlar!” A.Qahhor, „Toʻyda aza“ .
Ikki gapning birida Har bir gapida, muntazam, doimo. ◆ Buvim ham, bolalar ham ikki gapning birida “kal”, “Hojikal”, deb kamsitishadi – dedi Said. E. Raimov, „Ajab qishloq“ . ◆ Ikki gapning birida peshonasiga urib, goh boʻgʻilib va goh qotib-qotib kulib, odamlarni kuldirib hikoya qildi. A. Qahhor, „Ming bir jon“ .
Katta gap 1) katta, muhim masala, ish; 2) koʻchma oʻz imkoniyatidan tashqari gaplarni gapiradigan quruq odam. : Koʻnglingizga boʻlak gap kelmasin. Xafa boʻlmang, koʻnglingiz ogʻrimasin. ◆ Mezbonlar dilsiyohlik kayfiyatini yashirishga urinishdi, ammo yotar mahaligacha bu bir necha martaba yuzaga chiqdi va, oqibat, mehmonning koʻngliga boʻlak gaplar kelmasin uchun, ikki orada oʻtgan gapni aytishga majbur boʻlishdi. A. Qahhor, „Mirzo“ .
Mayda gap 1) turli xil ikkinchi darajali gap-soʻz. ◆ Qani, shulardan birini anhor boʻyiga tashlab, barcha mayda gaplarni unutib, koʻngilga yaqin chor ulfating bilan otamlashsang. Guldasta ; 2) shunday gaplarni koʻp gapiradigan shaxs; vaysaqi; igʻvogar ◆ Nima gap?
Nima boʻldi, nima yangilik? ◆ Qishloqlarda nima gaplar bor ekan? Bir suhbat qil. Asta-sekin soʻra sen. H. Olimjon .
Nima gapu nima soʻz Nima boʻladi-yu, nima qoladi. ◆ U alla-qanday ofatni his qilib, xatga koʻz yugurtirdi. Sunnat: “Meni armiyaga olishdi. Uch yilgacha nima gapu nima soʻz, yoʻlingiz ochiq, erga tegib ketavering. Hozir eski zamon emas, bunaqa narsalarning unchalik ahamiyati yoʻq”, degan mazmunda yozibdi. Oʻ.Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
Ogʻir gap 1) dilni ogʻritadigan, kishiga ozor beradigan gap, xabar; 2) mushkul ish, qiyin muammo. ◆ -Menimcha, uylanishdek nozik bir ish dunyoda yoʻqdir, — dedi Rahmat va Otabekka yuz oʻgirdi: — Uylangan xotining taʼbingga muvofiq kelsa, bu juda yaxshi, yoʻqsa, munchalik ogʻir gap dunyoda boʻlmas. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
Tayinli gap Aniq, maʼlum, muayyan gap, fikr. ◆ Biroq doktor uni [Sidiqjonni] qoʻl uchidagina koʻrdi, dori bermadi, tayinli bir gap ham aytmadi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Turgan gap Aniq, shubhasiz. ◆ Fursat boy berildimi, ishning keyin ketishi turgan gap. N. Safarov, „Jasoratning davomi“ . ◆ Ertaga, turgan gap, dalaga odam chiqmaydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Xunuk gap Yomon, sovuq xabar, ish. ◆ Lekin kuzda, podani koʻchirib qiigloqqa tushganimizda, Sayfidan xunuk bir gapni eshitdim. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .
Oʻzingizdan qolar (yoki oʻtar) gap yoʻq Oʻzingizga maʼlum, sizdan yashiradigan narsa yoʻq. ◆ Gap oʻrgatmoqchi emasman, oʻzlaridan qolar gap yoʻq. A. Muxtor, „Opa-singillar“ . ◆ Bu ish kechasi boʻlgani maʼqul. Kunduzi boʻlsa, oʻzingizdan oʻtar gap yoʻq, xunukroq koʻrinadi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Oʻtgan gapga salavot Boʻlar ish boʻldi, endi befoyda. ◆ Qurbon ota.. Oʻrmon.jonning yoniga choʻkka tushib: -Oʻrmon-jon, oʻgʻlim, bola bechoraga bir yordam qilgin, oʻtgan gapga salavot, — dedi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
Oʻgʻil bola gap Eng toʻgʻri gap, haqiqiy gap. ◆ -Ha balli! Mana bunisi oʻgʻil bola gap boʻldi, — dedi chol zavqlanib. O.Yoqubov, „Qahramon izlab“ .
Hech gap yoʻq 1) biror hodisa roʻy bermadi, tinchlik. ◆ Bizning oramizda hech gap yoʻq, qasam ichaman. Hech gap yoʻq! Hech gap boʻlmaganidan keyin rashk ham boʻlmaydi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ; 2) hech narsa yoʻq. Hech gap emas Qiyin emas, arzimaydigan, oson ish. ◆ Qurbon ota boshlab bersalar, u yogʻi hech gap emas. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Yosh olimning (Beruniyning) musofirchilikda boshidan kechirgan kulfatlari bu tashvishlar oldida hech gap emasdi. M. Osim, „Jayhun ustida bulutlar“ . ◆ Qoʻshnilarga yordam berish siz uchun hech gap emas. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

gap

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

\f. |

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

Doʻst-tengqur, hamkasaba ulfatlar orasida navbati bilan hafta yoki oyda ulardan birinikida oʻtkaziladigan ziyofat, ulfatchilik. ◆ Bugun juma boʻlgani uchun Hakimboyvachcha va Mirzakarimboy oʻz ulfatlarinikiga — gapga ketishgan. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Gap bermoq Oʻz navbati kelgan kuni ulfatlariga ziyofat bermoq. ◆ Yana bir haftadan keyin Salim akam gap berarmishlar. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Gap yemoq Shunday ulfatchilik, ziyofatda muntazam ishtirok etmoq. ◆ Qishning uzun kunlari bu yerda ulfatlar gap yeyishadi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ГАП. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

gap (koʻplik gaplar)

gap I
1 слово; слова; речь; разговоры; ◆ mening sizga bir-ikki ogʻiz ~im bor мне нужно сказать вам несколько слов; ◆ sovuq ~ грубый, неприятный разговор; ◆ sovuq ~ odam неприятный, неприветливый человек; грубиян; ◆ toʻgʻri ~ правдивое слово; правда; ◆ toʻgʻri ~ tuqqanga yoqmas посл. правдивое слово и родному не понравится; соотв. правда глаза колет; ◆ toʻgʻri ~ odam прямой человек; ◆ oʻzaro ~ разговор между собой, в узком кругу; ◆ ~ning ochigʻi откровенно говоря; ◆ ~ning poʻst kallasi то же, что ◆  ~ning poʻskallasi (см. poʻskalla); ◆ quruq ~ пустой разговор, пустословие; бахвальство; ◆ quruq ~ odam бахвал, пустозвон; ◆ quruq ~ quloqqda yoqmas посл. пустой разговор ухо режет; ◆ duv-duv ~ молва;◆ mish-mish ~ слухи, разговоры; ◆ ~ shu  ! вот так!; баста!; ◆ ~ bitta! сказано и всё!; ◆ ~ tamom, vassalom! разговор окончен!; и дело с концом!; вот и всё; ◆ ~ shu yerda qolsin пусть это останется между нами; ◆ ikki ~ning birida через каждые два слова, то и дело (напр. приговаривает, повторяет); ◆ ~ gapirmoq говорить, произносить речь; ◆ ~ni gapir uqqanga посл. говори тому; кто внемлет; ◆ ~ kovlamoq выведывать, допытываться; ◆ ~ koʻtarmaydigan odam человек, которому слова нельзя сказать; ◆ ~ maʼqullamoq втолковывать, растолковывать (кому-л. что-л.); убеждать (ко-го-л. в чем-л.); ◆ ~ otmoq, ~ qotmoq, ~ tashlamoq бросать слово вслед (кому-л. преимущественно женщине); бросать вскользь замечание (по чьему-л. адресу); bir narsadan (или biror narsa toʻgʻrisida) ◆ ~ ochmoq заговорить, начать разговор о чём-либо; ◆ ~ sotmoq болтать, пустословить; ◆ ~ soʻramoq расспрашивать; ◆ ~ tegizmoq подводить, делать (поступать) так, чтобы кому-либо попало; ◆ ~ toʻqimoq выдумывать, сочинять (ложь, небылицу); ◆ ~ chaynamoq заладить одно и то же; пережёвывать одно и то же; ◆ ~ chaqishtirmoq (или tashimoq) ябедничать; сплетничать; заниматься сплетнями; ◆ ~ chuvimoq заниматься разговорами, пересудами; чесать язык; ◆ ~ qaytarmoq пререкаться, прекословить, перечить; вступать в пререкания; ◆ ~ qilmoq порицать, осуждать, судить (кого-что-л. за что-л.); распространять слухи (о ком-л.); ◆ ~ qistirmoq ввернуть словцо, вставить словечко; бросить реплику; ◆ ~ni burmoq поворачивать разговор в другую сторону, менять тему разговора; ◆ ~ini boʻlmoq прерывать (чью-л.) речь, (чей-л.) разговор; ◆ ~ini ikki qilmoq прекословить; не повиноваться; не слушаться; ◆ ~ini ogʻzidan olmoq перебивать (кого-л.), прерывать (чей-л.) разговор; ◆ ~ni choʻzmoq затягивать разговор; ◆ ~ini oʻtkazmoq воздействовать (влиять) словами; ◆ unga sizning ~ingiz oʻtadi вы можете повлиять на него; он считается с вашими словами, он слушается вас; ◆ ~ni qisqa qilmoq говорить кратко, без лишних разглагольствований; ◆ ~ni bir yerga qoʻymoq договориться, сговориться; ◆ ~ni ~ga qovushtirmaslik мешать разговору, не давать другим возможности разговаривать; ◆ ~ga aylantirmoq отвлекать разговорами, заговаривать зубы; ◆ ~ga kirmoq 1) слушаться, быть послушным, покладистым; 2) начинать разговор, заводить длинную речь; ◆ ~ga koʻnmoq соглашаться; быть сговорчивым; ◆ ~ga solmoq вызывать (кого-л.) на разговор, затевать (с кем-л.) разговор (с целью выведать что-л.); ◆ ~ga tutmoq занимать (задерживать) разговорами (кого-л.); ◆ ~ga tushmoq заговорить, начинать говорить, начинать разговор; ◆ ~ida turmoq 1) держать (своё) слово; 2) стоять на своём, твердить своё; ◆ ~dan toʻxtamoq переставать говорить, замолкать; ◆ u mening ~imdan chiqmaydi он слушается меня; он не смеет ослушаться меня; ◆ u hech kimga ~ bermaydi 1) он никому не даёт говорить; его не переговоришь; 2) он никого не слушается, он никому не подчиняется; ◆ bir ~dan qolmoq уступать (в споре, в перебранке); ◆ uning qulogʻiga ~ kirmaydi 1) он не слушается; он непослушный; 2) ему не до разговоров; ◆ unga ~ bakor kelmaydi, unga ~ kor (или taʼsir) qilmaydi (или yuqmaydi) на него слова не действуют; его словом не проймёшь; ◆ uning ichida ~ yotmaydi он не умеет держать язык за зубами; ◆ ~dan ~ chiqib или ◆  ~ urinib слово за слово; koʻp - eshakka yuk посл. многословие - груз для осла; ◆ ~ kelganda otangni ayama посл. когда к слову придется, не жалей даже родного отца; ◆ ~ koʻp, koʻmir oz погов. разговоров много, да толку мало; ◆ ~ bilgancha ish bil посл. не болтай, а дело делай; ◆ ~ bir joydan chiqdi сошлись в одном; все говорили одно и то же; ◆ ~ ola chiqdi вышла разноголосица; ◆ ~da на словах; ◆ uning ~iga qaraganda по его словам; ◆ xalqda shunday bir ~ bor в народе есть такая поговорка;
2 предмет разговора; дело, вопрос (о котором идёт речь); ◆ bu qanday ~? что это значит?; это ещё что такое?; ◆ hech ~ yoʻq 1) ничего особенного нет, ничего не случилось; 2) ничего нет, пусто; ◆ bu boshqa ~ это (совсем) другое дело; ◆ katta ~ большое дело; ◆ shu ham katta ~ это уже большое дело; это уже много значит; ◆ nima ~ (boʻldi)? 1) что случилось?; в чём дело?; 2) что нового?; ◆ hech ~ boʻlgani yoʻq ничего не произошло, ничего такого не случилось; ◆ turgan ~ наверняка, несомненно, не подлежит никакому сомнению; ясное дело; ◆ bir ~ boʻlar как-нибудь обойдётся; ◆ buning tagida bir ~ bor под этим что-то кроется, тут что-то есть; ◆ ~ning tagida ~ bor за этими словами что-то кроется; ◆ unda bir ~ bor в нём что-то есть; ◆ shu ham ~mi или ◆  shu ham ~ boʻldimi ! разве это дело!; ◆ ~ vaqt yoʻqligida emas дело не в том, что времени нет; ◆ hamma ~ shunda всё дело в этом; bu (или shu)◆ ham ~ ekanmi! что в этом особенного!; подумаешь, какая важность!; ◆ bu hech ~ emas это пустяки, это пара пустяков; это ничего; ◆ yaxshi ~ 1) доброе слово; 2) хорошее дело; ◆ qiyin ~ трудное дело; трудный вопрос; ◆ oson ~ лёгкое (пустяковое) дело; ◆ oralaridan bir ~ oʻtdi между ними что-то произошло; ◆ undan nima ~ oʻtdi? что он такое натворил?; что он сделал плохого?; в чём он провинился?;
3 грам. предложение, фраза; ◆ bosh ~ главное предолжение; ◆ ergash ~ придаточное предложение; ◆ sodda ~ простое предложение; ◆ qoʻshma ~ сложное предложение; ◆ koʻchirma ~ прямая речь; ◆ oʻzlashtirma ~ косвенная речь.

gap II
гап (вечеринка с угощением, устраиваемая обычно раз в неделю по очереди одним, из участников компании); ◆ ~ yemoq быть участником гапа; ◆ ~ bermoq устраивать гап; ◆ ~-gashtak пирушки и вечеринки.

  NODES
os 68