hamshira
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashham-shi-ra
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashHAMSHIRA Bu ot tojik tilida 'birga' maʼnosini ifodalaydigan ham- old qoʻshimchasi bilan (ТжРС, 544) 'sut' maʼnosini anglatadigan shir otidan (ТжРС, 458) tuzilgan hamshir sifatiga -a koʻshimchasini (ТжРС,
543) qoʻshib hosil qilingan boʻlib, asli 'bir onani emgan ayollar bir-biriga nisbatan' maʼnosini anglatib, keyinchalik 'singil', 'shifoxona xodimasi' maʼnosini anglatish uchun ishlatilgan (OʻTIL, II, 685).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash\f. — birga sut
emishgan: opa yoki singil] 1 shv. Opa yoki singil. ◆ Tozagul hamshiralarining yurak-laridagi gapni topib gapirdi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .
2 Shifoxonada ishlovchi, oʻrta tibbiyot maʼlumotiga ega boʻlgan xodim; tibbiy hamshira. ◆ Sherzod koʻzini ochishi bilan nav-batchi hamshira tumbochka ustiga qoʻyib ketgan doriga koʻzi tushdi. Oʻ. Hoshimov, „Nur borki, soya bor“ . ◆ Tibbiy hamshira boʻlsa kerak, oq xalat, oq qalpoqli juvon kelib, Murodovani shifoxonaga taklif etdi. I. Rahim, „Ixlos“ .
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashҲАМШИРА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.