Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

ja-han-nam

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

arab.doʻzax;

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 din. Gunohkorlarning ruhi narigi dunyoda doimiy azobda yashaydigan joy; doʻzax. ◆ -Jahannam qaʼriga ketibdi zolim! — deb gap otdi Sodiq temirchi. H. Gʻulom, „Mashʼal.“

2 koʻchma Chidab boʻlmaydigan sharoit, azob, ogʻir muhit. ◆ Oktyabrning oxiri edi. Kun issiq boʻlsa ham, lekin yoz oylarining jahannamiga nisbatan bu faslning havosi pokistonliklar uchun juda muloyim, hatto salqindek sezilar edi. Oybek, „Nur qidirib.“ ◆ Nega ona toʻngʻich qizini jahannamga tashlamoqchi? Ostin-ustin boʻlib ketdimi bu dunyo? I. Rahim, „Chin muhabbat.“ ◆ Gulnor uch kunni jahannam azobida oʻtkazdi. Oybek, „Tanlangan asarlar.“

3 kam qoʻll. Jarlik, jar; tubsiz yer. ◆ Nima qilardi deysiz, hamma gap suvdada. Mana shu jahannamda oqayotgan suvni baland koʻtarib, choʻllarni obod qilmoqchi boʻlgan, deydilar. Oydin, „Shirin keldi.“

Jahannamga yubormoq; Oʻlimga yubormoq, oʻldirmoq. ◆ Bola uchinchi dev bilan ham olishib, yetti kundan keyin, oxiri jonini jahannamga yuboribdi. "Oltin beshik". ◆ -Pashsha talayaptimi, hozir hammasini jahannamga yuboramiz, qoracham! — pashshalarni ezib davom etdi Joʻra. Oybek, „Tanlangan asarlar.“

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ЖАҲАННАМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

jahannam
1 рел. ад, преисподняя;
2 перен. невыносимая обстановка; ужасные условия; // адский; ◆ ~ azobi адские муки;
3 перен. пропасть.

  NODES
dada 1
dada 1