kichik
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashki-chik
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashKICHIK ' hajmi, oʻlchami meʼyordan oz'. K i ch i k — k i ch i k stanqiyalarda ham uning [poyezdning] yoʻliga hizil fonar koʻndalang boʻlaveradi (Ibrohim Rahim). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu sifat dastlab kichig (ПДП, 394; DS, 306), kichüg (ДС, 306) tarzida, keyinchalik kichik tarzida (Devon, I, 371) ta — laffuz qilingan; hozirgi oʻzbek tilida kichik tarzida, shevalarda kichiy tarzida ham talaffuz qilinadi, bunda g—k—y tovush almashuvi voqe boʻladi. Baʼzi turkiy tillarda bu soʻz oxirgi undoshsiz kichi tarzida ham talaffuz qilinadi (ССТТН, II, 174). Aslida kichik si — fati kichi- feʼlidan -k qoʻshimchasi bilan yasalganiga shubha yoʻq, lekin manbalarda kichi— feʼli oʻz aksini topmagan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
f. JLa. — kichik, mayda; uncha katta boʻlmagan
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash1 Tuzilish, hajm, oʻlcham ji-hatdan nisbatan katta boʻlmagan. ◆ Kichik oʻrmon. Kichik shahar. Kichik bino. Kichik tosh. Kichik arava. Kichik xoʻjspik. Kichik gavda. shsh [Ota-bek] Ayvonning narigi yoni bilan.. bir boqcha-gami, maydongami chiqilishini bilib, shu yoqqa yurdi va kichikroq bir mevazorga chiqdi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Kumda talanib, bor-yoʻgʻidan ajra,'1◆ gan kichik karvon sochilgan nar-salarni yigʻib, otlarni egarlab, aravalarga qoʻshishga hozirlik koʻrdi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas. Anavi kichik jangchicha ham yoʻqmanmi? Shuhrat, „Shinelli yillar“ .
2 Sigʻimi, sath oʻlchami katta boʻlmagan; tor. ◆ Kichik hovli. Toʻn unga kichik keldi. yash Aksar shahar uylaridek, usta Bahromniki ham ikki xona, bir ayvondan va kichik sahn-dan iborat, tashqisiz eshik edi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .
3 Yoshi oʻrta darajadan past, oʻrta dara-jaga yetmagan; keksaning aksi, yosh. ◆ Kichik-larga muruvvat qil, kattalarni hurmat qil. Maqol . ◆ Bir kattaning gapiga kir, bir — kichikning. Maqol .
4 Nisbatan yoshi past (kam) boʻlgan. ◆ Kichik oʻgʻil. Kichik amaki. Ikki yosh kichik. Oʻzi-dan kichik doʻsti. vt Bolalardan kichikroq-lari chopk,illashib, Saodatxondan oʻzib ke-tishdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . ◆ Si-diqjon unga murojaat qilganida, oʻzidan kichik boʻlsa ham, "Ziyodaxon ona" der edi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
5 Vazifa, lavozim darajasi past, quyi. ◆ Men oʻn bir yil shu idorada kichik bir lavo-zimda ishladim. "Guldasta" . ◆ Buxoroda ustoz Najmiddin Buxoriy kabi katta meʼmor boʻlmasa ham, kichiklari bor. Mirmuhsin, „Meʼmor“ .
6 Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan amal, kasb va shu kabilarning quyi, past, boshla-ngʻich darajasini bildiradi. ◆ Kichik ilmiy xodim, m Yaxshi yigitlar — ◆ armiyaning husni. Kuzga borib, bularni kichik komandir qilibchiqaramiz-a? Shuxrat, „Shinelli yillar“ . ◆ Kichik bir master boʻlib chiqardi otin.. Gʻayratiy .
7 Ahamiyat, mohiyat jihatdan katta boʻlmagan; arzimas, muhim boʻlmagan. ◆ Kichik xato. Kichik bir mulohaza. n ◆ Hanifa.. oʻz zvenosining kichik bir muvaffaqiyati shunday katta majlisda ogʻizga tushadigan bir voqeaga aylanib ketishini sira kutmagani uchun.. qattiq xijolat tortdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
- Katta boshini kichik qilib Oʻzini past olib, kamtar tutib, kamtarlik bilan (oʻz martabasi, mavqei va sh. k. holatiga nisbatan olinadi). ◆ Rais ham katta boshini kichik qilib, koʻpchilikning oldida: -Gapir-gan adashadi, yurgan qoqiladi, — dedi. S. Nurov, „Narvon“ . ◆ Sorokinning polkidagi gʻalayonlarni yashirish uchun Vladimir Yakovlevich katta boshini kichik qilib, prapor-shikni oʻz himoyasiga olishga majbur boʻldi. A. Muxtor, „Chinor“ . Kichik tortmoq Kichik holga kelmoq; kichiklashmoq (gavda, tana haqida). ◆ Bir vaqtlardagi gavdali pahla-von Krbil endi kichik tortib ketgan, ke-sakrang yuzini, nursiz koʻzlarini hadeb el-dan yashirar edi. H. Gʻulom, „Mashʼal“ .
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashКИЧИК. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlash- Turkcha: küçük
Ruscha ru
kichik
1 маленький малый; ◆ ~ felyeton маленький фельетон; ◆ ~ zal малый зал; ◆ ~ toʻy помолвка; ◆ oʻn marta ~ в десять раз меньше;
2 младший (по возрасту), меньший, меньшой; маленький, малолетний; // малолеток; ◆ ~ yoshdagi maktab bolalari дети младшего школьного возраста; ◆ ~ oʻgʻil младший сын; ◆ bir-biridan ~ мал мала меньше; ◆ u mendan ~ он моложе меня; ◆ men sizdan ~man я моложе вас; ◆ ~ xotin младшая жена (при многоженстве); ◆ ~ oyi (букв. младшая мать) так называют младшие (некоторых) своих старших родственниц или близких; ◆ kattadan ~ от мала до велика;
3 младший (по занимаемому положению); ◆ ~ ilmiy xodim младший научный сотрудник;
4 небольшой, незначительный; ◆ ~ bir ayb небольшая провинность; ◆ ~ bir xato незначительная ошибка.