Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

qoʻy (koʻplik qoʻylar)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

qoʻy

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

QOʻY 1 goʻngg, jun, sut olish uchun boqiladigan juft tuyoqli sutemizuvchi uy hayvoni'. Semiz q oʻ y n i n g umri kalta (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shun — day maʼnoni anglatgan bu ot qoy (Devon, III, 155; DS, 453), qon (Devon, III, 154), qoj (ДС, 453) shakllarida talaffuz qilingan; qoyun, qoyïn shakllari ham kel— tirilgan (ДС, 453). Oxirgi ikki soʻzdagi -n qoʻshimchasi kichraytirish—erkalash maʼnosini ifodalasa kerak. Mahmud Koshgʻariy bu soʻzning qon shakli y undoshining n undoshi bilan almashinuvi natijasida hosil boʻlga — nini taʼkidlaydi (Devon, III, 154); bu soʻzning qoj, qoy shakllari maʼnoda farqlanib, qoy shakli ' sovliq' maʼnosini, qoj shakli 'qoʻchqor' maʼnosini anglata boshlagan (Devon, I, 311).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Goʻsht, jun, sut va teri olish uchun boqiladigan juft tuyokdi, kavsh qaytaruvchi sutemizuvchi uy hayvoni. ◆ Dumbali qoʻy. Dumli qoʻy. Mayin junli qoʻy. Qorakoʻl qoʻyi. Hisor qoʻyi. Ot boqqan uloqqa, qoʻy boqqan qoʻnoqqa. Maqol . ◆ Semiz qoʻyning umri kalta. Maqol .

2 Muchal yil hisobida sakkizinchi yil nomi; goʻspand. ◆ Uning yili — qoʻy.

Qoʻy yili Muchal yil hisobida sakkizinchi yil (q. muchal). ◆ Men qoʻy yilida tu-gʻilganman.
Qoʻy koʻz, qoʻykoʻz 1) jigarrang koʻz. ◆ Eshon-ning bezraygan qoʻy koʻzlari muzdek sovuq sochayotganga oʻxshaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi;

2) shunday koʻzli kishi. Qoʻy mizoj (yoki mijoz), qoʻymijoz s. t. Yuvosh, muloyim, moʻmin-qobil. ◆ Qutidordek qoʻymijoz bir odamning bunday zoʻr ishga aralashganligiga aql bovar qilmas edi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . Qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan Hech kimga ozor bermaydigan, juda ham beozor. ◆ Bila-man, mingboshi menga hozircha ehtiyot boʻlib, oʻzini qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan, juda yuvosh va sodda qilib koʻrsatib soʻzlayapti. Sh. Rizo, „Qor yogʻdi, izlar bosildi“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ҚЎЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

qoʻy (koʻplik qoʻylar)

Tillarda

tahrirlash

qoʻy
овца; баран; // овечий; бараний; ◆ dumbali qoʻy курдючная овца; ◆ mayin junli qoʻy тонкорунная овца; ◆ sovliq qoʻy овца, овцематка; ◆ qorakoʻl qoʻyi каракульская овца; ◆ hisor qoʻyi гиссарская овца; ◆ qoʻy juni овечья шерсть; ◆ qoʻy goʻshti баранина, баранье мясо; ◆ qoʻydek yuvosh кроткий как овечка; ◆ qoʻy yili год овцы, год барана (восьмой год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆ semizlikni qoʻy koʻtaradi см. ◆ semizlik; qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan odam см. ◆ choʻp I 3; qoʻy bir terining ichida necha semirib, necha ozadi посл. баран в одной шкуре много раз жиреет, много раз худеет (т. е. у человека не всегда всё идёт гладко); ◆ ot boqqin uloqqa, qoʻy boqqin qoʻnoqqa посл. корми коня для улака (см. uloq II 2), а барана для гостей.

  NODES