qoshiq
qoshiq I
tahrirlashMorfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashqo-shiq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashQOSHIQ 'maʼlum miqdordagi ovqatni idishdan olib, ogʻizga solishda ishlatiladigan roʻzgʻor buyumi'. Sulaymonov qaymoqdan bir q o sh i q olib ichdi-da, birdan afti burishdi (Abdulla Qahhor). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli qapguq tarzida talaffuz qilingan (Devon, I, 364; DS, 432); keyinroq qashïq tarzida talaffuz qilish ham yuzaga kelgan (ДС, 431); oʻzbek tilida qashïq shakli tarkibidagi a unlisi â unlisiga almashgan, ï unlisi ning qattiqlik belgisi yoʻqolgan: qashïq > qâshiq. Bu ot asli —q qoʻshimchasi bilan yasalgan, lekin bu yasalishga asos boʻlgan feʼl manbalarda oʻz aksini topmagan.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash- Ovqat yeyish yoki ichish uchun ishlatiladigan roʻzgʻor buyumi. ◆ Yogʻoch qoshiq. Kumush qoshiq. Choi qoshiq. Quruq qoshiq ogʻiz yirtar. Maqol . n ◆ Sulaymonov qaymoqdan bir qoshiq olib ichdi-da, birdan afti bu-rushdi. A. Qaqhor, „Ikki yorti — bir butun“ .
- Yomondan yorti qoshiq Oxirigacha yeb-ichib qoʻymay, ozgina qoldirilgan holatga nisbatan aytiladigan ibora.
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashqoshiq II
tahrirlashMorfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashqo-shiq
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashMaʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash- Oʻzbek, rus va b. xalqlarda, asosan, raqslar joʻrligida usul beruvchi urma musiqa cholgʻusi.
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashҚОШИҚ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashTillarda
tahrirlashRuscha ru
qoshiq
ложка; ◆ yogʻoch qoshiq деревянная ложка; ◆ osh qoshiq столовая ложка; ◆ choy qoshiq чайная ложка; ◆ yarimta qoshiq 1) ложка с выщербленными краями или сломанной ручкой; 2) перен. разг. маленькая, худенькая женщина; ◆ bir qoshiq suv ложка воды; bir qoshiq suv bilan yutsa boʻladigan (букв. такая которую можно проглотить с ложкой воды) об очень изящной миловидней девушке, женщине; ◆ yomondan yorti qoshiq см. yorti.