Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

sa-hi-fa

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

a. صحيفة — varaq, bet; yuz, yuza; gazeta

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Kitob, daftar va sh. k. varagʻining har bir tomoni; bet. ◆ Daftarning sahifasi. shya Hammasi boʻlib besh sahifali hikoyachaga yuz ellik sahifa qogʻoz qoralangan. Gazetadan . ◆ Mutrib xatchoʻp solingan bir sahifani ochdi-yu, "oʻqi!" dedi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

2 Varaq betidagi matn. ◆ Narzi choʻntagidan gazeta olib, u ni chiroqqa tutib, sahifalariga koʻz yugurtirdi. N. Safarov, „Olovli izlar“ .

3 Gazeta, jurnal va shu kabilarning maʼlum masalaga bagʻishlangan yoki biror umumiy mavzu bilan bogʻlangan bir beti. ◆ Gazetaning adabiyot sahifasi. Sheʼr sahifasi. sht Axmedov sahifadagi materiallarni koʻzdan kechirgach, umumiy sarlavhani tovush chiqarib oʻqidi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .

4 koʻchma Davomli butun bir hodisa, hayot va shu kabilarning ayrim davri. ◆ Shoir hayotining shonli sahifalari. Tarix sahifalari. n ◆ Toshkent festivali uch qitʼa kinemato-grafchilari ijodida yorqin sahifalar ochayo-tir. Gazetadan . ◆ Yangi uwi hayotimizga kirib kelishi bilan olam yangilangandek boʻladi — tarix solnomasining yana bir yangi sahifasi ochiladi. Gazetadan .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

САҲИФА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

sahifa

sahifa
1 страница; ◆ gazeta sahifalarida на страницах газеты; ◆ kitob sahifasi книжная страница; ◆ adabiyet sahifasi литературная страница;
2 перен. период, отрезок времени (в жизни, деятельности, существовании и т. д.); ◆ Ulugʻ Oktyabr sotsialistik revolyutsiyasi kishilik tarixida yangi sahifa ochdi Великая Октябрьская социалистическая революция открыла новую страницу в истории человечества; ◆ hayot sahifalari страницы жизни. .

  NODES