Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

sa-roy

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

SAROY Bu tojikcha ot 'karvon, savdogarlar toʻxtab, dam oladigan keng hovli' maʼnosini anglatib, keyinchadik 'kasr' maʼnosini anglata boshlagan (ТжРС, 346; OʻTIL, II, 24).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash
I Oʻzbeklar tarkibiga kirgan yirik qabilalar uyushmasi. ◆ Saroylarning tarkibida bir qancha kichik va katta qa-bilalar boʻlgan. "OʻzME" .

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

sa-roy

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash
II [f. — uy, boshpana; qasr;

karvonsaroy; yopiqbozor] 1 map. Xon, amir, podshoqlarning doimiy qarorgohi boʻlib xizmat qilgan hashamatli katta bino; ko-shona. ◆ Podsho uni hashamatli saroyga cha-qirtiribdi. "Oltin beshik" . ◆ Buxoro ami-rining saroyidan bor-yoʻgʻi oʻn-oʻn ikki chaqi-rimlar chamasi uzoqlikdagi gʻarbi-janubdan oʻtadigan temir yoʻl stansiyasi — Kogonda.. koʻrsatilmoqda edi bu tomosha. K. Yashin, „Hamza“ .

2 koʻchma Saroydagi davlat boshqaruvi; hokimiyat, saltanat. ◆ Nizomiddin nega sal-tanatga dushman boʻlarkan? U hali boʻz yi-git, saroy oldida katta obroʻga ega boʻlgan meʼmorning farzandi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ U Xudoybergan ogʻaning xon saroyiga yaqin-ligini biladi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

3 koʻchma Saroyga aloqador, saroyda yashovchi, xizmat qiluvchi. ◆ Saroy shoiri. Saroy aʼyonlari. yat Roʻza tutish shohu malayga barobar kelgan majburiyat boʻlgani uchun, surnay va naqora saroy ahlini saharlikka uygʻotmoqda. P. Qodirov, „Yulduzli tunlar“ . ◆ Oʻtar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi, saroy odamlaridan hisoblanardi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

4 Umuman, istiqomat qilish yoki biror ijtimoiy faoliyat uchun moʻljallab, zamo-naviy meʼmorlik uslublarida qurilgan ha-shamatli katta bino va majmualar. ◆ Sport saroyi. Madaniyat saroyi. n ◆ Goh suyunib, xayolida oltin saroylar quradi, goh kuyunib, oʻzini tubsiz choh yoqasida koʻradi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Haqiqiy sanʼat saroyi singari qad koʻtargan koʻrkam klub bino-sining oldi shinam bogʻ. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ .

5 Karvonlar, savdogarlar qoʻnadigan, mehmonxonali, hovli va otxonali joy; karvonsaroy, rabot. ◆ Mehmonmisiz, taraf-misiz, aytinglar, Savdogar boʻlsangiz, saroyda yotinglar "Gulnorpari" . ◆ [Otabek:] Moli-mizni ortgan tuyakaigar shu saroyga tayin-langan edilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .

6 Omborxona, ombor. ◆ Balla saroyi. n ◆ Bizning Qalandar boy kuzda kambagʻallarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosibqoʻyadi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ . o.

7 s. t. Bostirma yoki toʻrt devor bilan oʻralgan keng bino. ◆ Mollarni saroyga qama-moq.

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

САРОЙ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

saroy
1 дворец; замок; ◆ xon saroyi дворец хана; ◆ saroy ahli придворные, царедворцы; ◆ pionerlar saroyi дворец пионеров;
2 постоялый двор; ◆ karvon saroy = karvonsaroy;
3
сарай, склад.

  NODES