sut

Datcha (da)

Ot

sut

Gagavuzcha (gag)

Ot

sut

Fincha (fi)

Ot

sut

Mojarcha (hu)

Ot

sut

Qoraqalpoqcha (kar)

Pak qiz

Ot

sut

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sut

Aytilishi

Etimologiyasi

SUT 'yelin bezlaridan ajralib chiqadigan oq suyuqlik'. ◆ Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni ham puflab ichadi Maqol . Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli süt tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 423; Devon, III, 132; DS, 518); oʻzbek tilida ü unlisining yumshoqlik belgisi yoʻqolgan: süt > sut.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Odam (ayol) va sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tugʻilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oqrangdagi suyuqlik. ◆ Sut bezlari. Bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi. Maqol . ■■ ◆ Koʻkragimda sutim deb, Yuragimda oʻtim deb, Enasi shoʻrlik yigʻlaydi, Qaydasan, Ahmadim, deb. Oysuluv . ◆ Iskandar yelinning soʻrgʻichdek uchlaridan tiz-tiz otilib chiqib, xurmaga oppoq ipdek pov-pov choʻzilib tushayotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ .

2 Sigir, qoʻy, echki va shu kabi chorva mollarining emchagidan sogʻib olingan shunday suyuqlik (ovqat va mahsulot sifatida). ◆ Sigir suti. Yogʻli sut. Sut sanoati. Sut mahsulotlari. Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni puflab ichar. Maqol . n ◆ Kechagi chorshanba bozorda bir sigir oldim deng, yegani quruq xashagu sutiga qoshiq botmaydi  — shundoqqina qaymoq. „Askiya“. ◆ Oshqozonda hazm boʻlib ketishi zarur boʻlgan dorilarni sut bilan ichish mutlaqo mumkin emas. Fan va turmush .

3 Baʼzi oʻsimliklarning tanasi, poyasi yoki hosilidagi oq suyuqlik. ◆ Semizoʻtning suti. Dumbul joʻxorining suti, m ◆ Bir kuni Fayzulla bilan suti qotgan dumbul oʻriklarni terib olib, juftmi-toq oʻynab oʻtirsak, koʻchada birov chaqirganday boʻldi. S. Siyoyev, „Yorugʻlik“ .

Ona suti ogʻziga kelmoq q. ogʻiz. ◆ Nainki sen, ishlayversak, bizlarning ham, bil, Ogʻzimizga kelib qolar ona sutimiz. Abdulla Oripov, „Yillar armoni“ . Ona suti ogʻzidan ketmagan \ali yosh, turmushning achchiq-chuchugini, tajribasini koʻrmagan; goʻdak. ◆ Ona suti ogʻzidan ketmagan bola. Ona sutiday halol (yoki pok) q. ona. Oq sutini oqqa, koʻk sutini koʻkka sogʻmoq q. oq. Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi. Yoshlikdan oʻrgangan odat oʻla-oʻlguncha saqlanadi, degan maʼnoda ishlatiladigan matal. ◆ Maxdum.. Anvarning biror kambagʻal bilan „yozilishib“ oʻtirganini koʻrsa.. „sut bilan kirgan, jon bilan chiqar, maqoli koʻp toʻgʻri soʻz“, deb oʻylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. Qodiriy Mehrobdan chayon . Sutdan oq, suvdan tiniq Begʻubor, pok, begunoh odam haqida. Xom sut emgan banda (yoki inson) q. emmoq. ◆ Ishoq Maxsum bilan Usta Moʻmin ham xom sut emgan banda edilar. Gazetadan .

Sinonimlari

Antonimlari

СУТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

sut

Maʼnosi

  1. „Sut“ — odam va sut emizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan suyuklik; fiziologik jihatdan yangi tugʻilgan naslni oziqlantirishga moʻljallangan murakkab kimyoviy tarkibga va barcha oziq moddalarga ega.
  2. Tarkibida suv, oqsil, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar, fermentlar, gormonlar va boshqa moddalar bor. Sut tarkibida organizmning normal oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur koʻpgina oziq moddalarning maqbul nisbatlarda boʻlishi uni qimmatli ◆ oziqovqat mahsulotiga aylantiradi .
  3. Sut faqat go‘daklargagina emas, balki voyaga yetganlarga ham foydalidir, chunki unda kalsiy va vitamin C anchagina.

Ot

sut (koʻplik sutlar)

Tillar

  NODES