Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

xa-bar

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

[a. — darak; axborot, maʼlumot; ovoza; kesim (tlsh.)]

1 Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi axborot, darak, bildirish. ◆ Muhammad Argunning xabariga koʻra, dushmanning katta qoʻshini Rafqondan oʻtib, Konibodom sari kelayotgan edi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Oylar oʻtdi va yillar oʻtdi, Lekin sendan boʻlmadi xabar. R. Parfi . ◆ Onasi, ertaga barvaqt boqqa koʻchishga toʻgʻri kelgani uchun, tezroq yotib tinchish kerakligini aytdi. Gulnor bu xabarni juda sovuq qarshi oldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

2 Yangilik. ◆ -Mulla Abdishukur, - Mirzakarimboy mehmonlardan biriga murojaat qildi, — olamda nima xabarlar bor, gapirsangizchi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Kundalik matbuot, radio va televideniye vositasida olingan axborot, maʼlumot; maqola. ◆ Kechalari uxlamay radio karnayiga quloq tutib, olis frontda boʻlayotgan xabarlarni eshitardi. S.Ahmad, „Ufq“ . ◆ Respublikaning yetakchi gazetasida xabar chop ettirishga har qanday jurnalist ham muyassar boʻlavermaydi. F. Musajonov, „Himmat“ .

Yomon (yoki sovuq, xunuk, shum, qora) xabar - Noxush, qoʻrqinchli, dahshatli voqea-hodisa haqidagi maʼlumot, darak. ◆ Yomon xabarning qanoti yengil boʻladi. J. Abdullaxonov, „Oriyat“ . ◆ Bu sovuq xabar xalqni bir chayqatdi. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Kecha Andijondan xunuk xabar keldi: Roʻzioxunning kenjasini chavaqlab ketishibdi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ U bir marta shunday shum xabarning dardini tortgan. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Ayniqsa, dadamning keyingi xatlaridagi qora xabar bilan.. dunyo koʻzimga toraydi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ .
Xabar bermoq - Xabardor qilmoq; bildirmoq. ◆ Xizmatchilar hojidoʻppi kiygan bu darvish haqida boyga xabar berdilar. U. Ismoilov, „Saylanma“ .
Xabar olmoq Biror kimsa, narsa yoki hodisa haqidagi maʼlumotga oʻz koʻzi bilan koʻrib eta boʻlmoq; kelib koʻrmoq. ◆ Nusratbek boʻsh vaqti boʻlganida, goh kechasi, goh kunduzi birrov xolasinikiga kelib, oʻgʻlidan xabar olib ketadi. S. Nurov, „Maysalarni ayoz urmaydi“ . ◆ Men narigi xonalardan bir xabar olay, shogirdlar nima qilayotgan ekan, koʻzdan kechiribqoʻyay. X. Toʻxtaboyev, „Shirin qovunlar mamlakati“ .
Xabar topmoq Muayyan voqea-hodisa haqidagi axborotni eshitmoq, bilib olmoq. ◆ Umar polvon bundan xabar topib, otasidan qolgan bir parcha yerlarini sotib boʻlsa ham, ukasini Tozagulga uylantirmoqchi edi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Bu voqeadan xabar topgan oyisi uni [Xurshidni] qattiq jerkiganicha.. boʻsh stulga oʻtqazadi. N. Aminov, „Qahqaha“ .
Xabari bor 1) xabardor, voqif. ◆ Zavqiyning ham keyingi paytlarda tabibning oilasi chetga surib qoʻyilganidan xabari bor edi. K. Yashin, „Hamza“ ; 2) biror ish yoki hunarni biladigan. ◆ Tikuvchilikdan xabari bor qiz .
Xabari yoʻq Biror narsa haqidagi maʼlumotni bilmaydigan; bexabar. ◆ Dildorning bu gapdan xabari yoʻq. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ -Botir aka, oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq, — dedi qizarib Nizomiddinov. S. Ahmad, „Hukm“ .
Holidan xabar olmoq Bemor, keksa, yordamga muhtoj kimsalarni borib koʻrmoq; yordam bermoq. ◆ Oʻzi emasmi, onamning holidan xabar olib turing, sizga ishonaman, deb iltimos qilgan.. Oʻ.Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ . ◆ Dadamga tahorat suvi beradigan, erta-kech holidan xabar oladigan bir mo'min-maʼqul zaifa topilsa, yaxshi boʻlardi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

Sinonimlari

tahrirlash

Antonimlari

tahrirlash

ХАБАР. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

xabar
1 весть, известие; извещение, сообщение, уведомление; ◆ yangi xabar новость; ◆ xush xabar добрая весть; хорошее известие; ◆ sovuq xabar нехорошая весть, неприятная новость; ◆ qora xabar чёрная весть; ◆ xabar qilmoq, xabar bermoq, xabar yetkazmoq извещать, ставить в известность, уведомлять, осведомлять, сообщать, давать знать, информировать;◆ oldin(dan) xabar bermoq предвещать, предсказывать; ◆ kelajakdan xabar bermoq пророчить; ◆ matbuotning xabar berishicha как сообщает печать, по сообщениям печати; ◆ xabar olmoq 1) получать известие; получать сведения; наводить справки, справляться; 2) проведывать, навещать; ◆ kasalning holidan xabar olib turmoq 1) систематически справляться о состоянии здоровья больного; 2) систематически навещать больного; ◆ xabar oldirmoq получать известие, получать сведения (через кого-л.); наводить справки, осведомляться (через кого-л.);
2 осведомлённость; знание, знакомство (с чем-л.); ◆ xabari bor 1) он сведущ, он обладает знаниями (в какой-л. области); он знаком (с чем-л.); ◆ uning koʻp narsadan xabari bor он много знает; 2) он знает, он осведомлён; он в курсе дела; ◆ mening bu voqeadan hech xabarim yoʻq я об этом случае ничего не знаю, я совершенно не осведомлён о данном событии; ◆ oʻlimdan xabarim bor, bundan xabarim yoʻq погов. (букв. о смерти я знаю, но об этом не знаю) я об этом абсолютно ничего не знаю, не имею понятия об этом; ◆ qorni toʻqning qorni ochdan xabari yoʻq посл. (букв. сытый не знает о голодном) сытый голодного не разумеет; сытому нет дела до голодного; 3) он причастен (к чему-л.); 4) у него есть признаки (чего-л.); ◆ bu bolaning qizamiqdan xabari bor у этого ребёнка признаки кори;
3 сообщение, заметки; ◆ gazeta xabarlari газетные заметки; газетные сообщения; ◆ gazetada shunday bir xabar bosilgan edi в газете была напечатана такая заметка;
4 уст. книжн. рассказ, легенда, предание; ◆ xabarda andoq keltiribdurlarkim как говорится в рассказе, как повествуется в легенде.

  NODES
dada 2
dada 2