Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

ya-shil

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

YASHIL ’barg rangidagi’. Chap tomonda — tog etaklari, oʻng tomonda — ya sh i l paxtazor, oʻrtada — qishloq (Ibroqim Raqim). Bu sifat qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, ’barg rangiga ega boʻl-’ maʼnosini anglatgan ya:sh- feʼlidan -(ï)l qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, IV, 164), keyinroq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 386; Devon, III, 26; DS, 246); oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: ya:sh- + ïl = ya:shïl > yashïl > yäshil.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Sariq bilan koʻk rang oʻrta-ligidagi, barg yoki maysa rangiga ega boʻlgan rang. ◆ Yashil bargli oʻsimliklar. Yashil parda. Yashil boʻyoq. yash ◆ Chap tomonda togʻ etaklari, oʻng tomonda yashil paxtazor, oʻrtada qishloq. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . ◆ Boshidagi yashil roʻmoli qorachadan kelgan yuzini boʻgʻibroq qoʻygan boʻlsa ham, oʻziga xoʻp yarashgan.. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ . ◆ Erkin qushlar daraxtlarning quyuq yashili ichidan jonli naylarini tinlikka quyardi. Oybek, „Navoiy“ .

2 Yashil rangli yosh maysalar va oʻsim-liklar bilan qoplangan. ◆ Yashil vodiy. Yashil dala. Yashil qirlar. m ◆ Oʻngroqda, yashil tepa ustida qoʻylar, qoʻzilar, echkilar oʻtlab yuribdi. \. Gʻulom, „Mashʼal“ .

Antonimlari

tahrirlash

ЯШИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

yashil

  NODES