yon
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
tahrirlashyon
Aytilishi
tahrirlashEtimologiyasi
tahrirlashYON 'gavdaning oʻng yoki chap tomoni’. [Otabek] oʻng yo n i n i bosib koʻrpaga burkandi (Abdulla Qodiriy). Qadimgi turkiy tilda ’son suyagi’ maʼnosini ang-latib (Devon, III, 175), keyinchalik ’taraf\ ’tomon’ maʼ-nosini anglata boshlagan bu ot (ДС, 231) asli ya:n tar — zida talaffuz qilingan, keyinroq a: unlisining choʻ— ziqlik belgisi yoʻqolgan (ДС, 231), oʻzbek tilida a un — lisi â unlisiga almashgan: ya:n > yan > yân. Bu soʻz yâq soʻziga qiyoslanib, -n , -q qismi qoʻshimcha ekani taʼkidlanadi, lekin yâ (< ya:) qismining maʼnosi izohlanmaydi.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
1 Tananing yelkadan songacha boʻlgan, shuningdek, biror narsaning oʻng yoki chap qismi. Otabek
Maʼnoviy xususiyatlari
tahrirlashMaʼnosi
tahrirlash◆ Oʻng yonini bosib, koʻrpaga burkandi. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ . ◆ Ming-boshi qoʻlini yoniga tushirdi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Kanizak yengi bilan burnining ikki yonini tez-tez artar ekan, Samanda-rovga koʻz qiri bilan qaradi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ .
2 Umuman oʻng yoki chap tomon; taraf; at-rof. ◆ Yon qoʻshni. n ◆ Xudoyor huzuriga kiradi-gan eshikning ikki yonida oybolta koʻtargan ikki jallod surat kabi qotganlar. A. Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ . ◆ Asad qori yonidagi ellikboshini turtdi. M. Ismoiliy, „Fargʻo-na t“ . o. ◆ Mansur yoniga alanglab, yumaloqlangan koʻrpa-toʻshaklarni koʻrdi. Oʻ. Hoshimov, „Qalbingga quloq sol“ .
3 Yoqa, chet; qirgʻoq. ◆ Ariq yoni. ^Devorning yoni bilan kelgani uchun ham Oyqiz koʻrmay qolgan edi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli“ .
4 Choʻntak, kissa. ◆ Yonimda pulim yoʻq. n ◆ Ahmad Chalabii oqchadan yoniga koʻproq solib olishni tayinladi. Mirmuhsin, „Meʼmor“ . ◆ Yonimda yana oʻttiz soʻmcha qoldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Qayerdandir paydo boʻlgan yosh bir iigit.. yonidan bint chiqarib, Ahmadjon-ning boshini bogʻlashga kirishdi. A. Qahhor, „Oltin yulduz“ .
5 Qoʻshni, oʻzaro yaqin. ◆ Tamanno yon qish-loqdagi kasalxonada ishlashi kerak. Mirmuhsin, „Qumri va Tamanno“ .
- Yon bermoq Yengilmoq, past kelmoq; rozi boʻlmoq. ◆ Ilgari Ashurdaqalarga darrov yon be-rardi. P. Qodirov, „Qadrim“ . Yon bosmoq Ta-rafini olmoq, yoqlamoq; homiylik qilmoq. ◆ Bir taraf sohib qoriga, ikkinchi tarafAdo-latga yon bosdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ . Yoniga kirmoq Yordamlashmoq, koʻmaklashmoq; oʻsib, ulgʻayib, yordam beradigan yoshga yetmoq. | ◆ Oʻktam: \ Achinsang, yonimga kir, qizchalarga yordamlashashik. Oybek, „O“ . v. shabadalar. ◆ Ibn Yamin: -Olloga ming qatla shukur, shuncha far-zand koʻrdim. Xudo xohlasa, tezda katta boʻli-shib, yonimga kirib qolishar, — deb quvondi. K. Yashin, „Hamza“ . Yoniga tushmoq 1) foyda qilmoq. ◆ Mirzakarimboy soqolini selkilla-tib kuldi va bu yozuvdan rozi boʻlganini bil-dirdi: "Durust. Oʻn soʻlkavoy yoniga tushadi-ku, maqtamaydimi?" Oybek, „Tanlangan asarlar“ . 2) himoya qilmoq, tarafini olmoq. ◆ Gʻidi-bidi avjiga chiqdi. Ona oʻgʻil yoniga tushdi. "Mushtum" . Yoniga qolmoq Foyda koʻrmoq. ◆ Jlo-aqal pichoq tortib yuborganida ham, eti yonga qolardi. M. Ismoiliy, „Fargʻonat“ . o. Yonini olmoq Himoya qilmoq, yokdamoq, quvvatla-moq. ◆ Xoliq yonimni olarmikan desam, u ham boshqalarga qoʻshilib, meni kalaka qilyapti. H. Nazir, „Choʻl havosi“ .
Sinonimlari
tahrirlashAntonimlari
tahrirlashЁН. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
tahrirlashRuscha ru
yon
1 бок; // боковой; ◆ yon tomon боковая сторона; ◆ yon choʻntak боковой карман; ◆ u bugun chap yoni bilan turibdi сегодня он встал с левой ноги (букв. с левого бока);
2 сторона; ◆ oʻng yon imda справа от меня; у меня с правой стороны; ◆ yon qoʻshni близкий сосед справа или слева;
3 в роли служебного имени: ◆ yoniga к, на (к кому-чему-л.); ◆ uning yoniga boraman я пойду к нему; ◆ stolni shkaf yoniga qoʻying стол поставьте к шкафу; ◆ yonida при, около, подле, возле; ◆ uyning yonida (или ◆ yon ginasida ) bogʻ bor при доме есть сад; ◆ stol yonida у стола; ◆ yonda olib yurmoq 1) носить при себе; 2) водить с собой; ◆ yonimda при мне; у меня; ◆ yonimda pulim yoʻq у меня нет с собой денег; ◆ yonidan 1) от (кого-чего-л.); 2) мимо (кого-чего-л.);
4 из своего кармана; ◆ yonimdan 50 soʻm xarajat qildim я израсходовал 50 рублей своих денег; ◆ u yonimdan (или ◆ yon ginamdan ) oʻtib ketdi он прошёл мимо меня; ◆
- yondan chiqqan yon qoziq с боку припёка; ◆ yonini olmoq (или ◆ yon bosmoq ) держать (чью-л.) сторону; заступаться (за кого-л.); ◆ u mening yonimni oldi он заступился за меня; ◆ yon bermoq идти на уступку, уступать (кому-л.); поддаваться; ◆ yoniga kirmoq стать помощником; помогать.