Oʻzbekcha (uz)

tahrirlash

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

tahrirlash

yor-dam

Aytilishi

tahrirlash

Etimologiyasi

tahrirlash

Maʼnoviy xususiyatlari

tahrirlash

Maʼnosi

tahrirlash

1 Biror ishni bajarishda koʻ-maklashish, qarashish; koʻmak, madad. ◆ -Otam yordamga yugurgan edi, qolgan ikkitasi otam-ga yopishdi, — dedi Hoji xola. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ . ◆ Ertasiga.. qoʻshni brigada-dan ketmonchilar ham yordamga kelishdi. I. Rahim, „Chin muhabbat“ .

2 Maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, maʼnaviy koʻmak. ◆ Abdishukur.. amakisining yordami bilan nihoyat bir boyga mirza boʻldi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ .

3 Moddiy koʻmak; pul, mablagʻ. ◆ Ochilning uydan oladigan yordami katta emas edi. P. Qodirov, „Uch ildiz“ .

4 Foydali taʼsir, naf. ◆ Bemorga bu dori ham yordam bermadi.

Yordam bermoq (yoki qilmoq) Yordamlash-moq, koʻmaklashmoq. Safarov tez-tez luqma tashlab, misol qistirib, unga [Boʻtaboyga] ◆ yordam berdi. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chirokda-ri“ . ◆ Yangi maktablarda oʻqiladigan ilmlar shariatga xilof kelmas, ulamolar fatvo be-rishsa, har bir ota oʻz bolasi uchun qoʻlidan kelgancha yordam qiladi, albatta. Oybek, „Tanlangan asarlar“ . Tez yordam 1) kasal boʻlgan-da beriladigan birinchi muolaja; yordam koʻrsatuvchi tibbiy xodimlar; 2) tibbiy transport vositasi. ◆ Anovi odam bexosdan hushidan ketdi. "Tez yordam" chaqirgandik, anchadan beri kelmayapti. "Mushtum" .

Sinonimlari

tahrirlash

Koʻmak

Antonimlari

tahrirlash

ЁРДАМ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

tahrirlash

yordam

yordam
помощь, поддержка; содействие; ◆ moddiy yordam материальная помощь, поддержка; ◆ oʻrtoqlik yordami товарищеская помощь; ◆ uning yordamida с его помощью; ◆ yordamga muhtoj нуждающийся в помощи; ◆ u yordamga muhtoj emas он не нуждается в помощи; ◆ yordam puli 1) денежная помощь; вспомоществование; 2) уст. пенсия, пособие; ◆ meditsina tez yordami скорая медицинская помощь; ◆ yordam qoʻlini choʻzmoq подать руку помощи; ◆ yordam bermoq, yordam qilmoq, yordam koʻrsatmoq помогать, оказывать помощь, поддержку; содействовать, оказывать содействие, способствовать.

  NODES